Alitus yoki Alytus (litovcha: Alytus) – Litva Respublikasidagi shahar, Neman daryosining har ikka-la sohilida. Vilnyusdan 108 km janubi-gʻarbdagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 74,9 ming kishi (1990). Uy-roʻzgʻor sovutkichlari, metall konstruksiyalar, kimyo, ma-shinasozlik zavodlari, tikuvchilik fabrikasi, mexanika texnikumi bor. Ip gazlama va goʻsht kombinatlari qurilgan. Oʻlkashunoslik muzeyi bor. Alitus 14-asrdan ma’lum.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil