Glyatsial (muz) relyef shakllari

Glyatsial (muz) relyef shakllari- Bu tog'li hududlarda muzliklar harakatlanish jarayonida o'zi bilan birga yo'lida uchragan tog' jinslarini surib, o'zi bilan keltirishi natijasida hosil bo'lgan relyef shakllaridir. Yer yuzasi relyefini o'zgarishida muzliklar ham ishtirok etadi. Muzliklar (tog'li hududlarda) harakat qilayotganda yo'lida uchragan tog‘ jinslarini surib, o ‘zi bilan ilashtirib ketadi va bu jarayonni ekzaratsiya (o‘yib ketish) deyiladi.

MtHoodWilderness muzlik vodiysi
Glyatsial(muz) relyef shakllari chizmasi

Jingalak qoyalar - muz silliqlagan kristall jinslardan tarkib topgan pastroq qoyalar hamda tepalardir. Bunday qoya hamda tepalarning qiya va yassilari «qo'ypeshonalar» deyiladi. Ularning silliqlangan yuzasida muz hosil qilgan izlar, harakatdagi muzga yopishib qolgan toshlar tirnagan chiziq va jo‘yaklar ko'zga tashlanib turadi. Qoyatoshlarning bir tomoni qo'yning peshonasi kabi bo'rtgan holda silliqlanib, uning qarama-qarshi tomoni esa bir muncha tik holatda kuzatiladi.

Dengiz yoki ko'ldagi jingalak qoyalar shxeralar deb ataluvchi son-sanoqsiz kichik toshloq orollar va sayozliklarni hosil qiladi. Eng tipik shxeralar Finlandiyaning janubiy qirg'oqlari bo'yidagi Aland arxipelagida rivojlangan.

Karr relyef shakli
Muzlik o'yiqlari, Ogayo shtat bog'i, Kelleys oroli, , Eri ko'li, AQSh
Muzlik tushgan joyida qoldirgan izi

Muz eriganda unda g'o'la toshlar, qum, qumoq va boshqa xil uvoq jinslar ajralib qolgan. Ular hududni deyarli yoppasiga qoplagan asosiy morenani hosil qiladi. Morena qirlardagina uchramaydi, chunki bunday yerlarda ular yuvilib ketadi.

Karrlar - (shotland tilida corrie - ko'zasimon ) sovuq ta’sirida vujudga keladigan kovaksimon o'yilmalar bo'lib, ko'zaning og‘ziga o'xshash, qush uyasini eslatuvchi botiqlardir. Karrlarning devorlari tik, tub qismlari esa yotiq, egarsimon. Karrlarning tubida alohida ajralib turuvchi firn qoplamidan iborat muzliklar mavjud boladi, relikt tarzidagi karrlar tubida esa kichik tog‘ ko'llari kuzatiladi. Relikt turdagi karrlar hozir ham saqlanib qolgan bo'lib, qor chizig'idan quyi hududlarda uchraydi.

Muzning yemirilishi natijasida hosil bo'ladigan tog'orasimon vodiylar troglar (nemischa «trog» tog‘ora)deb ataladi. Muzlar tektonik vodiy bo'ylab pastga siljiganda har ikki yonbag'irni o‘yib, surib tog'orasimon vodiy hosil qiladi. Shuning uchun trog vodiylarining asosiy qismi keng bo'lib, yonbag‘ri tik zinasimon shaklda rivojlanadi.

Muz olib kelgan yotqiziqlardan hosil bo'lagan tepaliklar morena tepaliklari, ya’ni kamlar deyiladi.

Ozlar - muzlarning yoriqlarida to'planib qolgan jinslarni erishi va olib ketishi natijasida hosil bo'ladi. Ularning uzunligi 30-40 km, kengligi o ‘nlab metrga yetishi mumkin. Drumlinalar - uzunligi 400 m dan 2500 m gacha bo'lgan tepaliklardir, ularning kengligi 150-400 m, balandligi 45 m gacha bo'ladi. Kelib chiqishi hali to'la aniqlanmagan.

Zandralar - keng qum tekisliklari, muzdan oqib kelayotgan suvlarni yotqiziqlari natijasida hosil boMadi.

Muzlik ta'sirida soliflyukatsiya, alaslar, bayjaraxlar hosil bo'ladi. Yonbag'irdan o'ta nam tog' jinslarini sekin-asta surilib tushishiga soliflyukatsiya deb ataladi. Yer ostidagi muzlarni erishi natijasida hosil bo'ladigan botiqlarni Yoqutistonda alaslar deb ataladi. Yoriqlardagi muzlarni erishi natijasida hosil bo'ladigan do'nglar bayjaraxlar deb ataladi.

Manbalar

tahrir