GRAND-OPERA (fransuzcha: grand opéra) — 17—18-asrlarda "G.-o." zaminida lirik fojia hamda opera-balet kabi milliy musiqali teatrning turlari (J. Lyulli, J. Ramo va b.), 19-asr boshida "katta opera" janri (D. Ober, J. Rossini, J. Meyer-ber) qaror topgan. 20-asrda "G.o." teatri repertuaridan mumtoz opera va baletlar bilan birga zamonaviy kompozitorlar (R. Shtraus, I. Stravinskiy, M. Ravel, A. Onegger, F. Pulenk, A. Berg , S. Prokofyev va b.) asarlari keng oʻrin olgan. "G.-o."da Fransiya va Yevropaning yetakchi xonandalari (M. Malibran, P. Viardogarsia, J. Grizi, A. Patti, E. Karuzo, F. Shalyapin, M. Kallas, T. Gobbi va b.), raqqos va raqqosalari (M. Taloni, K. Grizi, A. Pavlova, V. Nijinskiy), baletmeysterlari (J. Nover, L. Petipa, S. Lifar, M. Bejar), dirijyorlari (E. Kolonn, P. Montyo, Sh. Myunsh) faoliyat kursatgan. Hoz. binosi 1875-yilda qurilgan, 1936-yilda qayta taʼmirlangan. Tomosha zali 2130 oʻrinli, ichki bezaklari nihoyatda hashamatli va koʻrkam. "G.o." artistlaridan Franchesko va Patris Bartlar Navoiy nomidagi opera va balet teatri spektakllarida qatnashgan (1970, A. Adan, "Jizel"; P. Chaykovskiy, "Oqqush koʻli" va b.).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil