Gustav Kirchhoff
Gustav Robert Kirchhoff (1824.12.3, Kenigsberg – 1887.17.10, Berlin) — nemis fizigi, Berlin fanlar akademiyasi aʼzosi (1874-yildan). Kenigsberg universitetini tugatgan (1846). Ilmiy ishlari elektr. optika va mexanikaga oid. Tarmoqlangan zanjirlar boʻylab oquvchi elektr tokining taqsimlanish qonuniyatlari (qarang Kirxgof qoidalari)ni yaratgan va elektr potensiali tushunchasini fizikaga birinchi boʻlib kiritgan (1845–49), deformatsiya nazariyasi, elastik jismlarning harakati va muvozanati hamda suyuqliklar oqimi masalalari bilan shugʻullangan (1849–58). Nemis kimyogari R.V.Bunzen bilan hamkorlikda spektral tahlil usuliga asos solgan (1854–59) va kimyoviy elementlardan seziy (1860) va rubidiy (1861)ni topgan. Mutlaq qora jism tushunchasini fanga kiritgan va oʻz nomi bilan atalgan nurlanish qonuni (qarang Kirxgof nurlanish qonuni)ni yaratgan.[1]
Gustav Kirchhoff | |
---|---|
Tavalludi | 12-mart 1824 |
Vafoti | 17-oktyabr 1887 |
Fuqaroligi | Prussiya qirolligi |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |