Gurjinder Kumar (talaffuzi: Gurjinder Kumar) (panjobcha: ਗੁਰਜਿੰਦਰ ਕੁਮਾਰ: ਗੁਰਜਿੰਦਰ ਕੁਮਾਰ, 1990-yil 10-oktyabrda tugʻilgan), hind professional futbolchisi. Kumar Hindiston Superligasida NorthEast United jamoasida himoyachisi sifatida oʻynaydi[1].

Gurjinder Kumar
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 10-oktyabr 1990-yil (1990-10-10) (33 yosh)
Tavallud joyi Panjob, Hindiston bayrogʻi Hindiston
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
NorthEast United
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2007 Chandigarh FA
2007—2010 Tata FA
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2014 Pune 84 (5)
2014—2016 Salgaocar 29 (1)
2015Pune City (ijara) 4 (0)
2017 Minerva Punjab 3 (0)
2017—2020 Mohun Bagan 24 (0)
2020- NorthEast United 36 (0)
Milliy terma jamoa
2011 Hindiston U23 terma jamoasi 2 (0)
2012- Hindiston 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-fevral uchun)

Klub faoliyati tahrir

Panjobning Navanshahr shahridan boʻlgan Gurjinder futbolchi oilasida tugʻilgan[2]. 10 yoshida katta akasi vafot etgach, Gurjinder Kumar futbolga jiddiy qaray boshladi va Chandigarh futbol akademiyasiga qoʻshildi[2]. U yerda yetti yil oʻtkazgandan soʻng, Kumar mashhur Tata Futbol Akademiyasiga koʻchib oʻtdi va u yerda akademiyaning katta jamoasiga qoʻshildi[2].

Pune tahrir

2010-yilda Gurjinder oʻzining birinchi professional shartnomasini I-ligasining Pune jamoasi bilan imzoladi[3]. Gurjinder Kumar oʻzining birinchi professional golini klubdagi birinchi mavsumida 2011-yil 26-fevralda Viva Kerala jamoasi darvozasiga kiritdi: oʻzining 11-daqiqada kiritgan goli bilan Gurjinder Kumar Pune jamoasini 2:0 hisobida oldinga olib chiqdi[4]. Pune jamoasi 4:0 hisobida oldinga chiqib olishga muvaffaq boʻldi, ammo raqiblar keyin toʻrtta gol urib, oʻyinda 4:4 hisobida durang oʻynadi[4]. 2010—2011-yilgi mavsumdan soʻng Gurjinder Kumar klubning yillik taqdirlash marosimida Punening 23 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi futbolchisi deb topildi[2]. Gurjinder 2011-yil 7-oktyabrda oʻsha paytdagi Premer-liga vakili „ Blackburn Rovers“ jamoasiga qarshi oʻynagan, boshqacha aytganda, „Blackburn“ 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ishtirok etgan[5]. Gurjinder Kumar keyingi mavsumda yana Viva Kerala jamoasiga qarshi oʻyinda oʻzining ikkinchi golini urdi. Pune jamoasi oʻyinda 3:1 hisobida gʻalaba qozondi[6]. Keyin Kumar faoliyatidagi uchinchi golini va oʻsha mavsumdagi ikkinchi golini atigi bir oydan soʻng 2011-yil 21-dekabr kuni Churchill Brother jamoasiga qarshi oʻyinda urdi, bu golda uning 84-daqiqadagi zarbasi Punega oʻyinni 2:0 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi[7]. Uning faoliyatidagi toʻrtinchi va mavsumdagi soʻnggi goli 2012-yilning 18-yanvarida Mumbay jamoasiga qarshi oʻyinda urgan va oʻyinning 90-daqiqasida „Puna“ning 3:0 hisobidagi gʻalabasini taminlovchi gol bilan oʻyinni yakunladi[8]. Keyin 2011—2012-yilgi mavsumdan soʻng, "Chirag Yunayted Kerala "jamoasiga qarshi oʻyinda urgan gol uchun „Yilning eng yaxshi goli“ mukofotiga sazovor boʻldi[9]. Gurjinder Kumar 2012—2013-yilgi mavsumda Ashok Piramal guruhining „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ mukofotini ham qoʻlga kiritdi[10].

Gurjinder 2013—2014-yilgi mavsumgacha 2013-yilning 11-dekabrida Rangdajied Yunayted jamoasi darvozasiga gol urganidan keyin boshqa gol ura olmadi. Bu goli bilan Gurjinder Kumar Pune jamoasini oʻyinda 2:0 hisobida oldinga olib chiqdi, lekin yakuniy natijada Pune jamoasi 3:2 hisobida magʻlub boʻldi[11].

Salgaocar tahrir

Gurjinder Kumar 2014—2015-yilgi I-ligasi uchun Salgaocar jamoasi bilan shartnoma imzoladi va 2014—2015-yilgi mavsum Hindiston Federatsiya kubogida debyut qildi va guruh bosqichida 3 ta gol urdi[12].

FC Pune City tahrir

2015-yil iyul oyida Kumar 2015-yilgi Hindiston Superligasiga „FC Pune City“ jamoasida oʻynash uchun chaqirildi[13].

