Hamadon shartnomasi Usmonlilar imperiyasi va Xotakiylar davlati oʻrtasida 1727-yil oktyabr oyida Hamadon shahrida imzolangan, Usmonli–Xotakiy urushiga yakun yasagan shartnoma hisoblanadi.

Ashrafshoh Xotakiy 1725-1729

Umumiy tavsifi

tahrir

Usmonlilarning Forsga eksansiyasi davom etar ekan, Ashraf Xotakiy akasi Mahmud Xotakiydan hokimyatni tortib olib, oʻzini butun Forsning yagona qonuniy hukmdori deb eʼlon qildi va Usmonlilardan barcha qoʻshib olingan hududlarni qaytarib berishni talab qildi[1]. Ashraf ham oʻzini sunniy xalifa deb eʼlon qildi[2]. Usmonlilar buni diplomatik haqorat deb bildilar va barcha aloqalarni uzdilar va afgʻonlarga urush eʼlon qildilar[3]. Usmonlilarning asosiy maqsadlaridan biri Safaviylar sulolasini vassal davlat sifatida taxtga qayta tiklash edi. Natijada Ashraf Xotakiy sobiq Safaviylar podshosi Sulton Husaynni qatl qildi[3]. Urush 1726-yilda Usmonlilar Ozarbayjon hududida dushmanlik boshlaganidan keyin boshlandi[3].

Shartnoma shartlari

tahrir

Afgʻon armiyasining ichki muammolari va ahvoli tufayli oldinga intilmaslikni maʼqul koʻrgan Ashraf Xotakiy tinchlik kelishuvi boʻyicha muzokaralarni boshladi. Xotakiylar bu jangda Usmonlilarga qarshi harbiy gʻalabaga erishdilar. Ashraf Xotakiy ham rasman shoh deb tan olindi, Usmonlilar esa unga Eron shohi sifatida tan olishgan. Bundan tashqari, afgʻonlar tomonidan yuborilgan ziyorat karvonlari Usmonlilar tomonidan himoya qilinadi. Usmonlilar bosib olingan yerlarini saqlab qolish uchun muvaffaqiyatli muzokaralar olib borib, siyosiy yutuqlarga erishdilar. Usmonlilar Zanjon, Sultoniya va Abharni oʻz nazoratiga olishlari bilan afgʻonlar oʻzlarining gʻalabalari ortidan qoʻlga kiritgan hududlardan chiqib ketishdi[3][4].

Natijasi

tahrir

Urush Ashraf Xotakiyning birlashishiga va oʻzining kurd va zardushtiy aholisi, hatto shia shohsevan qabilalari tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga imkon berdi[3]. Shunga qaramay, afgʻonlar hali ham koʻpchilikni tashkil etib, Eron aholisi tomonidan zoʻravon sifatida koʻrildi. Oqibatda bu ichki qoʻzgʻolonlarni keltirib chiqardi va afgʻonlar va ularning Isfahondagi maʼmuriyatining kuchini zaiflashtirdi[3]. Va natijada Nodirshohning yuksalishi boshlandi. Koʻp sonli janglardan soʻng afgʻon qoʻshinlari 1729-yil 21-noyabrda shaharni tark etib, Isfahondan qaytishga majbur boʻldilar[3].

Manbalar

tahrir
  1. Balland, D.. AŠRAF ḠILZAY, 2 (en), Encyclopædia Iranica — 796–797-bet. Qaraldi: 14-fevral 2024-yil. 
  2. Akbulut, Mehmet Yilmaz (2015). The scramble for Iran: Ottoman military and diplomatic engagements during the Afghan occupation of Iran, 1722–1729 (Thesis). Boğaziçi University. 21-bet.[sayt ishlamaydi]
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Balland 1987.
  4. Akbulut 2015, s. 165-167.