Habib Saʼdulla

Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri

Habib Saʼdulla (5-aprel 1942-yil, Namangan – 1-mart, 2006-yil, Namangan) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri, musahhih.

Habib Saʼdulla
Tavalludi 5-aprel 1942-yil
Vafoti 1-mart 2006-yil(2006-03-01)
(63 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent universiteti
Kasbi Shoir
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Habibulla Saʼdullayev 1942-yilda 5-aprelda Namanganda tavallud topgan. 1971-yilda Toshkent universitetining (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tugatgan.

Faoliyati

tahrir

Dastlab, 1966–1967-yillarda „Mushtum“ jurnalida musahhih, 1967–1968-yillarda maktab oʻquvchilari gazetasida adabiy xodim, 1968–1973-yillarda „Namangan haqiqati“ gazetasida boʻlim mudiri, muharrir oʻrinbosari, 1973–1990-yillarda Namangan viloyati Yozuvchilar uyushmasi raisi, 1990–1998-yillarda Namangan viloyati Madaniyat ishlari boshqarmasida boshliq lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ijodiy faoliyati

tahrir

Dastlabki sheʼrlar toʻplami „Okeandan shabada“ (Usmon Temur bilan hamkorlikda) 1969-yilda nashr etilgan. Shundan soʻng uning 1975-yilda „Bahor bilan“, 1979-yilda „Muloqot“, 1982-yilda „Yana ostonangda“, 1984-yilda „Ehtirom“, 1988-yilda „Bogʻlar yurtin bolasimiz“, 1992-yilda „Tazarru“ va „Koʻchamdan jonon oʻtganda“, 1993-yilda „Kosonsoy karvonlari“, 1996-yilda „Uchqoʻrgʻonning uch xirmoni“, 1997-yilda „Ramazon munojoti“, 1998-yilda „Nur qadri“ sheʼriy kitoblari nashr etilgan.

Habib Saʼdullaning sheʼrlarida oʻzi mansub boʻlgan avlodning oʻzgarib borayetgan voqelikdan olgan taassurotlari va shu voqelikka munosabati oʻz ifodasini topgan. Shoirning urush mavzusiga bagʻishlangan „Tugʻilgan yilim“, „Onaizor“ va „Tirik qurbonlar“ dostonlari avtobiografik xususiyatga ega. Bundan tashqari u „Usmon atlas“, „Zamin sadosi“, “Yettinchi qitʼa“, „Eʼtiqod“, „Chust rivoyati“, „Adib taqdiri“, „Jarohat“ singari dostonlarni ham yozgan. Habib Saʼdullaning 1975-yilda yozilgan „Yusuf va Zulayho“, 1985-yilda yozilgan „Mehr quyoshi“ dramalari va 1989-yilda yozilgan „Rahmat, igʻvogar“ komediyasi viloyat teatrida sahnalashtirilgan.

Unvonlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  • Tanlangan asarlar, 2 j.li, T., 2002. Ad.: Xudoyberdiyev E., Habib Saʼdulla, T., 2004.