Hafsa bint Umar
Hafsa bint Umar (arabcha: حفصة بنت عمر; tax. 605-665), islom paygʻambari Muhammad s.a.v.ning ayollari edi. U, shuningdek, Rashidun xalifaligining ikkinchi xalifasi Umar ibn al-Xattabning qizi. Islom yozuvlarida uning ismi koʻpincha „Moʻminlar onasi“ (arabcha:أمّ المؤمنين, ʾumm al -muʾminīn) unvoni bilan qoʻshib yoziladi.[1]
Hafsa bint Umar | |
---|---|
Tavalludi |
605-yil Makka, Hijoz |
Vafoti | 665-yil |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Otasi | Umar ibn Xattob |
Onasi | Zaynab bint Mazʼun |
Yoshlik davri
tahrirHafsa Umar ibn al-Xattob va Zaynab binti Madhuvning qizi va katta farzandi edi. U „Paygʻambar yuborilishidan besh yil oldin Quraysh Kaʼba uyini qurayotganda“, yaʼni 605-yilda tugʻilgan.[2]
Nikoh
tahrirU Xunais ibn Huzayfaga turmushga chiqqan, ammo 624-yilning avgustida beva qolgan.[3]
Hafsa kutish muddatini tugatgandan soʻng, otasi Umar uning qoʻllarini Usmon ibn Affonga, keyin esa Abu Bakrga uzatishni taklif qildi lekin ikkalasi ham uni rad etishdi. Umar Muhammadning oldiga borib, bundan shikoyat qilganida, Muhammad: „Hafsa Usmondan yaxshiroqqa, Usmon esa Hafsadan yaxshiroqqa uylanadi“, deb javob berdi.[4]
Muhammad hijriy 3-shabonda (625 yil yanvar oxiri yoki fevral boshi) Hafsaga uylandi.[5] Bu nikoh „ Bu Paygʻambarga,[6] endi uning qaynotasi boʻlgan Umar bilan ittifoq qilish imkoniyatini berdi.“
Eʼtiborga molik ish
tahrirUsmon xalifa boʻlgach, Qur’on matnini standartlashtirishda Hafsa nusxasidan foydalangan.[7] Yana Muhammaddan oltmish hadis rivoyat qilgani aytiladi.[8]
Vafoti
tahrirU hijriy 45-yil shabon oyida, yaʼni 665-yilning oktabr yoki noyabrida vafot etgan. U al-Baqiyda boshqa moʻmin onalari yoniga dafn etilgan.[9]
Zid qarashlar
tahrirSunniy qarashlar
tahrirHafsa sunniylar tomonidan olim va izlanuvchan deb koʻriladi. U imonlilarning onasi sifatida ham hurmatga sazovor.
Shia qarashlar
tahrirShialarning qarashlari sunniylikdan ancha farq qiladi. Aksariyat oʻn ikki shia Hafsani otasi Umarning xalifaligini qoʻllab-quvvatlagani uchun tanqid qiladi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Ahmad ibn Muhammad al-Sayyari (2009). Kohlberg, Etan; Amir-Moezzi, Mohammad Ali (muh.). „Revelation and Falsification: The Kitab al-qira'at of Ahmad b. Muhammad al-Sayyari: Critical Edition with an Introduction and Notes by Etan Kohlberg and Mohammad Ali Amir-Moezzi“. Texts and studies on the Qurʼān. 4-jild. BRILL. 103-bet. ISSN 1567-2808.
- ↑ Muhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina p. 56. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Muhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 307. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Ibn Saad/Bewley vol. 8 pp. 56-58. The story is told in five separate traditions.
- ↑ Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 58.
- ↑ Margoliouth, D. S. (1905). Mohammed and the Rise of Islam, p. 307. New York & London: G. P. Putnam’s Sons.
- ↑ Bukhari 6:60:201.
- ↑ Siddiqi, M. Z. (2006). Hadith Literature: Its Origin, Development, Special Features and Criticism, p. 25. Kuala Lumpar: Islamic Book Trust.
- ↑ Ibn Saad/Bewley vol. 8 p. 60.