Neman, Nemunas yoki Memel (litovcha: Nemunas; nemischa: Memel; belaruscha: Нёман; ruscha: Неман) — Belarus, Litvadagi daryo (qisman Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad viloyati hududidan oqadi). Uzunligi 937 km, havzasining maydoni 98200 km². Minsk qirlarining jan.dan boshlanadi. Boltiq dengizining Kurshskiy qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Neman quyi qismida ikki tarmoqqa boʻlinadi: Rusne (asosiy) va Giliya. Neman havzasida kichik koʻllar koʻl. Krr, quyi qismida yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sar-fi 678 m³/sek. Dekabrda muzlaydi. Mart oxirida, ayrim vaqtda fevral yoki aprelda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoklari: oʻngdan — Berezina, Myarkis, Nyaris, Nyavejis, Dubisa, Yura, Mi-niya; chapdan — Shchara, Shyashupe. Bir-shtonasdan quyilish joyigacha muntazam ravishda kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi. Nemanda Kaunas, Grodno, Druskininkay, Alitus, Prenay, Birshtonas, Yurbarkas kabi shaharlar joylashgan.[1]

Neman
litovcha: Nemunas
nemischa: Memel
belaruscha: Нёман
ruscha: Неман
Alitus shahri yaqinida
Alitus shahri yaqinida
Tavsif
Uzunligi 937
Maydoni 98 200 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Belarus, Litva va Rossiya
Neman

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil