"Glazgo tabassumi" yoki "Chelsi tabassumi" (inglizcha: Glasgow smile, Chelsea grin, Chelsea smile) - ogʻiz burchaklaridan va deyarli quloqlarga qadar pichoq yoki boshqa oʻtkir narsa orqali kesilishdan kelib chiqqan yuzdagi jarohatlardir.

Aktyor Tommi Flenagan (yoshligida hujumga uchraganidan keyin "Glazgo tabassumi"ga ega).

Davolashdan keyin yonoqlarda keng tabassumga oʻxshash izlar qoladi. Bunday jarohatlar berish usuli Glazgoning jinoiy muhitida paydo boʻlgan, keyin bu "tabassum" Chelsi futbol klubi muxlislari "Chelsi Headhunters" tomonidan qabul qilingan. Koʻpincha yonoqlarni toʻliq kesmaydigan, ammo jiddiy izlar qoldiradigan sayoz jarohatlar tufayli ushbu oʻziga xos "tabassum" paydo boʻladi[1][2][3].

Shafqatsizlarcha oʻldirilgan Elizabeth Short yonoqlarini ogʻzining burchaklaridan quloqlarigacha kesib tashlangan edi. Glazgolik taniqli aktyor Tommi Flenagan yoshligida koʻcha bezorilari tomonidan xuddi shunday jarohatlab ketilgan.

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir
  1. „Surgeon Says Hospitals Treat a Knife Victim Every Six Hours“. Daily Express. 4-iyul 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2009-yil.
  2. Harvey, Oliver. „If the Booze Doesn't Get You, The Blade Will“. The Sun (16-oktabr 2009-yil). 19-oktabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2009-yil.
  3. Arlidge, John. „City Slicker Glasgow“. London: The Independent (24-aprel 1995-yil). 16-dekabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2009-yil.