Gonkong dollari
Gonkong dollari (soddalashtirilgan xitoycha 港圓, anʼanaviy xitoycha 港元, pinyin Gǎngyuán, palladiy gan yuan, inglizcha: Hong Kong dollar — Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududining pul birligi. ISO 4217 standartidagi Gonkong dollarining harfli kodi HKD, raqamli kodi 344, rasmiy belgisi HK$. 2019-yil aprel holatiga koʻra, Gonkong dollari dunyodagi eng koʻp sotiladigan toʻqqizinchi valyuta hisoblanadi va banklararo operatsiyalarda qoʻllaniladi[1][2].
Gonkong dollari 港元 / 港圓(xit.) Hong Kong Dollar(ingl.) Dollar de Hong Kong(frans.) | |
---|---|
![]() | |
ISO 4217: | HKD (344) |
Davlat nomi: | ![]() |
Simvol: | HK$, 元 va HK$ |
Gonkong Dollari Valyuta Kengashi — Gonkong pul muomalasi boshqaruvi maʼmuriyati. 20 HK$, 50 HK$, 100 HK$, 500 HK$ va 1000 HK$ dollarlik banknotalar litsenziyalangan banklar tomonidan chop etiladi: The Hongkong and Shanghai Banking Corporation, Bank of China (Hong Kong) va Standard Chartered Bank (Hong Kong) va HK$10 banknotalar va barcha tangalar Gonkong hukumati tomonidan chiqariladi.
Gonkong dollari 18 ta erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalardan biridir. Gonkong dollarining ayirboshlash kursi AQSh dollari bilan fiksatsiyalangan 1 AQSh dollari oraligʻida: HK$7,75 dan 1 AQSH dollarigacha : 7,85 HK$, shuningdek, Makao Pataki kursi fiksatsiyalangan va Gonkong dollari 1 HK$ = 1,03 MOP$ bilan teng[3].
Tarixi tahrir
Gonkongning asosiy qonuni va Xitoy-Britaniya qoʻshma deklaratsiyasiga koʻra, Gonkong pul-kredit siyosati sohasida toʻliq avtonomiyaga ega. Gonkong pul birliklari Gonkong hukumati (10HK$ almashinuv tangalar va banknotalar) va hududning markaziy banki vazifasini bajaradigan Gonkong pul muomalasi boshqaruvi ma'muriyati nazorati ostida uchta mahalliy bank tomonidan chiqariladi. Har uch bankning pul belgilarining dizayni eski qogʻoz pullar muomaladan chiqarilmagan holda oʻzgartirilgani natijasida bugungi kunda har bir nominaldagi oltitagacha banknotalar muomalada boʻlmoqda. Shu bilan birga, har qanday turdagi banknotalar hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinadi (texnik sabablarga koʻra, masalan, Gonkong hukumati tomonidan chiqarilgan oʻn dollarlik banknotlarni qabul qilmasligi mumkin boʻlgan baʼzi avtomatlar bundan mustasno). Banknotlar Hong Kong Note Printing Limited" shirkati tomonidan chop etiladi. "Gonkong dollarining eng keng tarqalgan belgisi bu dollar belgisi ($), (HK$) varianti ham uchrab turadi.
Banknotalar tahrir
2003-yil seriyasi tahrir
2010-yil seriyasi tahrir
Tasvir | Nominali | Rasmda | Avers (Old tomoni) | |
---|---|---|---|---|
Gonkong va Shanxay bank korporatsiyasi seriyasi | ||||
[18] | 20 HK$ | o'rta kuz festivali | HSBC Bank sheri va HSBC Bank binosi | |
[19] | 50 HK$ | Chiroq festivali | ||
[20] | 100 HK$ | Gonkongni XXRga topshirilish kuni | ||
[21] | 500 HK$ | Xitoy Yangi yili | ||
[22] | 1 000 HK$ | ajdaho qayiqlari festivali | ||
Bank of China seriyasi (Gonkong) | ||||
[23] | 20 HK$ | Repulse Bay | Bank of China (Gokong) binosi | |
[24] | 50 HK$ | Taipou | ||
[25] | 100 HK$ | sher togʻi | ||
[26] | 500 HK$ | Yuqori oroldagi suv ombori | ||
[27] | 1 000 HK$ | Viktoriya koʻrfazi | ||
Standard Chartered Bank (Gonkong) seriyasi | ||||
[28] | 20 HK$ | Anʼanalar va texnologiyalar: | Chiven | |
[29] | 50 HK$ | Anʼanalar va texnologiyalar:
Kodlangan qulf va svod |
Bisi | |
[30] | 100 HK$ | Anʼanalar va texnologiyalar: | Tsilin | |
[31] | 500 HK$ | Anʼanalar va texnologiyalar:
Yuz va biometriya |
xitoy feniksi | |
[32] | 1 000 HK$ | Anʼanalar va texnologiyalar:
Tang imperiyasining tangalari va integral sxema |
Xitoy ajdahosi |
2018-yil seriyasi tahrir
Tasvir | Nominali | Rasmda | Avers (Old tomoni) | |
---|---|---|---|---|
Gonkong va Shanxay bank korporatsiyasi seriyasi[4] | ||||
[33] | 20 HK$ | choy madaniyati | HSBC Bank sheri va HSBC Bank binosi | |
[34] | 50 HK$ | Kapalak va gullar | ||
[35] | 100 HK$ | kanton operasi | ||
[36] | 500 HK$ | Gonkong YUNESKO global geoparki | ||
[37] | 1 000 HK$ | Gonkongning aerofotosurati (moliya megapolisi) | ||
Standard Chartered Bank (Gonkong) seriyasi[5] | ||||
[38] | 20 HK$ | choy madaniyati | Standard Chartered Bank binosi (Gongkong) | |
[39] | 50 HK$ | Kapalak va gullar | ||
[40] | 100 HK$ | kanton operasi | ||
[41] | 500 HK$ | Gonkong YUNESKO global geoparki | ||
[42] | 1 000 HK$ | 0 va 1 dan iborat Gonkong osmonoʻpar binosi | ||
Bank of China (Gonkong) seriyasi | ||||
[43] | 20 HK$ | choy madaniyati | Bank of China (Gonkong) binosi | |
[44] | 50 HK$ | Kapalak va gullar | ||
[45] | 100 HK$ | kanton operasi | ||
[46] | 500 HK$ | Gonkong YUNESKO global geoparki | ||
[47] | 1 000 HK$ | Profildagi bosh, raqamlashtirilgan miya, globus |
Manbalar tahrir
- ↑ „Triennial Central Bank Survey Foreign exchange turnover in April 2019“ (PDF). Банк международных расчётов (16-sentyabr 2019-yil). 31-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-sentyabr 2019-yil.
- ↑ „Triennial Central Bank Survey Foreign exchange turnover in April 2019“. Bank for International Settlements (16-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 16-sentabr 2019-yil.
- ↑ „The Basics | Fodor’s Travel“. 24-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-iyun 2022-yil.
- ↑ „HSBC Hong Kong unveil their 2018 new series of banknotes, designed in collaboration with de la Rue“. 24-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Louisenthal: Hong Kong“. 24-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-yanvar 2022-yil.
Havolalar tahrir
Wikimedia Commonsda Gonkong mavzusiga oid fayllar bor. |