Grodno viloyatiBelarus tarkibidagi viloyat. 1944 yil 20 sentabrda tashkil etilgan. Respublikaning garbida, Neman daryosi havzasida. Mayd. 25,0 ming km2. Aholisi 1198,5 ming kishi (1998), asosan belaruslar; polyak, rus, ukrain va b. ham yashaydi. Grodno viloyati 17 tumanga boʻlingan; 10 shahar, 22 shaharcha bor. Markazi – Grodno shahri.

Grodno viloyatining yer yuzasi asosan tekislik, shuningdek, pasttekislik va qirlardan iborat. Foydali qazilmalari: torf, gil, mergel, boʻr, silikat qumlar, ohaktosh, shagʻal.

Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi – 5° dan – 7° gacha, iyulniki 17,5 – 18,5°. Vegetatsiya davri 188 – 200 kun. Yillik yogʻin 550 – 650 mm. Daryolari: Neman va uning irmoqlari, janubida Narev (Visla havzasi). Koʻllari: Beloye, Ribnitsa, Svityaz. Tuproqlari: chimli podzol, torfli botqoq va oʻtloqli allyuvial. Hududining qariyb 31% oʻrmon, 20% ga yaqini botqoklik. Grodno viloyati jan.ni Belaya Veja pushchait shim. qismi egallagan.

Grodno viloyatining xoʻjaligi qurilish materiallari, mineral oʻgʻitlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, karton, qogʻoz, fanera, mebel, poyabzal va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Energetikasi mahalliy torf asosida ishlaydi. Mashinasozlik va metallsozlik sanoatlari (qarangx. mashinalari, avtomobil ehtiyot qismlari va avtomobil agregatlari, quyma jihozlar, elektr buyumlari ishlab chiqariladi) rivojlangan. Qurilish materiallari sanoatida sement, temir-beton, yirik bloklar, panellar, gʻisht, ohak ishlab chiqariladi. Kimyo sanoati (azotli oʻgʻitlar, kaprolaktam, lak va boʻyoqlar) rivojlanmoqda. Oziq-ovqat (goʻsht, moysir, sut, spirt), yengil (koʻn poyabzal, tikuvchilik, jun, ip, gazlama, zigʻir tola), yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor.

Qishloq xoʻjaligi gʻalla (javdar, arpa, bugʻdoy, suli) va texnika ekinlari (qand lavlagi, tolali zigʻir) yetishtirishga ixtisoslashgan. Shuningdek, kartoshka va yem-xashak ekinlari eqiladi. Botqoqliklardan quritilgan maydonlar dehqonchilikda foydalanilmoqda. Sut-goʻsht chorvachiligi va choʻchqachilik yetakchi oʻrinda. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari bor. Neman daryosida kema qatnaydi. Grodno viloyatida universitet, tibbiyot va qishloq xoʻjaligi institutlari, drama teatri, 8 muzey mavjud.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil