Han Seung-yeon (1988- yil 24-iyulda tugʻilgan), Seungyeon nomi bilan mashhur, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U Janubiy Koreyaning Kara qizlar guruhining sobiq bosh vokalisti sifatida va Hello, My Twenties! filmidagi roli bilan tanilgan.

Han Seung-yeon
한승연
Tavalludi
Han Seung-yeon

24-iyul 1988-yil (1988-07-24) (35 yosh)
Seul, Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa
Faoliyat yillari 1993-hozirgacha

Faoliyati tahrir

Seungyeon 2007-yil 29-martda M! Countdown musiqiy dasturida Kara guruhining bosh vokalisti sifatida debyut qillgan.

U 2007-yildan 2008-yilgacha MSL Break koʻrsatuvini olib boruvchisi boʻlgan. U 2008-yil iyun oyida Kim Hye-sung va keyinchalik aktyor Kim Soo-hyun bilan Boys and Girls Music Countdown dasturining boshlovchisi sifatida faoliyat yuritgan va bu kasbini Girls' Generation guruhidagi Tiffani bilan almashtirgan.[1] 2008-yilning oktyabridan dekabrigacha I Need a Family nomli MBC Every 1 realiti-shousining 2-mavsumida aktyorlar tarkibiga kirgan, unda bir guruh mashhurlar ota, ona, oʻgʻil va qizdan iborat oiladek hayot kechirishi kerak. U, shuningdek, 2008-yil 21-noyabrda MBCning Section TV koʻngilochar yangiliklar shousining „pop muxbiri“ sifatida ishtirok etgan.

 
Han 2015-yil may oyida

2010-yilda u KBS2 telekanalining Mary Stayed Out All Night dramasi saundtreki uchun „Super Star“ qoʻshigʻini yozgan. Oʻsha yili u hamkasbi Kang Ji-yong bilan birga MBC Every1 telekanalining I Love Pet koʻrsatuvi boshlovchisi boʻlgan. 2011-yilda u SBS telekanalining Warrior Baek Dong-soo dramasi saundtreki uchun „Because of Love“ qoʻshigʻini yozgan. 2011-yil iyul oyida u SBS Animal Farm koʻrsatuvida boshlovchi sifatida ishtirok etgan.

2020-yil aprel oyida Han yangi YGX Entertainment agentligi bilan shartnoma tuzdi.[2]

2021-yilda Han Show Me the Ghost komediya qoʻrqinchli filmida Ye-ji rolida paydo boʻlgan. U 25-chi Bucheon xalqaro fantastik filmlar festivalidagi ijrosi uchun „Fantastik aktyor“ sifatida hakamlar hay’atining maxsus mukofotiga sazovor boʻlgan.[3]

Diskografiyasi tahrir

Mini-albom tahrir

Nom Albom tafsilotlari Grafikadagi eng yuqori pozitsiyalar Sotuv
KOR JPN
Uchuu
(宇宙)
  • Chiqarilgan: 2017-yil 18-yanvar (Yaponiya)
  • Leybl: Sony Music Records
  • Format: CD, Raqamli yuklab olish
15  JPN: 5657+ 
Aozora e(青空へ)
  • Chiqarilgan: 2019-yil 30-yanvar (Yaponiya)
  • Leybl: AKATSUKI
  • Format: CD, Raqamli yuklab olish

Qoʻshiqlar tahrir

Nom Yil Albom Havl.
"Nolleowa" (Come To Play) 2009 Nassun Happyface
"Tomorrow" Dugeundugeun Tomorrow [4]
"Talk About Love" 2014 albomsiz singl [5]

Manbalar tahrir

  1. „Kim Soo Hyun and Kara's Han Seung Yeon Co-MCs?“. enewsWorld (2012-yil fevral). 2017-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „한승연, YGX와 전속계약 체결…이수혁‧주우재와 한솥밥 [공식“]. Osen (14-aprel 2020-yil). Qaraldi: 14-aprel 2020-yil.
  3. Lee Mi-ji. „한승연 '쇼미더고스트' 9월 개봉확정..유니크 메인포스터 공개“ (ko). Herald POP. Naver (2-avgust 2021-yil). Qaraldi: 2-avgust 2021-yil.
  4. „Archived copy“ (ko). Mnet. 4-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyul 2015-yil.
  5. „Talk About Love – Single“. iTunes. Qaraldi: 14-iyul 2015-yil.

Havolalar tahrir