Pyotr Ilich Chaykovskiy [1840.25.4(7.5), hozirgi Votkinsk – 1893.25.10 (6.11), Peterburg] – rus kompozitori, yirik simfoniyachi, musiqiy dramaturg, dirijyor, pedagog. Peterburg konservatoriyasini tugatgan (1865). Moskva konservatoriyasida professor (1866—78). Rus musiqa jamiyati Moskva boʻlimining direktori (1885-yildan). 1887-yildan Rossiya, shuningdek, Yevropa va AQShda gastrolda boʻlib, asosan, oʻz asarlariga dirijyorlik qilgan. Chaykovskiy chuqur milliy, xalqchil va demokratik uslubdagi opera, balet, simfonik va kamer asarlarning yuksak namunalarini yaratgan. Uning ijodi rus romansi, xalq qoʻshiqlari va romantizm davri ohanglariga asoslangan oʻziga xos musiqa uslubi bilan ajralib turadi. Chaykovskiy musiqasi nihoyatda taʼsirchanligi, ajoyib ohangdorligi, yorqin ifodaviy vositalari, joʻshqin, hayajonli kuylarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Ijodida oʻta nozik ruxjifl jarayonlar bilan birga koʻlami keng – muhabbat va taqdir, hayot va oʻlim, tabiat kabi mavzular oʻzining yuksak badiiy ifodasini topgan. Chaykovskiy turli janrlarda boy ijodiy meros qoldirib, 10 opera, 3 balet, 6 simfoniya, simfonik fantaziya, uvertyura va syuitalar, 3 fortepiano va 1 skripka konsertlari, diniy mavzudagi xor asarlari, shuningdek, fortepiano, skripka uchun pyesalar hamda vokal musiqaning yetuk namunalarini yaratgan. Ayniqsa, 4—6 simfoniyalari (1877—1893), „Francheska da Rimini“ (1876) va „Romeo va Julyegta“ (1869) simfonik uvertyura—fantaziyalar, „Italyancha kaprichio“ (1880), skripka (1878) va 1fortepiano (1875) konsertlari, „Yevgeniy Onegin“ (1878), „Qargʻa motkasi“ (1890), „Iolanta“ (1891) operalari, „Oqqush koʻli“ (1876), „Uyqudagi goʻzal“ (1889), „Shchelkunchik“ (1892) baletlari jahon simfonizma choʻqqilari hisoblanadi. Garmoniyadan rus tilida birinchi darelik („Garmoniyani amaliy oʻrganish boʻyicha qoʻllanma“, 1872) muallifi. Chaykovskiyning barcha asarlari nashr etilgan (Polnoye sobraniye sochineniy, t. 1—63, M., 1940—90). Votkinsk shahrida memorial muzeyi (1894-yildan) va Klin (1940) shahrida Chaykovskiy uy muzeyi bor. Moskva konservatoriyasi, 1958-yildan Moskvada oʻtkaziladigan musiqa ijrochilari xalqaro tanlovi va boshqalarga Chaykovskiy nomi berilgan[2].

Pyotr Ilich Chaykovskiy
Tavalludi 25 aprel (7-may) 1840[1]
Vafoti 25 oktyabr (6-noyabr) 1893[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Otasi Ilya Petrovich Tchaikovsky
Onasi Aleksandra Tchaikovskaya

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil