Greenwich astronomiya rasadxonasi

Grinvich astronomiya rasadxonasiBuyuk Britaniyadagi ilmiy tadqiqot muassasasi. Grinvichda asos solingan (1685). 1953-yilda Grinvich sh.dan 70 km jan.-sharqda joylashgan Xyorstmonso qasriga (15-asr) koʻchirilgan. Unda dastlab yulduzlarning oʻrinlarini koʻrsatuvchi yulduzlar jadvallarini tuzish va Oy harakatini aniqlash ishlari olib borilgan. 19-asrdan boshlab yulduzlar parallaksini (qarang Parallaks) aniqlash, Quyosh yuzini izchil fotosuratga olish, fotogeliogrammalar yordamida Quyosh yuzidagi dogʻlar, mashʼallarning geliografik koordinatalarini oʻlchash va Quyosh yuzidagi hodisalarning tabiatini oʻrganish bilan shugʻullanadi. G. a. r. passaj asbobi orqali oʻtgan meridian bosh meridian deb qabul qilingan (1884); geografik uzunlik (qarang Geografik koordinatalar) shu meridiandan boshlab hisoblanadi. G. a. r. meridian vaqgi dunyo vaqti deb qabul qilingan. Undagi asboblar: 28 dyuymli va 26 dyuymli refraktor, 98 dyuymli reflektorlar va b.

Yana qara tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil