Gulchehra Navroʻzova

(1952-yil, 23-mart, Hisor tumani, Tojikiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik faylasuf olima

Gulchehra Neʼmatovna Navroʻzova — (1952-yil, 23-mart, Hisor tumani, Tojikiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik faylasuf olima. Falsafa fanlari doktori (2002), professor (2010).

Gulchehra Navro’zova
Tavalludi 23.03.1952
Hisor, Tojikiston SSR
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi falsafa
Ish joylari Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti professori

Tarjimayi holi

tahrir

Gulchehra Navroʻzova Tojikistonning Hisor tumanida 1952-yil 23-martda tugʻilgan. Uning otasi Neʼmat Navroʻzov (1912-1958) Buxoro tumanidagi Talipoch qishlogʻida tugʻilgan boʻlib, koʻp yillar davomida Tojikistonda yashagan va faoliyat koʻrsatgan[1]. U 1969-yilda maktabni imtiyozli tugatib, Buxoro davlat pedagogika instituti (Buxoro davlat universiteti)ning Tarix-geografiya fakultetiga oʻqishga kirgan. 1974-yilda Buxoro davlat pedagogika institutining tarix-geografiya fakultetini tugatib, Buxoro shahridagi 14-maktabda oʻqituvchilik qilib boshlaydi. 1981-yildan Gulchehra Navroʻzova Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutiga ishga kirib, u yerda koʻp yillar davomida faoliyat koʻrsatdi.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Olima 1990-yilda nomzodlik disertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi. Gulchehra Navroʻzova Naqshbandshunos olim sifatida tanilgan. Uning ushbu mavzuda 35 ta maqolalari respublika va xorijiy jurnallarda, 90 dan ortiq maqolalari esa respublika anjumanlarida chop etilgan. Olimaning 10 dan ortiq ilmiy risollari nashr etilgan. Gulchehra Navroʻzova Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti bilan muntazam aloqada boʻlib, tadqiqot ishlarini olib boradi. Uning rahbarlarida koʻplab yoshlar tasavvuf taʼlimoti va tarixi, komil inson tarbiyasi kabi masalalarni oʻrganmoqdalar. U Buxoroda Ibrohim Moʻminov falsafiy oʻqishlarini oʻtkazish masalasini olib chiqdi va 2004-yil Buxoroda respublika miqiyosida „Ibrohim Moʻminov falsafiy oʻkinglari“ mavzusida anjuman boʻlib oʻtdi. 2002-yilda „Naqshbandiya tasavvufiy taʼlimoti va barkamol inson tarbiyasi“ mavzusida doktorlik disertatsiyasini himoya qilgan. U koʻplab risola, monografiya, oʻquv qoʻllanmalari va ilmiy maqolalar muallifi. Antik dunyo xalqaro akademiyasi aʼzosi (2004 yildan)[2].

Risolalari

tahrir
  1. Navroʻzova G. Amir Kulol va Bahovuddin Naqshbandning tasavvufiy dunyoqarashlari. Buxoro. 1996.
  2. Navroʻzova G. Abduxoliq Gʻijduvoniy komil inson tarbiyasi haqida. Buxoro. 2000.
  3. Navroʻzova G. Naqshbandiya tasavvufiy taʼlimoti. Buxoro. 2003.
  4. Navroʻzova G. Xoja Bahouddin Naqshband hayoti va ma’naviy me’rosi. Toshkent. 2021.
  5. Navroʻzova G. Abdulxoliq G‘ijduvoniy. “Imom Buxoriy xalqaro markazi” nashriyoti. 2020.
  6. Navroʻzova G. Bahouddin Naqshband - Avrod. Toshkent. 2019.
  7. Navroʻzova G. Bahouddin Naqshband (manbalar tahlili). Toshkent. 2019.
  8. Navroʻzova G. Bahouddin Naqshband. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq instituti nashriyoti. 2009.
  9. Navroʻzova G. Naqshbandiya tasavvufiy ta’limoti va barkamol inson tarbiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti davlat korxonasi. 2007.
  10. Navroʻzova G. Naqshbandiya - kamolot yo‘li. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti davlat korxonasi. 2007.

Manbalar

tahrir
  1. Rajabov Q, Hayitov Sh, Sodiqov F. Buxoro tuman tarixi. Toshkent: Tafakkur, 2015 — 52-bet. 
  2. Rajabov Q, Inoyatov S. Buxoro tarixi. Toshkent: Tafakkur, 2015 — 460-bet.