Rahmatullayev Hamid Turgʻunovich 1942-yil 28-yanvarda tavallud topgan. 1978-yil 17-yanvar kuni Toshkentda vafot etgan — sovet futbolchisi, hujumchi. SSSR sport ustasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1972-yil).

Rahmatullayev Hamid Turgʻunovich
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rahmatullayev Hamid Turgʻunovich
Tavallud sanasi 28-yanvar 1942-yil 28-yanvar 1942-yil
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafot sanasi 17-aprel 1978-yil(1978-04-17)
(36 yoshda)
Vafot joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 169 sm
Ampluasi Hujumchi
Mukofotlari
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1960—1971 Sovet Ittifoqi Paxtakor (192 (20))
Boshqargan klublari
1972—1978 Sovet Ittifoqi Paxtakor murabbiyi
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

1960-yilda „Paxtakor“ (Toshkent) futbol maktabining uchinchi sonini tamomlagan. 1960-yil 1-oktabrda SSSR chempionatida debyut qilgan. 1963-yilni jarohat tufayli oʻtkazib yuborgan. Rahmatullayev faoliyati davomida 192 oʻyinda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 20 ta gol urgan va jamoa sardori boʻlgan. 1970-yilda oʻz faoliyatini yakunlagan. 1972-yildan klubda jamoa rahbari va murabbiy sifatida ish boshlagan. 1967—1968-yilgi SSSR kubogi finalchisi. 1978-yilda avtohalokatga uchrab vafot etgan[1]. 2011-yilda Vladimir Safarovning „Hamid Rahmatullayev — Oʻzbek Pelesi“ kitobi nashr etilgan.

Toshkentning Shayxontohur tumanida „Paxtakor“ stadionidan uncha uzoq boʻlmagan koʻchaga — uning nomi berilgan va yodgorlik lavhasi ochilgan.

Shaxsiy hayot tahrir

Oʻgʻli Sardor Rahmatullayev — Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi, vitse-prezidenti lavozimlarida 2010—2017-yillarda ishlagan.[2]

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

  • Profil na sayte FootballFacts.ru