Han Peng (1983-yil 13-sentyabrda tugʻilgan) — xitoylik sobiq futbolchi.

Han Peng
韩鹏
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Han Peng
Tavallud sanasi 13-sentyabr 1983-yil (1983-09-13) (40 yosh)
Tavallud joyi Jinan, Shandong, Xitoy
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Xitoy
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Shandong Luneng
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2015 Shandong Luneng 268 (93)
2016—2018 Beijing Renhe 35 (4)
Milliy terma jamoa
2006—2014 Xitoy 35 (10)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(11-noyabr 2018-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Shandong Luneng yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi Han Peng klubdagi debyutini 2002-yilning 10-martida Sichuan Guanchengga qarshi oʻtkazgan. 2002-yilning 23-martida Chongqing Lifanga qarshi oʻyinda ligadagi birinchi golini kiritgan. Asta-sekin Shandong jamoasida bir necha mavsum davomida oʻzini namoyon qilgan, 2005-yilgi mavsumda Han Li Jinyu bilan ajoyib tandem hosil qilgan oʻsga mavsum u ligada yettita gol urgan[1]. Shundan soʻng Shandongga 2006-yilgi liga chempionligi hamda Xitoy FA kubogini qoʻlga kiritishga yordam bergan yana oʻnta golga mualliflik qilgan[2]. Kelgusi mavsumda Han oʻzining eng samarali mavsumini oʻtkazgan, u ligada oʻn uchta gol urgan, ammo uning jamoasi Shandong liga chempionligini saqlab qola olmagan[3]. 2008-yilgi mavsum shaxsan Han uchun omadsiz mavsum boʻlgan u mavsumning koʻp qismida jarohat olgan va oʻyinlarni oʻtkazib yuborgan. Ammo Shandong liga chempionligini qoʻlga kiritgan.

2015-yilning 19-dekabrida Han Xitoyning birinchi ligasi vakili Beijing Renhega ikki yillik shartnoma asosida erkin agent sifatida oʻtgan[4]. U klub bilan shartnomasini 2017-yilning 31-dekabrida Pekin Renhe Xitoy Superligasiga chiqqanidan keyin uzaytirgan[5].

Xalqaro faoliyati tahrir

Han xalqaro maydondagi debyutini 2006-yilning 3-iyunida Shveysariyaga qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan[6]. U 2007-yilgi Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan Zhu Guanhu jamoasining ajralmas qismiga aylangan va oʻzining birinchi golini 2006-yilning 15-noyabrida Iroqqa qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan[7]. Turnir davomida Han jamoadoshi Li Jinyu bilan birga tandem hosil qilishgan[8]. Turnir doirasida u ikkita gol urishga muvaffaq boʻlgan. Ammo Xitoy guruh bosqichidan chiqa olmagan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub MAvsum Divizion Liga Kubok Qitʼa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Shandong Luneng 2002 1 18 2 1 1 - 19 3
Shandong Luneng 2003 1 8 3 2 0 - 10 3
Shandong Luneng 2004 1 10 3 9 4 - 19 7
Shandong Luneng 2005 1 25 6 9 4 7 2 41 12
Shandong Luneng 2006 1 26 10 5 5 - 31 15
Shandong Luneng 2007 1 22 13 - 6 2 28 15
Shandong Luneng 2008 1 10 8 - - 10 8
Shandong Luneng 2009 1 28 11 - 5 3 33 14
Shandong Luneng 2010 1 28 17 - 6 2 34 19
Shandong Luneng 2011 1 26 8 2 1 5 1 33 10
Shandong Luneng 2012 1 14 3 0 0 - 14 3
Shandong Luneng 2013 1 15 7 0 0 - 15 7
Shandong Luneng 2014 1 21 0 5 1 4 1 30 2
Shandong Luneng 2015 1 17 2 4 1 4 0 25 3
Beijing Renhe 2016 2 17 4 2 1 - 19 5
Beijing Renhe 2017 2 17 0 1 0 - 18 0
Beijing Renhe 2018 1 1 0 1 0 - 2 0
Jami 303 97 41 18 37 11 381 126

Xalqaro maydondagi gollari tahrir

# Sana Joy Raqib Hisob Musobaqa
1 15.11.2006 Changsha, Xitoy   Iroq 1-1 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi
2 7.02.2007 Suzhou, Xitoy   Qozogʻiston 2-1 Oʻrtoqlik
3 27.03.2007 Makao, Xitoy   Oʻzbekiston 3-1 Oʻrtoqlik
4 27.03.2007 Makao, Xitoy   Oʻzbekiston 3-1 Oʻrtoqlik
5 10.07.2007 Kuala-Lumpur, Malayziya   Malayziya 5-1 2007-yilgi Osiyo kubogi
6 10.07.2007 Kuala-Lumpur, Malayziya   Malayziya 5-1 2007-yilgi Osiyo kubogi
7 15.03.2008 Kunming, Xitoy   Tailand 3-3 Oʻrtqolik
8 25.07.2009 Tyanjin, Xitoy   Qirgʻiziston 3-0 Oʻrtqolik
9 8.11.2009 Quvayt shahri, Quvayt   Quvayt 2-2 Oʻrtqolik
10 30.12.2009 Yivu, Xitoy   Iordaniya 2-2 Oʻrtqolik

Shandong Luneng tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 24.02.2010 Xirosima katta archasi, Xirosima, Yaponiya  Sanfrechche Xirosima 1 — 0 1-0 2010-yil Osiyo chempionlar ligasi
2. 13.04.2010 Shandong stadioni, Jinan, Xitoy  Sanfrechche Xirosima 1 — 0 2-3

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Shandong Luneng[9]

  • Xitoy Superligasi : 2006, 2008, 2010
  • Xitoy FA kubogi : 2004, 2006, 2014[10]
  • Xitoy Superliga kubogi : 2004-yil
  • Xitoy FA Superkubogi : 2015-yil

Shaxsiy yutuqlar tahrir

  • Xitoy FA kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2006-yil

Manbalar tahrir

  1. „韩鹏: 2005赛季表现“. csldata.sports.sohu.com. Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  2. „China 2006“. rsssf.com (8-mart 2007-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  3. „韩鹏: 2007赛季表现“. rsssf.com. Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  4. 人和宣布韩鹏汪强正式加盟 at sports.sohu.com 2015-12-19 Retrieved 2016-01-06
  5. „人和官方宣布续约韩鹏汪强:加油两位"小将"!“. Sina (31-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2018-yil.
  6. „China PR 1-4 Switzerland“. teamchina.freehostia.com (3-iyun 2006-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  7. „China PR 1-1 Iraq“. teamchina.freehostia.com (15-noyabr 2006-yil). Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  8. „China leave out leading scorer Li Jinyu“. soccernet.espn.go.com (15-iyun 2007-yil). 19-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2012-yil.
  9. „Han, Peng“. National-football-teams.com (22-avgust 2019-yil). Qaraldi: 22-avgust 2019-yil.
  10. „足协杯-麦克格文压哨绝杀 鲁能5-4舜天夺冠“. Sports.sina.com.cn (22-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 19-avgust 2019-yil.