Laboratoriya
Laboratoriya (lot. laboratorium — „ishxona“) ilmiy tadqiqot, tajriba va oʻlchov oʻtkazish uchun moʻljallangan joy, obyektdir. Bu atama bilan shuningdek jarayon yoki uskunalari ilmiy laboratoriyaga oʻxshash boshqa ishxonalar ham nomlanadi (masalan, fotolaboratoriya, komputer laboratoriyasi).
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5f/Lab_bench.jpg/220px-Lab_bench.jpg)
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c8/M_Faraday_Lab_H_Moore.jpg/220px-M_Faraday_Lab_H_Moore.jpg)
Laboratoriya (lot. laboro — ishlayman) — ilmiy muassasa, vazirlik, korxona, oʻquv yurti tarkibidagi ilmiy, ishlab chiqarish-nazorat tajribalari yoki oʻquv mashgʻulotlari olib boruvchi mustaqil muassasa yoki boʻlim, boʻlinma. Oliy oʻquv yurtlarida L. 3 turga ajratiladi: oʻquv L. (ayrim oʻquv fanlaridan) — talabalar bilan L. mashgʻulotlari olib boriladi; muammoli L. — asosiy fanlar boʻyicha yirik ilmiy-texnikaviy izlanish masalalari hal qilinadi; soha L. — xalq xoʻjaligining muayyan tarmogʻidagi dolzarb masalalar hal etiladi.
Muammoli va soha L.lari korxona, ilmiy tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarda ham bor. Laboratoriya-nazorat L.lari davlat va jamoat tashkilotlari tarkibida tuzilib, ishlab chiqarishga oid tayin masalalarni tekshiradi. Mas, ishlab chiqarish xom ashyosi va tayyor mahsulotni nazorat etish L. (z-dlarda), klinik L. (davolash muassasalarida), kriminalistik L. (tergov va sud organlarida), agronomik L. (qishloq xoʻjaligi tashkilotlarida).[1]
Ilmiy laboratoriyalar maktab va universitetlarda, sanoatda, davlat yoki harbiy tashkilotlarda, kema yoki fazoviy kemalarda boʻlishi mumkin.
Wikimedia Commonsda Laboratoriya mavzusiga oid fayllar bor. |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |