Glitsin
Glitsin — 1) glikokol, aminosirka kislota, NH2—CH2— COOH; rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 232—236° (parchalanadi), mol. m. 75,07, zichligi 1595 kg/m3. Suvda yaxshi eriydi, koʻpchilik organik erituvchilarda erimaydi. Oqsil moddalarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi; 2) p-oksifenil aminosirka kislota, HOC6H4NHCH2COOH; suyuqlanish temperaturasi 245—247°. Ishqorlar va kislotalarda yaxshi eriydi, suvda va spirtda yomon eriydi, fotografiyada ochiltirgich (proyavitel) sifatida ishlatiladi.[1]
Glitsin — amin sirka kislotasi, eng oddiy almashadigan amin kislotasi. Barcha oqsillarning tarkibiga kiradi, tirik organizmda boʻshda uchraydi. Glitsin — koʻplagan proteinlar bilan biologiyalik qoʻshilishlarning (glutation, kreatin v.h.) tarkibiga kiradi. Tirik hujayralarda glitsindan porfirinlar va purin asoslari tuziladi.[2]
Manbalar
tahrir