Global Brigades Global bo‘linmalar

Global brigadalar (inglizcha — Dunyo boʻlinmalari) - talabalarning eng yirik xalqaro notijorat tashkiloti. Maqsadi koʻngilli talabalarni jalb qilgan holda qashshoq-kambagʻal mamlakatlardagi qishloq jamoalari farovonligini oshirishga qaratilgan[1]

2011-yilda turli universitetlardan 4127 talaba Global boʻlinmalar[2] dasturlarida ishtirok etdi. Talabalar boʻlinmalari kamida 30 kishidan iborat boʻlib, ular 7-10 kun davomida zimmasiga tushgan muddatda qishloq jamoasida ishlaydi va belgilangan muddatdan keyin boshqa ishchi guruhi bilan almashtiriladi[3]. Bitta universitet maʼlum bir jamoani 3-4 oy davomida koʻngillilar bilan taʼminlaydi. Ushbu boʻlinmalar faoiliyati, asosan, Honduras, Panama, Nikaragua va Gana[1][4][5] davlatlarida amalga oshiriladi.

Tashkilot 9 ta maqsadli dasturni ishlab chiqqan boʻlib, koʻngillilar ayni maqsadlarni amalga oshirish uchun rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlaydi va muayyan ijtimoiy muammoni hal qiladi[6]. .

  1. Meʼmorchilik
  2. Tadbirkorlik
  3. Stomatologiya
  4. Ekologiya
  5. Qonun
  6. Tibbiyot
  7. Mikromoliyalash
  8. Jamoat salomatligi
  9. Suv

Qishloq hayotning ushbu sohalarida ijobiy muvozanatga erishilganida, Global Brigadalar u yerni tark etadi va oʻz faoliyatini boshqa joyga yoʻnaltiradi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Andrew Clark. „OU Medical Brigades to provide medical and dental work in Honduras and Panama“ (en). The Oklahoma Daily (23 апреля 2015). 2015-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-may.
  2. „Annual Report 2011. Holistic Development“ (en). Global Brigades (2011). 2015-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-may.
  3. Claudia Vaughan. „Habitat for Humanity, Global Brigades allow students to make a difference on alternative spring break trips“ (en). Student Life (24 марта 2014). 2015-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-may.
  4. AliciaThomas. „Anonymous Date Auction Supports Global Brigades“ (en). Onward State (16 февраля 2015). 2015-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-may.
  5. „Holistic Model“ (en). Global Brigades. 2015-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-may.
  6. Adriana Cotero. „Global Brigades makes a world of difference“ (en). Central Michigan Life (13 ноября 2014). 2015-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-may.