Hamadoniy Yusuf Abu Yaʼqub

Hamadoniy Yusuf Abu Yaʼqub (1048, Hamadonning Buzanjird qishlogʻi — 1141, Afgʻonistonning bomiyon shahri) — tasavvufning yirik namoyandasi, olim.

Bagʻdodda Abu Ishoq Sheroziydan tahsil olgan. Isfahon, Samarqand, Buxoroda bilimini oshirgan. Tasavvufni Abu Ali Formadiy, Abdulloh Juvayniy va Hasan Simnoniydan oʻrgangan. Zamonasining yetuk allomalari Abdulqodir Giloniy, Gʻazzoliy, Hamiduddin Multoniy bilan muloqotda boʻlgan. 30 marta haj ziyoratiga borgan.

H. Buxoroda uzoq muddat yashab, Ahmad Yassaviy va Abduxoliq Gʻijduvoniy va boshqa yirik mashoyixlarga ustozlik qilgan. U keyinchalik xoja-gon-naqshbandiya tariqatining ayrim qoidalarini ishlab chiqqan. Xoja Ab-dulloh Barraqiy Xorazmiy, Xoja Hasan Andoqiy Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq Gʻijduvoniy H.dan soʻng uning xalifalari sifatida muridlarning tarbiyasi bilan shugʻullanganlar. "Rutbat ul-hayot" ("Hayot mezoni"), "Kashf", "Ri-sola dar odobi tariqat", "Risola dar axloq va munojot" kabi asarlar yozgan. "Hayot mezoni" risolasi oʻzbek tilida nashr qilingan (Toshkent, 2003). Xoki Bomiyondan Marv shahriga olib kelinib, qayta dafn etilgan. Abduxoliq Gʻijduvoniy, Farididin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy asarlarida H. haqida maʼlumotlar bor.

AdabiyotlarTahrirlash