Guillermo Maripán
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Guillermo Alfonso Maripán Loayza
Tavallud sanasi 6-may 1994-yil (1994-05-06) (29 yosh)
Tavallud joyi Santiago, Chile
Boʻyi 1.93 m[1]
Ampluasi Markaziy yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Monaco
Raqami 3
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002–2014 Universidad Católica
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012–2017 Universidad Católica 59 (3)
2017–2019 Alavés 43 (2)
2019– Monaco 74 (7)
Milliy terma jamoa
2017– Chili 38 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (29-yanvar uchun)

Gilermo Alfonso Maripán Loaysa (1994-yil 6-mayda tugʻilgan) — Chililik futbolchi, Liga 1 chempionatining Monako klubida va Chili milliy terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi karyerasi tahrir

Universidad Católica tahrir

Maripán "Universidad Católica" klubi safidagi debyutini 2013-yilda"Audax Italiano" klubiga qarshi, bahsning so‘nggi 15-daqiqasida o‘tkazgan. Keyinchalik, u yana Audax Italianoga qarshi o‘ynadi, lekin bu safar Chili kubogida, ushbu bahsda u butun o‘yinni to‘liq shaklda o‘tkazdi. o‘sha yili Maripán birinchi marta Chili Primera divizionida o‘n birinchi o‘yinda maydonga tushadi va bu safar u Kobresalga qarshi o‘yinda jamoa sharafini himoya qiladi.

Alavés tahrir

2017-yilning 7-iyulida Maripán Ispaniyaning La Liga vakili Deportivo Alavés bilan to‘rt yillik shartnomaga rozi bo‘lgach, faoliyatida ilk bor xorijga ko‘chib o‘tdi[2].

Monaco tahrir

2019-yil 24-avgustda Maripán 5 yillik shartnoma asosida Liga 1ning "Monako" klubiga o‘tdi[3]. Monegasklar jamoasidagi ikkinchi mavsumi uni oliy ligadagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri sifatida mustahkamladi: u CIES Football Observatory tomonidan mavsumning eng yaxshi chililik futbolchisi deb topildi va u eng ko‘p gol urgan markaziy himoyachi ham bo‘ldi[4]. Gilermo Maripán 2020–2021-yilgi davrda oʻzining eng yaxshi golli mavsumini o‘tkazdi[5] hamda oʻyindan o‘yinga uning sport oʻsishidan dalolat beruvchi beshta asosiy jihati yaxshilandi[6].

Xalqaro karyerasi tahrir

Maripán 2017-yilda Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Xitoy kubogi uchun Chili terma jamoasiga chaqirildi. Maripán 2018-yilgi Jahon chempionati saralashida Braziliya va Ekvadorga qarshi o‘yin uchun yana bir marta Chili termasiga chaqirildi. Gilermo Maripán Amerika kubogi-2021 turnirida Argentina terma jamoasi bilan to‘qnash keldi. U o‘yinda Lionel Messiga fint qilganidan keyin futbolchilar orasida tanila boshladi[7].

Karyera statistikasi tahrir

Xalqaro tahrir

2021-yil 21-iyun kuni boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra. Ballar va natijalar birinchi navbatda Chilining gollari ro‘yxatini ko‘rsatadi[8].
No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2018 yil 31 may Sportzentrum Graz-Weinzödl, Graz, Avstriya   Ruminiya 1 – 1 2–3 Do‘stona
2. 2018 yil 4-iyun   Serbiya 1 – 0 1–0

Yutuqlar tahrir

Monako

  • Fransiya kubogi sovrindori: 2020–2021[9]

Universidad Católica tahrir

  • Campeonato Nacional : Torneo Klausura 2015–16, Torneo Apertura 2016–17 
  • Chili Superkubogi : 2016-yil 

Chili

  • Xitoy kubogi : 2017-yil

Manbalar tahrir

  1. „Guillermo Maripán“. AS Monaco FC. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  2. „El Deportivo Alavés refuerza la defensa con Guillermo Maripán“ (es). Deportivo Alavés (2017-yil 7-iyul). 2023-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyul.
  3. „Guillermo Maripán à l'AS Monaco“ (fr). AS Monaco FC (2019-yil 24-avgust). Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
  4. „Maripán sigue sumando y es el mejor chileno de la temporada“. AS.com (2021-yil 5-may).
  5. „Maripán aterriza en Chile como el central más goleador de Europa“. es.besoccer.com.
  6. „La evolución de Maripán que lo llevó a su primera final europea“ (2021-yil 15-may).
  7. „Guarden este vídeo porque puede ser la primera vez que lo vean: Maripan pone a Messi a 'bailar'“ (2021-yil 15-iyun).
  8. „Maripán, Guillermo“. National Football Teams. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
  9. „PSG beat Monaco to win French Cup“ (en-GB). BBC Sport (2021-yil 19-may). Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.