Hamza Abdi Barre
Hamza Abdi Barre (somalicha: Xamse Cabdi BarreXamse Cabdi Barre, arabcha: حمزة عبد بري) hozirda Somali Federal Hukumatida Bosh Vazir vazifasini oʻtayotgan siyosatchi. U 2022-yil 15-iyunda Prezident Hassan Sheikh Mohamud tomonidan nomzod sifatida taklif etilgan[3] va 2022-yil 25-iyunda parlament tomonidan tasdiqlangan[4]. Hamza shuningdek 2021-yil 28-dekabrda Somali Federal parlamenti Xalq palatasiga saylangan parlament aʼzosi[5].
Hamza Abdi Barre Xamse Cabdi Barre | |
---|---|
Barre, 2022-yil | |
Somali Bosh Vaziri | |
Mansab davri 2022-yil 26-iyun – hozirgacha | |
Prezident | Hassan Sheikh Mohamud |
Oʻtmishdoshi | Mohamed Hussein Roble |
Xalq palatasining aʼzosi | |
Mansab davri 2021-yil 28-dekabr – hozirgacha | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1972/1973 (50 yoki 51 yosh[1]) Kismayo, Somali Demokratik Respublikasi[2] |
Siyosiy partiyasi | Tinchlik va taraqqiyot uchun ittifoq (UPD) |
Bolalari | 8 |
Istiqomat joy(lar)i | Mogadishu, Somali |
Taʼlim | Bakalavr diplomi, Magistr diplomi |
Hayotining boshlangʻich davri va oʻqishi
tahrirHamza pastki Jubadagi Kismayo shahrida [6], Darod urugʻining Ogaden filialida tugʻilgan[7].
Hamza boshlangʻich taʼlimni oʻz davlatida tugatgan va 2001-yilda Yamandagi University of Science and Technology universitetida bakalavr diplomini yoqlagan[6]. 2003-yildan 2004-yilgacha Hamza Mogadishudagi xususiy maktab ijrochi direktori boʻlgan[6]. 2005-yil avgustda[8] u Kismayo University yaratuvchilaridan biri boʻlgan[6]. U 2009-yilda Malayziyadagi Xalqaro Islom Universitetida Magistrlik diplomini yoqlaydi[2]. Magistrlik diplomini yoqlagandan soʻng va siyosiy karyerasini boshlashidan oldin u juda koʻp yillarni Kismayo va Mogadishuda oʻqituvchi boʻlib oʻtkazadi.
Siyosiy karyerasi
tahrirBarre uzoq vaqtdan beri Tinchlik va taraqqiyot uchun ittifoq partiyasining tarafdori boʻlgan va federal hukumat idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.
2014-yildan 2015-yilgacha Barre Banaadir viloyati gubernatori va keyinchalik Mogadishu meri Hassan Mohamed Husseinning maʼmuriy maslahatchisi boʻlib ishlagan. Barre shuningdek Konstitutsiyaviy ishlar va federal vazirligining katta maslahatchisi boʻlib ishlagan[1][2]. U Bosh Vazir boʻlishidan oldin prezident Mohamud boshchiligidagi Tinchlik va taraqqiyot partiyasi bosh kotibi (2011-2017-yillar)[1] va prezident Mohamed Abdullahi Mohamed boshchiligidagi Jubbaland saylov komissiyasi raisi (2019-2020-yillar) kabi yuqori siyosiy lavozimlarda ishlagan[2]. 2022-yil 26-iyundan beri Barre Prezident Mohamud[9] bilan yonma yon Somalining Bosh Vaziri sifatida ishlab kelmoqda[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Maruf, Harun „New Somali President Appoints Prime Minister“. VOA News. Voice of America (2022-yil 15-iyun). Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Siyaasadda Soomaaliya: Waa kuma Xamsa Cabdi, Ra'iisal wasaaraha la magacaabay ee Soomaaliya? (Somali Politics: Who is Hamsa Abdi, the newly appointed Prime Minister of Somalia?)“ (Somali). bbc.com. BBC (2022-yil 15-iyun). Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
- ↑ Sheikh, Abdi „Somali president nominates Barre as prime minister after delayed elections“. Reuters. Reuters (2022-yil 15-iyun). Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
- ↑ „Hamza Abdi Barre endorsed by parliament as new PM of Somalia“ (2022-yil 25-iyun). Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
- ↑ „Jubaland elects six Lower House MPs“. Saafi Films (2021-yil 28-dekabr). 2022-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 „Akhriso: Taariikhda Ra’iisulwasaare Xamse Cabdi Barre“ (2022-yil 15-iyun). Qaraldi: 2022-yil 15-iyun.
- ↑ „BREAKING: President Hassan Sheikh nominates Hamza Abdi Barre as PM“ (2022-yil 15-iyun). Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
- ↑ Kismayo University. „About Us“. 2021-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
- ↑ „Somalia elects Hassan Sheikh Mohamud as new president“. aljazeera.com (2022-yil 15-may). Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.