Greta Vardanyan (1986-yil 20-fevralda tugʻilgan) – arman pauerliftingchisi va para-togʻ changʻisichi. U Armaniston uchun jami toʻrt marta Paralimpiya oʻyinlarida, bir marotaba qishki va uch marotaba yozgi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Vardanyan har safar yozgi oʻyinlarda bayroqdor boʻlgan.

Greta Vardanyan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud paytidagi ismi Greta Khndzrtsyan
Tavallud sanasi 20-fevral 1986-yil (1986-02-20) (38 yosh)
Sport
Mamlakat Armenia
Qaysi sport Powerlifting
Murabbiy(lar)i Samson Khachatryan

Ilk yillari

tahrir

Greta Vardanyan (ismi Xndzrtsyan) 1986-yil 20-fevralda tugʻilgan[1]. U ikki yoshida, 1988-yilda Armanistonda sodir boʻlgan zilzilada jarohat olgan[2]. Oqibatda uning ikkala oyogʻi tizzasining tepa qismidan kesib tashlangan[3]. Vardanyanning ota-onasi va aka-ukalari zilzila natijasida olgan jarohatlari tufayli vafot etishgan[4].

Sportchilik faoliyati

tahrir

Paratogʻ changʻisi

tahrir

Vardanyan 1993-yilda sport bilan shugʻullana boshlagan, dastlab para-changʻi sportida oʻzini sinab koʻrgan. U shu sportda koʻzga tashlangan va 2002 va 2005-yillar orasida Qoʻshma Shtatlardagi musobaqalarda ishtirok etgan[5]. Keyinchalik u AQSHdagi musobqadan soʻng, u 2006 yilda Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan qishki Paralimpiya oʻyinlarida Armaniston nomidan qatnashgan ikki sportchidan biriga aylangan[6]. Vardanyan gigant slalomda ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada qatnashib 3:43.29 natija qayd etgan va bu unga11-oʻrinni egallashni kafolatlagan[7].

Ogʻir atletika

tahrir

U 2005-yildan boshlab ogʻir atletika boʻyicha professional tarzda qatnasha boshlagan va ikki yil oʻtgach[1] Gretsiyada boʻlib oʻtgan Yevropa ochiq chempionatida oʻz vazn toifasida ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritgan va bu uning oʻzining birinchi xalqaro musobaqasiga aylangan[4]. Uning birinchi yozgi Paralimpiya oʻyinlari 2008-yilda Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan. Ochilish marosimida Millatlar paradida Armaniston bayroqdori etib tayinlangan[8]. Vardanyan 80 kilogram (180 lb) koʻtara olmagani uchun ayollar oʻrtasida 48 kilogramm vazn toifasida ishtirok eta olmagan[9].

2012-yilda u suzuvchi Maga Xovakimyan bilan birgalikda 2012-yilda Angliyaning London shahrida boʻlib oʻtadigan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Armaniston terma jamoasi ishtirok etishi uchun ayollardan tashkil topgan jamoaning bir qismi sifatida tanlab olingan[2]. Ikkinchi marta u ochilish marosimida Millatlar paradida Armaniston bayroqdori etib tayinlangan[10]. Vardanyan 82 kilogram (181 lb) vaznni koʻtarishga muvaffaq boʻlgan. Lekin bu natija unga medallar taqdim etmagan. Bu musobaqada ham u ayollar oʻrtasidagi 48 kg vazn toifasida ishtirok etgan[11].

Vardanyan Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtadigan 2016-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Armaniston nomidan ishtirok etish uchun yana bir bora tanlab olingan. Oldingi ikki oʻyinda boʻlgani kabi, u Millatlar paradida ham oʻz davlatining bayroqdori sifatida maydonga chiqgan[12]. U oʻz vazn toifasida beshinchi oʻrinni egallagan, uning eng yaxshi natijasi 96 kilogram (212 lb) boʻlib, u uchta muvaffaqiyatli urinishidan soʻng shu natijani qayd etgan[13].

Vardanyan 2017-yilda Vengriyaning Eger shahrida boʻlib oʻtgan parapauerlifting boʻyicha Jahon kubogining ochilish marosimida ikkinchi oʻrinni egallagan. 55-kg vazn toifasida ishtirok etgan va 85 kilogram (187 lb) natija qayd etgan. Bu musobaqada u chililik Kamila Kamposga magʻlub boʻlgan. Kampos 92 kilogram (203 lb) natijani qayd etgan[14].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Vardanyan oila qurgan va bir nafar qiz farzandi bor[1]. U oilasi bilan Shiroq viloyatining Gyumri shahrida istiqomat qilgan[4]. Sportdan tashqari, u psixolog boʻlib, Armaniston davlat pedagogika universitetida tahsil olgan[5].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „London Paralympics 2012: Armenian athletes – Greta Vardanyan (PHOTOS)“. News.am (2012-yil 24-avgust). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
  2. 2,0 2,1 Aghanjanian, Liana. „Armenia's All-Female Team at 2012 Paralympics“. ianyan (2012-yil 31-avgust). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
  3. „Athlete Bio“. Paralympic.org. 2017-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Student Council-Pyunik: New Format of Cooperation“. YSU News (2011-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
  5. 5,0 5,1 „"I am simply a European vice champion"“. Erit.am (2011-yil 19-yanvar). 2019-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
  6. „The Armenian National Team of Paralympic Games Leaves for Torino“. National Assembly of Armenia (2006-yil 3-mart). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
  7. „Results Day 9 – March 19“. CBC.ca. Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
  8. „Beijing 2008 Paralympic Games Opening Ceremony - Flagbearers List“. Paralympic.org. 2008-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Powerlifting Women's 48 kg“. Beijing 2008 (2008-yil 10-sentyabr). 2012-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
  10. „List of Opening Ceremony flag bearers“. Paralympic.org (2012-yil 29-avgust). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
  11. „Paralympic Games: Greta Vardanyan didn't win medal“. Lurer.com (2012-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
  12. „Greta Vardanyan is Armenia's flag bearer at Rio Paralympics“. MediaMax Sport (2016-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
  13. „Greta Vardanyan took the 5th place at the Summer Paralympic Games“. Republic of Armenia Ministry of Sport and Youth Affairs (2016-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.
  14. „Tunkel victorious at home powerlifting World Cup“. Paralympic.org (2017-yil 4-may). Qaraldi: 2017-yil 12-noyabr.