Guillaume Chaine
Guillaume Chaine (talaffuzi: Giyom Shen; 26-oktyabr 1986-yil, Colombes) – 73 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida fransiyalik dzyudochi. Olimpiada chempioni (2020, jamoaviy turnir).
Guillaume Chaine | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Fransiya |
Tavallud sanasi |
24-oktyabr 1986-yil Colombes, Fransiya |
Vazni | –73 kg |
Sport | |
Mamlakat | Fransiya |
Professional faoliyat | |
Havaskor faoliyat |
Hayoti
tahrirGuillaume Chaine 1986*yil 26-oktyabrda Parijda tugʻilgan[1]. Chaine toʻrt yoshidan boshlab, Reunionda dzyudo bilan shugʻullana boshlagan[1].
Sportdagi faoliyati
tahrirChaine 2008-yildan buyon 73 kilogramm vazn toifasidagi musobaqalarda ishtirok etib keladi. 2014-yilda Chaine Fransiya chempionligini qoʻlga kiritgan. 2015-yilda Chaine Tyumendagi „Katta dubulgʻa“ turnirida finalga chiqib, rossiyalik Uali Kurjevga yutqazgan. 2017-yilda Chaine ilk bor Yevropa chempionatida ishtirok etgan, ammo ikkinchi bosqichda musobaqadan chetlashtirildi[2].
2018-yilgi jahon chempionatida Chaine 1/8 finalga chiqib, yaponiyalik Soichi Hashimotoga yutqazgan. Jamoaviy bahslarda fransuzlar finalgacha yetib borishdi va Yaponiya terma jamoasidan magʻlubiyatga uchrashgan. 2019-yilda Minskdagi Yevropa oʻyinlari doirasida Yevropa chempionati ham boʻlib oʻtdi. Chaine birinchi bahsda rossiyalik Denis Yartsevga yutqazib, musobaqadan chiqib ketgan. Ikki oy oʻtgach, Tokiodagi jahon chempionatida Chaine dastlabki uchta bahsda gʻalaba qozondi, ammo 1/8 finalda Yartsevga yana yutqazib qoʻygan. Umumjamoa bahslarida Chaine uchta gʻalabaga erishgan, lekinfinalda yaponiyalik Shohei Onoga yutqazgan[2]. Bu safar ham Fransiya terma jamoasi kumush medalni qoʻlga kiritgan.
COVID-19 pandemiyasi tufayli majburiy tanaffusdan soʻng, Chaine Pragadagi Yevropa chempionatida ishtirok etib, 1/8 finalda shveysariyalik Nils Stumpga yutqazib qoʻygan. 2021-yilda Lissabonda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Chaine birinchi bahsida italiyalik Giovanni Espositoga yutqazib qoʻygan. Uch oy oʻtgach, Tokiodagi Olimpiada oʻyinlarida, individual turnirda Chaine ikkinchi bosqichda Olimpiada chempioni, gruziyalik Lasha Shavdatuashviliga yutqazib qoʻygan[2]. Umumjamoa hisobida fransuzlar finalda yaponlarni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritishgan. Chaine chorak finalda isroillik Tohar Butbulni, yarim finalda niderlandiyalik Tornike Tsjkadoeadan ustun kelgan. Finalda Chaine Shohei Onoga qarshi bahsda ishtirok etishi kerak boʻlgan, biroq dastlabki beshta jangda fransuzlar 4 ochko jamgʻarishi tufayli ular oʻrtasidagi bahs oʻtkazilmadi, natijada fransuzlar jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritdilar[3][4].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Judo CHAINE Guillaume“ (en). Tokyo 2020 Olympics. 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Guillaume Chaine“ (en). judoinside.com. 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
- ↑ „Judo - Mixed Team - Medallists“ (en) (PDF). Tokyo 2020 (2021-yil 31-iyul). 2021-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
- ↑ „Judo - Japan vs France - Final Results“ (en). Tokyo 2020. 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.