Gu Chao (xitoycha : hu chāo; Pinyin : Gù Chāo ; 1989-yil 20-avgustda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining Zhejiang Pro jamoasida oʻynaydi.

Gu Chao
顾超
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gu Chao
Tavallud sanasi 20-avgust 1989-yil (1989-08-20) (34 yosh)
Tavallud joyi Shanghai, Xitoy
Boʻyi 1.93 m (6 ft 4 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Zhejiang Pro
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2006 Genbao Football Academy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2010 Shanghai East Asia 50 (0)
2011—2015 Hangzhou Greentown 78 (0)
2016—2020 Jiangsu Suning 115 (0)
2021- Zhejiang Pro 30 (0)
Milliy terma jamoa
2016- Xitoy 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr 2021-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (6-sentabr 2016-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Gu Chao 2000-yilda Genbao futbol akademiyasiga qoʻshilgan va 2006-yilgi mavsumda Shanhai East Asianing birinchi jamoasiga koʻtarilgan. U muntazam ravishda asosiy darvozabon sifatida oʻynagan va jamoada yaxshi taassurot qoldirgan, 2007-yilgi mavsumda Shanhai ikkinchi divizionga koʻtarilgan.

2011-yil 15-martda Gu Xitoy Superligasi vakili Hangzhou Grintaunga 2 million Yen evaziga oʻtgan. 2011-yilning 6-iyulida u „Hangzhou“ safida „Dalian Shide“ga qarshi safarda debyut qilgan. U asosan 2011 va 2012-yilgi mavsumda Jiang Bo uchun zaxira darvozabon sifatida oʻynagan. Biroq, faqat 2014-yilgi mavsumda Gu jamoaning asosiy darvozaboniga aylangan.

2015-yil 31-dekabrda Gu besh yillik shartnoma asosida Xitoy Superligasining „Jiangsu Suning“ klubiga oʻtgan. U mavsum boshida Zhang Sipeng uchun zaxira oʻyinchisi sifatida oʻynagan. Gu Jiangsu uchun debyutini 2016-yilning 9-aprelida Henan Jianyega qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. U oʻyindan soʻng klubning birinchi tanlov darvozaboniga aylangan. 2020-yilgi Xitoy Superligasi oxirida u klubga chempionlikni qoʻlga kiritishga yordam bergan[1].

2021-yil 15-mart kuni Gu Hangzhouga qaytib, ikkinchi divizion vakili „Zhejiang Pro“ klubiga bepul transfer qilingan[2]. Oʻzining birinchi mavsumida u tezda oʻzini jamoaning asosiy aʼzosi sifatida koʻrsatgan, klub 2021-yilgi turnir oxirida yuqori divizionga koʻtarilgan[3].

Xalqaro faoliyat tahrir

Gu 2018-yilgi JCh-2018 saralash bosqichi — OFK 3-turida Janubiy Koreya va Eronga qarshi oʻyin uchun Xitoy terma jamoasiga chaqirilgan[4]. Gu Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2016-yilning 6-sentyabr kuni Eronga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan va 12-daqiqada Zeng Cheng jarohati tufayli uning oʻrniga maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Shanghai East Asia 2006 Xitoy Ikkinchi Ligasi - - -
2007 - - -
2008 Xitoy Birinchi Ligasi 22 0 - - - 22 0
2009 19 0 - - - 19 0
2010 9 0 - - - 9 0
Jami 50 0 0 0 0 0 0 0 50 0
Hangzhou Greentown 2011| Xitoy Super Ligasi 4 0 0 0 0 0 - 4 0
2012 1 0 1 0 - - 2 0
2013 13 0 1 0 - - 14 0
2014 30 0 0 0 - - 30 0
2015 30 0 1 0 - - 31 0
Jami 78 0 3 0 0 0 0 0 81 0
Jiangsu Suning 2016 Xitoy Super Ligasi 25 0 7 0 2 0 - 34 0
2017 20 0 2 0 1 0 - 23 0
2018 30 0 4 0 - - 34 0
2019 22 0 0 0 - - 22 0
2020 18 0 3 0 - - 21 0
Jami 115 0 16 0 3 0 0 0 131 0
Zhejiang Pro 2021 Xitoy Birinchi Ligasi 30 0 0 0 - 2 0 32 0
Karyerada jami 273 0 19 0 3 0 2 0 297 0

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Shanghai East Asia

  • Xitoy Ikkinchi ligasi : 2007-yil

Jiangsu Suning

  • Xitoy Superligasi : 2020[1]

Manabalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „中超-特谢拉造红牌+破门 苏宁2-1恒大夺中超首冠“ (xitoycha). Sports.sina.com.cn (12-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2021-yil.
  2. „回归!官方:江苏队门将顾超加盟浙江队“ (xitoycha). 163.com (2021-yil 15-mart). Qaraldi: 10-iyun 2022-yil.
  3. „足球——中超附加赛:浙江平青岛 总分胜出升入中超“ (xitoycha). sohu.com (12-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 10-iyun 2022-yil.
  4. „CFA reveals names of China PR players competing in FIFA World Cup qualifiers“. chinatopix.org (26-iyul 2016-yil). 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2016-yil.