Habib ibn Muzohir al-Asadiy (arabcha: حبيب بن مظاهر الأسدي) Banu Asad qabilasidan boʻlib, Ali, Hasan ibn Ali va Husayn ibn Alining yaqinlaridan boʻlgan. U asli Kufalik boʻlib, Husayn ibn Aliga (Muhammadning nabirasi) maktub yoʻllab, uni Kufaga taklif qilgan. Ammo, Kufa ahli Husaynga boʻlgan bay’atlarini buzganliklarini bilgach, Kufani tark etib, Husaynga qoʻshilgan va Husayn qoʻshinida, Karbaloda jang qilib, 75 yoshida shahid boʻlgan[1].

Karbalo jangi

tahrir

Habib Karbalo jangida oddiy askar vazifasida boʻlgan. U uchinchi imom Husayn ibn Ali bilan Umar ibn Saʼd boshchiligidagi Yazid qoʻshinlariga qarshi jang qilib, 62 kishini oʻldirgan[ iqtibos kerak ].

Husayn qoʻshini 3 qismga, chap qanot, oʻng qanot va Ahli baytga boʻlingan. Habib yoshi katta boʻlishiga qaramay, Husayn qoʻshinining chap qanotiga boshchilik qilish vazifasi unga yuklatilgan[2]. Habibning qabri Imom Husayn ziyoratgohiga kiritilgan va janubiy ayvonda joylashgan[3][4][5].

Habib jangda ishtirok etib, dushmanning 62 askarini oʻldirgan. Shunda Budayl bint Maryam Aqfoniy unga hujum qilib, qilich bilan boshiga urgan. Yana bir dushman Habibni nayza bilan urib, otdan yiqitib, yerga qulagan. Keyin Budayl bint Maryam uning boshini tanasidan judo qilgan[6].

 
Burial place of Habib in Imām Husayn Mosque

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. A research about Persian Maqtal al-Husayn, پژوهشی در مقتل های فارسی. Qom: ZamZam Hidayat, 2007. 
  2. Ibn El-Neil. The Truth About Islam. Strategic Book Publishing, 2008 — 208-bet. ISBN 978-1606932599. 
  3. „Imam Hussain (A.S.) At Karbala“. Almujataba Islamic Network. 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-oktyabr.
  4. Qāʼidān, Aṣghar. ʻAtabāt-i ʻālīyāt-i ʻIrāq, Chāp-i 1., Tihrān: Nashr-i Mashʻar, 2004 — 122-bet. ISBN 964-7635-53-2. 
  5. Kharazmi. Maqtal al-Ḥusayn. Anwar al-Huda, 1997 — vol. 2, p. 7-bet. 
  6. Qummī. Nafas al-mahmum. Islamic Study Circle, 1949 — 124-bet.