Grafitoplastlar
Grafitoplastlar — tarkibida toʻldirgich sifatida tabiiy yoki sunʼiy grafit, yoxud karbonatlashgan mahsulotlar (kokslar, termoantratsit va b.) boʻlgan plastmassalar. Grafitoplastlar presslangan kukun, donador va quyma kompaundlar koʻrinishida olinadi. Buyumlar presslangan kukunlardan issiqlayin presslab tayyorlanadi. Termoreaktiv materiallar (bogʻlovchi modda — sintetik smolalar) kimyo apparatlari, elektr isitkich elementlari i. ch.da qoʻllanadi. Grafitli termoplastlar (poliamidlar, ftoroplast-4) mashinalarning ishqalanuvchi detallari (mas, podshipniklarning vkladishlari) uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. Bulardan tashqari grafitoplastlardan turli xil filtrlar, quyish qoliplari, shesternyalar, porshen halqalari va boshqalar tayyorlanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |