Grigoriy Dmitriyevich Dubelir (1874-yil 20-avgust (1-sentyabr), Sankt-Peterburg – 1942-yil 10-sentyabr, Yangiyoʻl, Toshkent viloyati, OʻzSSR) – rus olimi, shaharsozlik boʻyicha mutaxassis. 1910-yillarda u shaharsozlikni avtomobillar sonining muqarrar keskin oʻsishiga moslashtirish boʻyicha tadqiqotlar olib borgan[2].

Grigoriy Dmitriyevich Dubelir
Tavalludi 1-sentyabr 1874-yil
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi[1]
Vafoti 10-sentyabr 1942-yil[1]
Yangiyoʻl, Toshkent viloyati, OʻzSSR
Istiqomat joylari Sankt-Peterburg, Moskva, Kiyev
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi → SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi Shaharsozlik
Taʼlimi Peterburg temir yoʻl muhandislari instituti

Tarjimai holi

tahrir

Grigoriy Dubelir Sankt-Peterburgda harbiy shifokor oilasida tugʻilgan.

1898-yilda Peterburg temir yoʻl muhandislari institutini tamomlagan[3]. „Moskva metropolitenining qurilishi“ mavzusidagi dadil va oʻziga xos diplom ishi uchun maxsus mukofotga sazovor boʻlgan.

Oʻqishni tamomlagach, Paxra daryosidan (Moskva) oʻtuvchi temir yoʻl koʻprigi qurilishida muhandis „Union“ elektrotexnika jamiyati tramvay boʻlimi boshligʻining yordamchisi boʻlib ishlaydi. Rossiya imperiyasining (hozirgi Polsha) birinchi elektrlashtirilgan kirish yoʻllarini qurishda ishtirok etadi: Lodz – Zgierz, Lodz – Pabyanitsa, Saritsin va Smolensk shaharlari tramvaylarini loyihalashtirgan.

1904-yilda Kiyev politexnika institutiga ishga qabul qilindi. Professor unvoniga ega boʻlmagani uchun institut uni oʻqituvchi lavozimiga ekstraordinar professor sifatida ishga oldi. Shu bilan birga, unga ikki yil ichida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish sharti qoʻyildi[4]. U shaharsozlik, xususan, avtomobil yoʻllari tarmogʻini optimallashtirish masalalari ustida ishlagan. 1910 va 1912-yillarda uning ikkita kitobi – „Shaharsozlik“ va „Shahar koʻchalari va yoʻlaklari“ nashr etilgan va ular ushbu tadqiqot sohasida fundamental asarlarga aylandi[2]. 1913-yilda taniqli nemis shaharsozlari Yozef Shtyubben va Teodor Gekke, shuningdek Helsinki bosh meʼmori Bertel Yung bilan birgalikda Revalni kengaytirish loyihasi tanlovining hakamlar hay’atida ishtirok etdi. Aynan u shahar harakatining mohiyatini yaxshi tushungan holda, yer osti harakati gʻoyasini tanlov dasturidan chiqarib tashlashni talab qildi. Bu qarorning toʻgʻriligini tarix isbotlagan: Tallinda metro qurilmagan va bunga ehtiyoj hech qachon paydo boʻlmagan[5]. Koʻp amaliy ishlar qilgan. Xususan, meʼmor Pavel Alyoshin bilan birgalikda 1918-yilda Murmanskni rejalashtirish loyihasini tuzdi[6].

1916-yildan Sankt-Peterburg transport muhandislari instituti, 1930-yildan Leningrad avtomobil yoʻllari instituti, 1940-yildan Moskva avtomobil yoʻllari instituti professori[3]. Shahar meʼmomrlari uyushmasi (ARU) loyihasida qatnashgan[7].

Oktyabr inqilobidan keyin shaharsozlik bilan shugʻullanmagan va yoʻl qoplamalarining sifati boʻyicha tadqiqotlarga eʼtibor qaratgan[2].

GOELRO komissiyasining aʼzosi boʻlgan[8]. Transportni elektrlashtirish boʻlimi mualliflaridan biri sifatida Gʻarbiy Sibir temir yoʻllarini elektr tortishga aylantirish masalasini ishlab chiqqan.

