Gyulli Nikolayevna Chokheli (ruscha: Гюлли Николаевна Чохели, gruzincha: გიული ჩოხელი; 12-fevral 1935-yilda Gruziyaning Tbilisi shahrida tugʻilgan) — sovet hamda gruziyalik pop qoʻshiqchi. U Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasiga xizmat koʻrsatgan artist (1967) hisobalandi.[1]

Gyulli Chokheli
Tavalludi Gyulli Nikolayevna Chokheli
12-fevral 1935-yil (1935-02-12) (89 yosh)
Janrlar Pop, jazz
Fuqaroligi Gruziya Gruziya
Veb-sayt giulichokheli.com

Biografiyasi

tahrir

Gyulli Chokheli 1935-yil 12-fevralda Gruziyaning Tbilisi shahrida tugʻilgan. Onasi — Gruziya xalq artisti Yelena Chokheli.[2]

U maktab yillari paytidanoq qoʻshiq kuylashni boshlagan, Tbilisi davlat konservatoriyasidagi musiqa maktabida tahsil olgan. Chokheli qoʻshiqchilik faoliyatini 1950-yillarning oʻrtalarida boshlagan hisoblanadi. 1953-yildan buyon Filarmoniyaning vokal triosida professional sahnada qoʻshiqchi boʻlgan.[3]

50-yillarning oxirlarida Gyulli Chokheli Oleg Lundstrem, Konstantin Orbelyan, Yuri Saulsky orkestrlarida faoliyat yuritgan. 1961-yildan buyon Eddie Rosnerning yakkaxon konsertlari va katta guruhi bilan chiqish qilgan. U qisqa fursat ichida Sovet Ittifoqidagi yetakchi jazz janrida ijod qiluvchi ayol qoʻshiqchilaridan biriga aylandi.[4]

Chokhelining repertuarida asosan jahon xalqlarining qoʻshiqlari hamda sovet bastakorlarining koʻplab qoʻshiqlari mavjud:

  • „Tbiliso“ — Revaza Lagidze
  • „Muzika“ — Mikaela Tariverdieva
  • „Jyoltie listya“ — Murada Kajlaeva

U, shuningdek, Tallin, Moskva hamda Praga (barchasi 1967-yilda) da oʻtkazilgan xalqaro jazz musiqasi festivallari laureati hisoblanadi.

1980-yilda u Gruziyada olingan „Poyot Gyulli Choxeli“ nomli televizion filmda ham chiqish qilgan.

Chokheli 1967-yilda Sopot xalqaro qoʻshiq festivalida birinchi oʻrin bilan taqdirlangan.[3][5]

Mukofotlari

tahrir

2015-yil 28-martda Tbilisidagi Event Hallda Gyulli Chokhelining yubiley kechasi boʻlib oʻtdi hamda uning nomidagi yulduz ochildi.[6] Shu kuni Gruziya madaniyat va yodgorliklarni muhofaza qilish vaziri Mixail Giorgadze vazirlikning maxsus mukofotini — Gyulli Chokheliga topshirdi.[7] Tbilisi meri Kaxi Kaladze Gyulli Chokhelini Tbilisining faxriy fuqarosi unvoni bilan taqdirladi.[8]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir