Gulora Rahimova
Gulora Rahimova (1948.25.3, Bogʻot tumani Bogʻot qishlogʻi) — aktrisa, xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1992). Urganch pedagogika institutini tugatgan (1970). 1973-yildan Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida ishlaydi. U avval yakkaxon xonanda, keyinroq spektakllarda bosh rollarda chiqa boshlagan. Gulsanam (Uygʻun, "Beruniy"), Nurxon (Komil Yashin, "Nurxon"), Saidabegim (Shalomayev, "Ibn Sino"), Shohsanam (Ayyomiy, "Oshiq Gʻarib va Shohsanam"), Layli (Navoiy, "Layli va Majnun"), Munavvar (H. Muhammad, "Toshkentning nozanin malikasi"), Ketavani (N. Dumbadze, "Quyoshni koʻrayapman"), Ugʻiloy (K. Avaz, "Marvarid taqqan ayol"), Gulasal (P. Telegenov, "Toshlar tilga kirganda"), Toʻmaris (N. Salayev, "Toʻmaris"), Gulsumbonu (E. Samandar, "Arab Muhammadjon"), Durdava ("Avesto") kabi rollarni ijro etgan. Xonanda sifatida "Feruz", "Samarqand ushshogʻi", "Faryod", "Guluzorim", "Dugoh", "Buxoro toʻlqini" kabi mumtoz hamda "Oʻzbekiston", "Vatan" kabi zamonaviy qoʻshiklar, laparlarning mohir ijrochisi R. haqida videofilm (rej. H. Qahramonov) suratga olingan (1999).[1]
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |