Grafen (rus. графен, ingl. graphene) — kristall panjarasi „asalari uyasi“ shaklidagi geksagonal tuzilishga ega uglerod (C) atomlaridan tashkil topgan bir atom qalinligidagi ikki oʻlchamli materialdir. Qalam uchun ishlatiladigan grafit ham aslida grafenning koʻp qatlamlaridan tashkil topgan. Laboratoriya sharoitida grafenni birinchi marta 2004-yilda Manchester Universitetining (Angliya) olimlari Andre Geim va Konstantin Novosyolovlar boshchiligidagi olimlar guruhi tomonidan hosil qilingan va 2010-yilda bu kashfiyoti uchun ular fizika fanidan Nobel mukofotiga sazovor boʻldilar. Grafen dunyodagi eng yupqa material boʻlishi bilan bir qatorda oʻzining fizik xossalari jihatidan juda noodatiy material hisoblanadi: birinchidan, grafen mustahkamligi boʻyicha poʻlat va olmosdan yuqoriroq turadi; ikkinchidan, uning elektr, issiqlik va yorugʻlik oʻtkazuvchanligi oʻta yuqoridir. Hozirgi vaqtda grafenning boshqa fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlari butun dunyo olimlari tomonidan jadal ravishda oʻrganilmoqda. Shu bilan bir qatorda oʻzbek olimlarining nemis olimlari bilan hamkorlikdagi kashfiyotlari grafen nanolentalarining oʻtkazuvchanligini lazer nuri yordamida boshqarishga qaratilgan.[1][2]2013-yilda Mixail Katsnelson grafen sohasida fan faoliyat yuritadigan asosiy kontseptsiya va kontseptsiyalarni ishlab chiqqani uchun Spinoza mukofoti bilan taqdirlandi[.

Grafenning uch oʻlchamli sxematik koʻrinishi

Grafenning fizik xossalari tahrir

Grafen nanolentalari tahrir

Texnikada qoʻllanishi tahrir

Manbalar tahrir

  1. arxiv nusxasi, 2015-02-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-12-15
  2. Babajanov, D. et al. (2014). Particle Transport in Graphene Nanoribbon Driven by Ultrashort Pulses. European Physical Journal B. DOI 10.1140/epjb/e2014-50610-6