Gustav Per Fredrik Engvall (talaffuzi: Gustav Fredrik Per Engval; 1996-yil 29-aprelda Shvetsiyada tugʻilgan) — shved futbolchisi, „Mechelen“ futbol klubi hujumchisi. Shvetsiya terma jamoasida ham oʻynagan.

Gustav Engvall
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gustav Per Fredrik Engvall
Tavallud sanasi 29-aprel 1996-yil (1996-04-29) (27 yosh)
Tavallud joyi Kalmar, Shvetsiya
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sarpsborg 08
Raqami 30
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2010 Färjestadens GoIF
2012—2013 IFK Göteborg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2012 Färjestadens GoIF 28 (1)
2013—2016 IFK Göteborg 64 (16)
2016—2018 Bristol City 4 (0)
2017 → Djurgårdens IF (ijara) 13 (7)
2017 → Djurgårdens IF (ijara) 12 (1)
2018 → IFK Göteborg (ijara) 10 (1)
2018— Mechelen 64 (10)
2022— → Sarpsborg 08 (ijara) 13 (1)
Milliy terma jamoa
2011—2013 Sweden U17 26 (9)
2013—2014 Sweden U19 7 (1)
2014—2018 Sweden U21 21 (4)
2016 Sweden 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Gustav Engvall „Göteborg“ futbol klubi akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi[1]. 2013-yil 13-iyulda u „Brommapojkarna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2014-yilning 10-avgustida „Malmö“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Gustav Engvall „Göteborg“ safida ilk golini urgan[2]. 2015-yilda u klubga Shvetsiya kubogini yutishda yordam bergan.

2016-yilning yozida Gustav Engvall Angliyaning „Bristol City“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 26-noyabr kuni u Chempionatdagi debyutini „Reading“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan[3].

2017-yil boshida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Gustav Engvall oʻz vataniga ijara asosida qaytgan va „Djurgården“ futbol klubi oʻyinchisiga aylangan. 3-aprel kuni „Sirius“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Gustav Engvall yangi jamoada debyut qilgan[4]. 16-aprel kuni „Elfsborg“ futbol klubiga qarshi bahsda Gustav Engvall „Djurgården“ futbol klubi safida birinchi golini urgan[5]. 7-may kuni „Örebro“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u xet-trik qayd etgan[6]. Yozda „Djurgården“ futbol klubi Gustav Engvallning ijara muddatini yana olti oyga uzaytirgan. 2018-yil boshida u ijara asosida „Göteborg“ futbol klubiga qaytgan.

2018-yilning yozida Engvall Belgiyaning „Mechelen“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2013-yilda Shvetsiya yoshlar terma jamoasi bilan Gustav Engvall Slovakiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan[7][8]. Turnirda u Shveysariya, Avstriya va Rossiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[9][10]. Shveysariyaliklarga qarshi kechgan bahsda Gustav Engvall gol urgan[11][12]. Oʻsha yili Gustav Engvall BAA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritgan[13][14][15]. Turnirda u Yaponiya, Gonduras, Iroq, Meksika, Argentina va ikki marta Nigeriya bilan oʻyinlarda maydonga tushgan[16]. Iroqliklar va yaponlarga qarshi bahslarda Gustav Engvall uchta gol urgan.

2016-yilning 6-yanvarida Gustav Engvall Shvetsiya terma jamoasi safida Estoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[17].

2017-yilda Shvetsiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Une Larsson Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan[18]. Turnirda Gustav Engvall Angliya va Polsha bilan oʻyinda maydonga tushgan[19].

Statistikasi tahrir

Milliy terma jamoa Mavsum Oʻyin Gol
Shvetsiya 2016 2 0
Jami 2 0

Manbalar tahrir

  1. „Броммапойкарна VS. Гётеборг 2:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 13-iyul).
  2. „Мальмё VS. Гётеборг 2:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 10-avgust).
  3. „Рединг VS. Бристоль Сити 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 26-noyabr).
  4. „Юргорден VS. Сириус 0:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 3-aprel).
  5. „Юргорден VS. Эльфсборг 3:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 16-aprel).
  6. „Эребру VS. Юргорден 0:4“ (en). soccerway.com (2017-yil 7-may).
  7. „Австрия (до 17) VS. Швеция (до 17) 1:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 8-may).
  8. „Швейцария (до 17) VS. Швеция (до 17) 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 5-may).
  9. „Россия (до 17) VS. Швеция (до 17) 0:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 14-may).
  10. „Швеция (до 17) VS. Аргентина (до 17) 4:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 8-noyabr).
  11. „Ирак (до 17) VS. Швеция (до 17) 1:4“ (en). soccerway.com (2013-yil 19-oktyabr).
  12. „Швеция (до 17) VS. Нигерия (до 17) 0:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 5-noyabr).
  13. „Япония (до 17) VS. Швеция (до 17) 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 28-oktyabr).
  14. „Гондурас (до 17) VS. Швеция (до 17) 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 1-noyabr).
  15. „Швеция (до 17) VS. Мексика (до 17) 0:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 25-oktyabr).
  16. „Швеция (до 17) VS. Нигерия (до 17) 3:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 22-oktyabr).
  17. „Швеция VS. Эстония 1:1“ (ru). soccerway.com (2016-yil 6-yanvar).
  18. „Швеция (до 21) VS. Англия (до 21) 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 16-iyun).
  19. „Польша (до 21) VS. Швеция (до 21) 2:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 29-iyun).