NorthEast United tahrir

2020-yilda Kumar NorthEast United jamoasi bilan oʻzaro 2 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Xalqaro maydonda tahrir

2011-yil iyun oyida Kumar 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlari saralash bosqichida Qatar U23 terma jamoasiga qarshi 23 yoshgacha boʻlganlar darajasida Hindiston terma jamoasida oʻzining ilk debyutini oʻtkazdi[2]. 2012-yilning 1-fevralida Kumar 2012-yilgi OFK chaqiruv kubogiga tayyorgarlik koʻrish uchun Hindiston terma jamoasiga chaqirildi[14]. 2012-yil 27-fevral kuni Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Hindiston milliy terma jamoasi safida debyut qildi va Hindiston 0:3 hisobida magʻlub boʻlganida toʻliq 90 daqiqa oʻynadi[15].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil 28-fevral holatiga ko`ra[16]
Klub Mavsum Ligasi Kubok AFC Jami
Diviziya Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni
Pune 2010 I-Ligasi 22 1 4[lower-alpha 1][lower-alpha 2] 0 26 1
2011-12 21 3 3[lower-alpha 1] 0 24 3
2012-13 23 0 5[lower-alpha 1][lower-alpha 2] 0 28 0
2013-14 18 1 3[lower-alpha 1] 0 7[lower-alpha 3][lower-alpha 4] 0 28 1
Salgaocar 2014-15 18 0 9[lower-alpha 1][lower-alpha 2] 3 27 3
Pune City

(ijara asosida)

2015 Hindiston Superligasi 4 0 0 0 4 0
Salgaocar 2015-16 I-Ligasi 11 1 0 0 11 1
Minerva Punjab 2016-17 3 0 0 0 3 0
Mohun Bagan 2017-18 5 0 3[lower-alpha 1] 0 8 0
2018-19 11 0 0 0 11 0
2019-20 8 0 4[lower-alpha 2] 0 12 0
NorthEast United 2020-21 Hindiston Superligasi 18 0 18 0
2021-21 16 0 16 0
2022-23 0 0 0 0 0 0
Faoliyat jami 178 6 31 3 7 0 216 9

Xalqaro statistiksia tahrir

2013-yil 24-dekabr holatiga ko`ra[17]
Hindiston terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2012-yil 1 0
2013-yil 4 0
Jami 5 0

Yutuqlari tahrir

Individual tahrir

  • Punening 23 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi oʻyinchisi: 2010-2011
  • Pune FC yilning eng yaxshi goli: 2011-2012
  • Ashok Piramal guruhining eng yaxshi yosh futbolchisi: 2012-2013

Klub tahrir

Mohun Bagan
  • Kalkutta futbol ligasi (1): 2018-2019[18]

Manbalar tahrir

  1. George. „Pune-FC-Look-To-Recover-From-Their-Alarming-Dip-In-Form“. The Hard Tackle (8-fevral 2014-yil). Qaraldi: 8-fevral 2014-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Pune FC. „5 Gurjinder Kumar“. Pune FC. Qaraldi: 25-fevral 2012-yil.
  3. Pune FC. „5 Gurjinder Kumar“. Pune FC. Qaraldi: 25-fevral 2012-yil.Pune FC. „5 Gurjinder Kumar“. Pune FC. Retrieved 25 February 2012.
  4. 4,0 4,1 „PUNE VS. CHIRAG KERALA 4 – 4“. Soccerway. Qaraldi: 23-dekabr 2013-yil.
  5. „💒婚活サイト口コミ比較ランキングおすすめ令和2021年👰人気成婚率で縁結び“.
  6. „PUNE VS. CHIRAG KERALA 3 – 1“. Soccerway. Qaraldi: 23-dekabr 2013-yil.
  7. „CHURCHILL BROTHERS VS. PUNE 0 – 2“. Soccerway. Qaraldi: 23-dekabr 2013-yil.
  8. „PUNE VS. MUMBAI 3 – 0“. Soccerway. Qaraldi: 23-dekabr 2013-yil.
  9. „Douhou Pierre is Pune FC player of the year“. The Hindu (2-may 2012-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2013-yil.
  10. D'Sa. „Defender Anas first Indian player to bag 'Pune FC Player of the Year' award“. The Times of India. 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-dekabr 2013-yil.
  11. „RANGDAJIED UNITED VS. PUNE 3 – 2“. Soccerway. Qaraldi: 23-dekabr 2013-yil.
  12. „India - G. Kumar - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“.
  13. Noronha. „Cavin Lobo to Kerala, Keegan Pereira to Mumbai and the comprehensive Indian Super League Draft“. Goal.com (2015-yil 10-iyul). Qaraldi: 10-iyul 2015-yil.
  14. „Team India leaves for Dubai“. The All India Football Federation. Qaraldi: 24-dekabr 2013-yil.
  15. „Azerbaijan vs. India (3:0)“.
  16. Gurjinder Kumar Soccerway saytida
  17. „Gurjinder Kumar“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 24-dekabr 2013-yil.
  18. „Mohun Bagan Win Calcutta Football League After Eight Years“. sports.ndtv.com. Qaraldi: 15-sentabr 2018-yil.

Havolalar tahrir

Izohlar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Appearances in the Super Cup
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Appearances in the Durand Cup
  3. Appearances in the AFC Champions League
  4. Appearances in the AFC Cup