Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiy

Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiy (arabcha: حفص بن الوليد بن يوسف الحضرمي) VIII asr oʻrtalarida Umaviylar xalifaligi davrida Misr hokimi boʻlgan.

Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiy
حفص بن الوليد بن يوسف الحضرمي
Mansab davri
2 July 742 – 745-yil 21-mart
Oʻtmishdoshi Hanzala ibn Safvon al-Kalbiy
Vorisi Hassan ibn Atahiya
Mansab davri
745-yil 7-aprel – 745-yil 4-oktyabr
Oʻtmishdoshi Hassan ibn Atahiya
Vorisi Havsara ibn Suhayl
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 740-yillar
Ota-onasi Volid ibn Yusuf

Hafs, asosan, poytaxt Fustatda istiqomat qilgan, anʼanaviy ravishda viloyatda hukmronlik qilib kelayotgan „jund“[1] arab koʻchamanchilar jamoasidan boʻlgan zodagon oila vakili edi[2].

Misr hokimligiga tayinlanishidan oldin sohib ash-shurta (zobitlar boshligʻi) boʻlib xizmat qilgan[3]. 743-yilda xalifa Hishom ibn Abdulmalikning vafotidan soʻng, Umaviylar rejimi beqarorlik davriga kirib qoldi va bu narsa fuqarolar urushi bilan yakunlandi. Hafs esa Umaviylar hukumatining zaiflashuvidan foydalanib, Misr ishlarida jundlarning ustuvorligini qayta taʼminlashga harakat qildi[4]. Suriyaliklar Fustatdan majburan quvib chiqarildi, Hafs mahalliy arab boʻlmagan musulmonlar (maqomisa va mavoliy) orasidan 30 000 kishilik qoʻshin yigʻdi va bu qoʻshin uning sharafiga Hafsiya deb ataldi. 744-yilda Qaysiylar tarafdori boʻlgan Marvon II taxtga chiqqanida Hafs isteʼfoga chiqdi va yangi xalifa uning oʻrniga Hasan ibn Atahiyani tayinlashni va Hafsiya qoʻshinini tarqatib yuborishni buyurdi.[3][5].

Biroq Hafsiya qoʻshini ushbu buyruqqa amal qilishdan bosh tortdi va qoʻzgʻolon koʻtardi. Yangi hokim Hasan ibn Atahiyani oʻz qarorgohida qamal qildi, natijada hokim va sohib ash-shurta Misrni tark etishga majbur boʻldi. Hafs, garchi oʻzi xohlamasa ham qoʻzgʻolonchilar tomonidan hokim sifatida lavozimga qayta tiklandi. Keyingi yili, yaʼni 745-yilda Marvon Suriyaning yirik qoʻshiniga boshchilik qilish uchun yangi hokim Havsara ibn Suhayl al-Bahiliyni yubordi. Havs tarafdorlari qarshilik koʻrsatishga tayyor ekanliklariga qaramay, Hafs taslim boʻlishga tayyorligini bildirdi. Shundan keyin Havsara Fustatni qarshiliksiz qoʻlga oldi, biroq darhol shaharda „tozalash“ ishlarini boshlab yubordi, Hafs va bir qancha Hafsiya rahbarlarini qatl qildi[6].

Manbalar

tahrir
  1. Kennedy (1998), p. 75
  2. Kennedy (1998), pp. 64ff.
  3. 3,0 3,1 Kennedy (1998), p. 75
  4. Kennedy (1998), pp. 74–75
  5. Kennedy (2001), p. 48
  6. Kennedy (1998), pp. 75–76

Adabiyotlar

tahrir
Oʻtmishdoshi:
Al-Hurr ibn Yusuf
Misr hokimi
727
Vorisi:
Abdulmalik ibn Rifoʼa al-Fahmiy
Oʻtmishdoshi:
Hanzala ibn Safvon al-Kalbiy
Misr hokimi
742–745
Vorisi:
Hassan ibn Atahiya
Oʻtmishdoshi:
Hassan ibn Atahiya
Misr hokimi
745
Vorisi:
Havsara ibn Suhayl