Ha Dae-sung
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2-mart 1985-yil (1985-03-02) (39 yosh)
Tavallud joyi Incheon, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2003 Bupyeong o'rta maktabi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2005 Ulsan Hyundai Horang-i 0 (0)
2006—2008 Daegu FC 52 (5)
2009 Jeonbuk Hyundai Motors 26 (1)
2010—2013 FC Seoul 112 (19)
2014—2015 Beijing Guoan F.C. 46 (2)
2016 F.C. Tokyo 3 (0)
2016Nagoya Grampus (Ijara) 9 (1)
2017—2019 FC Seoul 17 (1)
Milliy terma jamoa
2008—2014 Janubiy Koreya 13 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil 6-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2013-yil 4-dekabr uchun)

Ha Dae-Sung (talaffuzi: Xa De Son) (koreyscha: 하대성 1985-yil 2-martda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi.

Dastlabki yillari tahrir

Ha Dae-Sung yoshligidanoq ajoyib futbol qobiliyatini namoyon etgan. 1997-yilda oʻsha paytda Incheon Mansubuk boshlangʻich maktabida oʻqiyotgan Ha Janubiy Koreya afsonasi Cha Bum Kun tomonidan yosh isteʼdodlarni kashf etish uchun taʼsis etilgan Cha Bum-kun futbol mukofotini qoʻlga kiritgan. Uning obroʻsi Janubiy Koreyadagi eng mashhur futbol maktablaridan biri boʻlgan Bupyeong oʻrta maktabida oʻqish imkonini berdi. Biroq, tez orada u oʻng tizzasidan jiddiy jarohat olgan va ikki yil davomida futbol oʻynashni toʻxtatishga majbur boʻlgan. Oʻrta maktabda oʻqigan yili u doimiy maydonga tusha boshlagan. Tez orada jamoadoshlari Li Keun Xo va Kim Seung Yong bilan birga Ha mashhur Bupyon triosini tuzib, maktabiga uchta milliy musobaqada gʻolib chiqishga yordam bergan[1].

Klubdagi faoliyati tahrir

Ha Dae-Sung Ulsan Hyundai jamoasiga 2004-yilda qoʻshilgan. Biroq, u oʻz vaqtida Li Xo, Li Chun Su va Kim Jung Vu kabi futbolchilar bilan tarkibi kuchaygan klubda oʻz oʻrnini topa olmagan.

Ulsanda oʻz oʻrnini topa olmagan Ha 2006-yilda Daegu FCga koʻchib oʻtgan va K ligasida debyut qilgan.

2009-yilda Dae jamoadoshi Jin Kyung Sun bilan „Jeonbuk Hyundai“ga koʻchib oʻtgan. Garchi o‘sha mavsumda Cheonbuk ligada g‘olib chiqqan bo‘lsa-da, Ha Dae-Sung asosiy tarkibda doimiy joyni qo‘lga kirita olmagan.

U 2010-yilda „Seoul“ klubiga koʻchib oʻtgan va oʻsha mavsumda oʻz klubiga ligada gʻolib chiqishga yordam bergan. 2012-yil 3-yanvarda Ha „Seoul“ klubi sardori etib tayinlangan[2]. „Seuol“ klubini yuqori liga chempionatiga olib chiqqanidan soʻng, Ha Dae-Sungga turli klublardan qiziqish bildira boshlanadi. Xabarlarga koʻra, Zagrebning Dinamo klubi Hani sotib olish uchun taklif qilgan koʻplab klublardan biri boʻlgan. Qatar Yulduzlar ligasi klubi Hani oʻziga qoʻshib olish uchun transfer narxi sifatida 2,5 million dollar taklif qilgan. Biroq, Ha FC Seoulda qolishni tanlagan.

2014-yilning 3-yanvarida „Seoul“ klubi Hani Xitoy Superligasining „Beijing Guoan“ klubiga o‘tishini rasman eʼlon qilgan.

2017-yilning 19-yanvarida „Seoul“ klubi Haning jamoaga qaytishini rasman eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2008-yil 15-noyabrda Ha Janubiy Koreya terma jamoasiga Qatarga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirilgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum K Liga 1 KFA Kubogi Liga Kubogi AFC Jami
Oʻyin Gol Assis Oʻyin Gol Assis Oʻyin Gol Assis Oʻyin Gol Assis Oʻyin Gol Assis
Ulsan Hyundai
2004 0 0 0 ? ? - 2 0 0 N/A N/A N/A 2 0 0
2005 0 0 0 ? ? - 0 0 0 N/A N/A N/A 0 0 0
Ulsan

Jami
0 0 0 0 0 - 2 0 0 0 0 - 2 0 0
Daegu FC
2006 11 0 0 ? ? - 7 0 0 N/A N/A N/A 18 0 0
2007 17 1 2 ? ? - 8 1 0 N/A N/A N/A 25 2 2
2008 24 4 1 ? ? - 7 1 0 N/A N/A N/A 31 5 1
Daegu
Jami
52 5 3 0 0 - 22 2 0 0 0 - 74 7 3
Jeonbuk Hyundai Motors 2009 26 1 2 ? ? - 4 1 0 N/A N/A N/A 30 2 2
Jeonbuk
Jami
26 1 2 0 0 - 4 1 00 0 0 - 30 2 2
FC Seoul
2010 26 5 2 2 0 - 7 3 1 N/A N/A N/A 35 8 3
2011 18 6 2 2 0 - 0 0 0 4 0 - 20 6 2
2012 39 5 7 2 1 - - N/A N/A N/A 41 6 7
2013 29 3 2 1 1 - - 13 1 - 30 4 2
Seoul

Jami
112 19 3 7 2 - 7 3 1 17 1 - 126 24 14
K Ligasi

Karyerada jami
190 25 18 7 2 - 35 6 1 17 1 - 232 33 19

Xitoy Superligasidagi faoliyati tahrir

Klub Mavsum Xitoy Superligasi FA kubogi AFC Jami
Oʻyin Gol Assis Oʻyin Gol Assis Oʻyin Gol Assis Oʻyin Gol Assis
Pekin Guoan 2014-yil 22 1 - 0 0 - 6 1 - 28 2 -
2015-yil 24 1 - 1 0 - 5 0 - 30 1 -
Xitoy Superligasi



Karyerada jami
46 2 - 1 0 - 11 1 - 58 3 -

Xalqaro tahrir

Janubiy Koreya terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2008 1 0
2009 1 0
2010 0 0
2011 0 0
2012 5 0
2013 5 0
Jami 12 0

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Jeonbuk Hyundai Motors
  • K liga 1
    • Gʻoliblik (1): 2009-yil
Seoul FC
  • K liga 1
    • Gʻoliblik (2): 2010, 2012
  • Liga kubogi
    • Gʻoliblik (1): 2010-yil

Shahsiy yutuqlar tahrir

Seoul FC
  • K ligasining eng yaxshi oʻnligi aʼzosi (3): 2011, 2012, 2013

Manbalar tahrir

  1. „"우린 죽마고우" 대구FC 이근호·하대성“ (ko). Maeil Shinmoon (2008-yil 12-aprel).
  2. „서울, '주장' 하대성 임명...훈련 돌입“. osen. Qaraldi: 2013-yil 12-may.