Gwendoline Christie (talaffuzi: Gvendolin Kristi, 1978-yil 28-oktyabr)[1] — ingliz aktrisasi. HBO telekanalining Taxtlar o‘yini (2012-2019) fantastik-dramaviy serialidagi Brienne of Tarth obrazi va Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi (2015) hamda Yulduzli jangi: So‘nggi jedaylar (2017) filmlarida birinchi darajali kapitan Phazma roʻli bilan mashhur. Gwendoline Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi filmidagi ijrosi uchun 2019-yilda „Drama serialidagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa uchun“ Primetime Emmy Awards mukofotiga nomzod boʻlgan. Shundan soʻng Christie Netflix’ning The Sandman va Wednesday (ikkalasi 2022-yilda chiqarilgan) nomli fantastik seriallarida roʻl ijro etdi.

Gwendoline Christie
Tavalludi 28-oktyabr 1978-yil (1978-10-28) (45 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi
  • Aktrisa
  • model
Faoliyat yillari 2006-hozirgacha

Yoshligi tahrir

Christie Worthing shahrining West Sussex qirgʻogʻida dunyoga kelgan[2]. Uning ikkita akasi bor[3]. Onasi uy bekasi, dadasi savdogar boʻlgan[4]. Christie South Downs tepaliklari yaqinidagi qishloqda ulgʻaygan[5]. Bolaligida gimnastika bilan shugʻullangan, lekin orqa miya jarohatidan keyin aktrisalik faoliyatiga oʻtgan[6].

Christie 2005-yilda London Drama Center'da taʼlim olgan.

Faoliyati tahrir

 
Christie London Palladiumida (2009)

Christie ilk bor ekranda 2007-yilda Nathaniel Mellors tomonidan yozilgan va rejissyorlik qilingan The Time Surgeon nomli qisqa metrajli filmidagi ijrosi bilan paydo boʻlgan. 2010 va 2011-yillar oraligʻida badiiy koʻrgazmalarning bir qismi sifatida yoki tanlangan ommaviy namoyishlarda chiqarilgan eksperimental qisqa metrajli filmlarida ham roʻl ijro etdi. Sahna ortida prodyuser yordamchisi sifatida ishtirok etgan va kasting, kostyumlar, rekvizitlar hamda grim boʻyicha ishchilarga yordam bergan. Shu bilan birga, 2009-yilda Terry Gilliam rejissyorligida suratga olingan The Imaginarium of Doctor Parnassus filmidagi kichik roli bilan oʻzining badiiy filmdagi debyutini qildi. Gwendoline 2009-yilda Patrick Wolf bilan Damaris klipida suratga tushdi.

 
Christie oʻzining Taxtlar oʻyini filmidagi hamkasblari Carice van Houten va Liam Canningham bilan (San-Diego Comic-Con 2015)

Christie Gwendoline 2011-yil iyul oyida HBO telekanalida efirga uzatiluvchi Taxtlar o‘yini fantastik teleserialining ikkinchi mavsumida jangchi Brien of Tarth rolini ijro etadi. Uning qahramoni — gʻayrioddiy uzun boʻyli, gavdali va sodda koʻrinishdagi ayol — romanning koʻplab oʻquvchilari orasida sevimli qahramon va Christie kasting oʻtkazilishidan ancha oldin muxlislar tomonidan bu rolga taklif qilingan edi.

Uning debyuti ikkinchi mavsumning 2012-yil 15-aprelda namoyish etilgan What Is Dead May Never Die nomli uchinchi epizodida namoyish etildi[7]. Uning ilk chiqishi tanqidchilar tomonidan yaxshi qabul qilindi[8][9].

Christie 2022-yil noyabr oyida Netflix studiyasida suratga olingan Wednesday qoʻrqinchli-komediya serialida bosh direktor Larisa Weems rolini ijro etadi.

Filmografiyasi tahrir

Badiiy filmlari tahrir

Yil Nomi Rol Rejissyor(lar) Izohlar
2009 The Imaginarium of Doctor Parnassus Classy Shopper 2 Terry Gilliam
2013 The Zero Theorem Tijorat sohasida ayol
2015 Hayot-mamot oʻyinlari 4 Lyme Francis Lawrence
Yulduzlar jangi: Kuchning uygʻonishi Kapitan Phasma J. J. Abrams
2016 Absolutely Fabulous: The Movie Oʻzi Mandie Fletcher
2017 Yulduzlar jangi: Soʻnggi jedaylar Kapitan Phasma Rian Johnson
2018 The Darkest Minds Lady Jane Jennifer Yuh Nelson
In Fabric Gwen Peter Strickland
Welcome to Marwen Anna Robert Zemeckis
2019 The Personal History of David Copperfield Jane Murdstone Armando Iannucci
Our Friend Teresa Gabriela Cowperthwaite
2022 Flux Gourmet Jan Stevens Peter Strickland Nominatsiya — British Independent Film Award „Eng yaxshi ansambl ijrosi uchun“ (2022)

Video Oʻyinlar tahrir

Yil Nomi Ovoz bergan

qahramoni

Havl.
2016 Lego Star Wars: The Force Awakens Kapitan Phasma [10]
2017 Star Wars Battlefront II

Manbalar tahrir

  1. Carter. „30 Stars Who Will Toast to Their 40th Birthday in 2018“. Pop Sugar (2017-yil 31-dekabr). — „Gwendoline Christie: Oct. 28“. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
  2. [hhttps://www.tvguide.com/celebrities/gwendoline-christie/bio/3000561897/ „Gwendoline Christie Biography“]. TV Guide. — „Birth Place: Worthing, West Sussex, England“. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
  3. „Princess Julia“. Julia506.rssing.com. Qaraldi: 2022-yil 19-mart.
  4. Gwendoline Christine, Christie Ventures Ltd; beta.companieshouse.gov.uk/company/08212974/persons-with-significant-control
  5. „Game of Thrones: Gwendoline Christie Interview“ (2012-yil 11-aprel). Qaraldi: 2012-yil 12-aprel.
  6. Lash, Jolie. „'Game of Thrones' – Gwendoline Christie Talks Digging Deep To Play Brienne“. Access Hollywood (2012-yil 17-aprel). 2018-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-aprel.
  7. Jeffery, Morgan. „'Game of Thrones' Gwendoline Christie: 'I'm similar to Brienne'“. Digital Spy (2012-yil 12-aprel). 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-aprel.
  8. Shen Rastogi, Nina. „Game of Thrones Recap: How Do You Sleep?“. Vulture.com (2012-yil 16-aprel). Qaraldi: 2012-yil 17-aprel.
  9. Shen Rastogi, Nina. „TV's best show about women“. Salon (2012-yil 8-aprel). 2012-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-aprel.
  10. McGillan. „'Lego Star Wars: The Force Awakens' Writer Talks New Mythology and Celebrity Voices“. The Hollywood Reporter (2016-yil 4-may). Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.

Havolalar tahrir