Grigoriy Lvovich Bondarevskiy (1920-yil 25-yanvar, Odessa2003-yil 7-avgust, Moskva) – sovet va rus sharqshunosi. Tarix fanlari doktori (1965), professor (1966), Ijtimoiy fanlar akademiyasi, Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi akademigi. Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining faxriy akademigi.

Grigoriy Lvovich Bondarevskiy
Tavalludi 25-yanvar 1920-yil
Odessa
Vafoti 7-avgust 2003-yil
Moskva
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Sohasi sharqshunoslik
Ish joylari Oʻrta Osiyo davlat universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasining Ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlar instituti, SSSR Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasi
Institutlar Moskva davlat universitetining tarix fakulteti (1940)

Hayoti

tahrir

Grigoriy Lvovich Bondarevskiy 1920-yil 25-yanvar Odessada tugʻilgan.

1940-yilda Moskva davlat universitetining tarix fakultetini tugatgan. 1941-yilda esa MDU aspiranturasida oʻqigan. 1941–1942-yillarda Pedagogika instituti tarix fakulteti dekani boʻlgan. 1942–1945-yillarda Qizil Armiyada xizmat qilgan.

1945–1951-yillarda Oʻzbekiston Tashqi ishlar xalq komissarligining siyosiy boʻlimi boshligʻi boʻlgan. Shu bilan birga, 1947–1956-yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetining „Sharq tarixi“ kafedrasi mudiri, 1951-yildan esa Oʻrta Osiyo davlat universiteti „Sharq fakulteti“ dekani boʻlgan boʻlgan.

1956-yildan Moskvada SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti (Osiyo xalqlari instituti) xalqaro muammolar boʻlimiga rahbarlik qilgan. 1965-yilda „XIX-XX asr boshlarida Fors koʻrfazi, Arabiston yarim oroli va Qizil dengiz uchun kurash“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1976-yildan xalqaro munosabatlar sotsiologiyasi sektori mudiri, Rossiya Fanlar akademiyasining Ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlar instituti (ISPR) Sotsiologiya instituti maslahatchisi boʻlgan. 1976–1984-yillarda SSSR Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasining professori boʻlgan.

Grigoriy Lvovich Bondarevskiy 2003-yil 7-avgustda Moskvada oʻldirilgan[1]. Ayblanuvchi keyinchalik hakamlar hay’ati tomonidan oqlandi[2][3].

Ilmiy merosi

tahrir

Grigoriy Lvovich Bondarevskiy 27 ta monografiya hamda rus va xorijiy matbuotda chop etilgan 300 dan ortiq maqolalar muallifi hisoblanadi[4].

  • „Bagʻdod yoʻli va nemis imperializmining Yaqin Sharqqa kirib borishi“ (1888—1903). Toshkent, 1955-yi].
  • „Fors koʻrfazi havzasidagi ingliz siyosati va xalqaro munosabatlari“ (XIX asr oxiri – XX asr boshlari). M., 1968-yil.
  • XIX—XX asrlarda Hind okeani va Fors koʻrfazida hukmronlik uchun kurashning xususiyatlari. M., 1985-yil.

Mukofotlari

tahrir
  • RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982).
  • Meerut universiteti (Hindiston) faxriy doktori.
  • Javoharlal Neru nomidagi xalqaro mukofot laureati.
  • Hindistonning Padma Shri mukofoti.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir