Gulmira Bekzatovna Dauletova (1988-yil 13-aprel, Qozogʻiston SSR, Chimkent viloyati, Leninsk, SSSR) — Turnirlardagi muvaffaqiyati uchun FIDE 2007-yilda Dauletbayevaga Xalqaro usta (WIM) unvonini berdi.Qozogʻiston Respublikasi ayollar terma jamoasining doimiy aʼzosi.[1] Hozirda u Qozogʻiston shaxmat federatsiyasining ijrochi va turnir direktori lavozimida ishlaydi.[2]

Gulmira Bekzatovna Dauletova
Гүлмира Бекзатқызы Дәулетова

Tugʻilgan sanasi: 1988-yil 13-aprel
Tugʻilgan joyi: Leninsk, Chimkent viloyati, Qozogʻiston SSR, SSSR bayrogʻi SSSR
Yashash joyi: Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Unvoni: Grassmeystr (2010)
Maksimal reytingi: 2319 (2020-yil aprel)
Hozirgi reytingi : 2319 (2020-yil aprel)
Mukofotlari:

“Beles” jamoat mukofoti

4 yoshli Gulmiraning birinchi murabbiyi uning otasi (dasturchi va shaxmat boʻyicha sport ustaligiga nomzod) edi. Chunki Gulmiraning bolaligi oʻtgan Qozigʻurta qishlogʻida shaxmat seksiyasi boʻlmagan. 12 yoshida otasi bilan qoʻshni Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan xalqaro turnirga borib, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Oʻsha turnirda yosh shaxmatchi chimkentliklar ustozi Grigoriy Kimning nazariga tushdi.

M.Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universitetining „Huquq va xalqaro munosabatlar“ fakultetini, 2014-yilda esa Olmaota shahridagi Qozogʻiston Milliy universitetining „Xalqaro munosabatlar“ fakulteti magistraturasini tamomlagan.[3] Ispaniyada akademik mobillik dasturi boʻyicha oʻqigan va „V Open International St Casablanca“ turnirida gʻolib boʻlgan. Ayni paytda u Qozogʻistonning kuchli 5 nafar shaxmatchisi qatoridan joy olgan.[4]

Yutuqlari

tahrir
  • 2001-yil — 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni;
  • 14, 18, 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Qozogʻiston chempioni;
  • 2004-yil — 16 yoshgacha boʻlgan Osiyo chempionati bronza medali sovrindori;

Gulmira 3 ball toʻplab, xalqaro shaxmat ustasiga aylandi.

1). 2005-yil 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida (Belfort, Fransiya ,);

2). 2006-yil Butunjahon shaxmat olimpiadasida (Turin,Italiya);

3) 2006-yil 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida birinchi oʻrin uchun (Bishkek,Qirgʻiziston);

  • 2006-yil — 18 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida Osiyo chempioni;
  • 2007-yil — yopiq inshootlardagi Makaodagi Osiyo oʻyinlarining bronza medali sovrindori;
  • 2007-yil — „Aeroflot C-2007“ turniri gʻolibi (erkaklar toifasi)

Ayollar oʻrtasida uch karra Qozogʻiston chempioni (2007, 2008, 2010);

  • 2010-yil — Anqaradagi turkiy tilli davlatlar talabalari Universiadasida vitse-chempion;[5]
  • 2013-yil — jamoa bilan Qozogʻiston chempioni (Astana uchun oʻynagan);
  • 2014-yil — blits boʻyicha Qozogʻiston chempioni;
  • 2014-yil — blits boʻyicha Osiyo Millatlar Kubogining ikki karra gʻolibi (Tabriz, Eron): kumush (yakka tartibda), bronza (jamoa);
  • 2014-yil — 41-Jahon shaxmat olimpiadasining bronza medali sovrindori (Tromse, Norvegiya);[6]
  • 2016-yil — U Bokuda (Ozarbayjon) 6-Olimpiadada qatnashgan (2006 — 2016).[7]

Asosiy xalqaro turnirlar:

tahrir
  • Moskvadagi erkaklar oʻrtasidagi "Aeroflot-Open C" xalqaro turniri gʻolibi (2007)[15], Serbiyadagi "IM Round Robin Third Saturday" erkaklar oʻrtasidagi xalqaro turnir (2020),
  • Ayollar oʻrtasidagi xalqaro turnirlar gʻolibi: Chexiyadagi “Czech Open A” (2007), Oʻzbekistonda “Trud” (2001), Ispaniyadagi “V Open International St Casablanca” (2011), Astana Open A (2018), Olmaota Ochiq (2019), Germaniyadagi Bad Woerishofen (2020),
  • Angliyadagi London Chess Classic turnirida kumush medal sovrindori (2018).

Manbalar

tahrir