1920–1923-yillarda – NKPS Oliy texnik qoʻmitasi raisi (1931-yilgacha qoʻmita aʼzosi sifatida faoliyatini davom ettirgan). Fuqarolar urushidan keyin temir yoʻl transportini qayta tiklash va uning texnologiyasini yanada rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan „Temir yoʻllarni elektrlashtirishning yaqin vazifalari“ (1923) asarida u elektr tortishni yanada rivojlantirish tamoyillari boʻyicha bir qator ilmiy mulohazalarni bildirdi.

Rossiyada birinchi marta yoʻl qoplamalari uchun texnik talablarni taklif qildi. 1938-yilda birinchi marta yoʻllar va koʻpriklar qurilishi uchun texnik shartlarni ishlab chiqdi[9].

Umrining soʻnggi yillarida Moskva transport muhandislari institutining (MIIT) avtomobil transporti boʻlimida, Leningrad avtomobil-yoʻllar institutida (1940-yilda yopilgan) ishlagan. 1941-yildan – Moskva avtomobil yoʻllari instituti (MADI) prorektori[10].

Ulugʻ Vatan urushi munosabati bilan evakuatsiya qilish vaqtida Yangiyoʻlda vafot etgan.

Asarlari

tahrir
  • Elektr tortish temir yoʻllarining rejasi va profilini loyihalashning asosiy tamoyillari. (Birinchi ilmiy ishi. Aloqa yoʻllarida elektr tortishdan foydalanish masalalarini koʻrib chiqish komissiyasining ishi; 6-son, 1904-yil);
  • Shahar elektr tramvaylari. 1908-yil;
  • Shaharsozlik, Sankt-Peterburg, 1910-yil;
  • Shahar koʻchalari va yoʻlaklari, Kiyev, Ponomaryov bosmaxonasi, 1912-yil, 407 bet;
  • Tuproq yoʻllari, ularni qurish va saqlash. Sankt-Peterburg, 1912-yil (2-nashr. Kiyev, 1914-yil);
  • Ot yoʻllarining ekspluatatsiyasi, Leningrad, 1934-yil (hammualliflikda);
  • Magistral yoʻllarni loyihalash asoslari, 1-2-jild, Moskva, 1938—1939-yillar (hammualliflikda).

Adabiyotlar

tahrir
  • Tatyana Aleksandrovna Shcherbin, Grigoriy Dmitriyevich Dubelir, 1874—1942, Moskva, Nauka, 1995.
  • Y. Kirichenko. Gradostroitelstvo Rossii seredini XIX-nachala XX veka: Obщaya xarakteristika i teoreticheskie problemi, Moskva, Progress-Traditsiya, 2001, ISBN 978-5-89826-083-5

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Дубелир Григорий Дмитриевич // Katta sovet ensiklopediyasi, 3-nashr, Moskva: Sovet ensiklopediyasi, 1969. 
  2. 2,0 2,1 2,2 „Михаил Блинкин, Транспорт в городе, удобном для жизни“. 2010-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 Bolshaya biograficheskaya ensiklopediya
  4. Tatyana Aleksandrovna Щerbin, Grigoriy Dmitrievich Dubelir, 1874—1942, Moskva, Nauka, 1995.
  5. Karin Hallas-Murula „International cooperation of city planners in the 1910s. Grigory Dubelier and Tallinn planning competition in 1913“. Materіali VI Vseukraїnskoї naukovoї konferensії: Suchasna arxіtekturna osvіta: Arxіtektura: obraz, estetika, emotsіyniy kontekst. – K.: KNUBA, 2015. s. 12-17
  6. „Архитектор Павел Алешин: Основные даты жизни и творчества“. 2011-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-oktyabr.
  7. Из истории советской архитектуры 1926—1932 гг.: Документы и материалы. М.: Наука, 1970 — 124-bet. 
  8. Gosudarstvennaya komissiya po elektrifikatsii Rossii (GOELRO). Spravka
  9. „Артоболевский И. И., Благонравов А. А. 'Очерки истории техники в России (1861—1917)' — Москва: Наука, 1975“. 2012-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-oktyabr.
  10. Г. С. Касаткин. Выдающиеся деятели транспорта // Локомотив : журнал. — 1994. — Март (№ 3). — С. 45 - 46. — ISSN 0869-8147.