Hans Christian Andersen mukofoti

adabiy mukofot

Hans Christian Andersen mukofoti – International Board on Books for Young People (IBBY) tomonidan „bolalar adabiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun“ bitta muallif va bitta illyustratorning har biriga alohida topshiriladigan adabiy mukofot hisoblanadi[1]. Yozuvchiga beriladigan mukofot ilk bor 1956-yilda, illyustratsiya mukofoti esa 1966-yilda oʻz egasiga topshirilgan. Ushbu mukofotni koʻp hollarda „kichik Nobel“ deb atashadi.

Hans Christian Andersen mukofoti
Kimga topshiriladi Yozuvchilarga va illyustratorlarga
Kim tomonidan topshiriladi International Board on Books for Young People
Taqdirlash asosi Bolalar adabiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun
Holati Topshiriladi
Statistika
Birinchi taqdirlash 1956 (68 yil avval) (1956) – yozuvchilar uchun
1966 (58 yil avval) (1966) – illyustratorlar uchun

Har ikki mukofot XIX asrda yashab ijod qilgan daniyalik yozuvchi Hans Christian Andersen sharafiga nomlangan va har bir gʻolib Hans Christian Andersen medali va diplom bilan taqdirlanadi. Medallar ikki yilda bir marotaba oʻtkaziladigan IBBY kongressida topshiriladi.

Tarixi

tahrir

The International Board on Books for Young People (IBBY) 1950-yilda Jella Lepman tomonidan tashkil etilgan[2]. Hans Christian Andersen mukofotini joriy qilish 1953-yilda taklif qilingan va uch yildan soʻng, 1956-yilda ilk marotaba ushbu mukofot oʻz egasiga topshirilgan[3]. Mukofot Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda bolalar adabiyotiga oid sifatli kitoblar sonini koʻpaytirish va yozuvchilarni ragʻbatlantirish uchun joriy etilgan. Mukofot ikki yilda bir marotaba berilishi belgilangan va dastlab oldingi ikki yil davomida nashr etilgan asarlar uchun topshirilgan[4]. 1962-yilda mukofot egasini aniqlash mezonlari oʻzgargan. Unga koʻra, mukofot oʻz asarlarining qiymati bilan bolalar adabiyotiga doimiy hissa qoʻshib kelgan tirik muallifga berilishi koʻzda tutilgan. Muallifning toʻliq asarlari, xususan, badiiy asarlari ham mukofot topshirishda inobatga olinadi[5].

Hakamlar hayʼati

tahrir

Ushbu mukofot gʻoliblari IBBY ijroiya qoʻmitasi tomonidan tuzilgan hakamlar hayʼati tomonidan tanlanadi. Hakamlar hayʼati prezidenti IBBY bosh assambleyasi tomonidan saylanadi. Dastlab hakamlar soni 7 tani tashkil qilgan boʻlsa[5], 2000-yilda ular soni 10 taga yetgan. 2002-yilda hakamlar hayʼatida boʻlinish yuz bergan, yaʼni, 5 kishi asarlarga va qolgan 5 kishi illyustratsiyalarga javobgar qilib qoʻyilgan. Hakamlar hayʼati aʼzolari bolalar adabiyoti yoʻnalishida yetarli malakaga ega boʻlishi va turli xil guruhlarni ifodalashi kerak. Nomzodlarni koʻrib chiqish va gʻolibni aniqlash uchun odatda 6 oy muddat kerak boʻladi[6].

Jella Lepman 1956–1960-yillar davomida hakamlar hayʼati raisi sifatida faoliyat olib borgan va vafotiga qadar (1970-yil) IBBY prezidenti lavozimida, keyin esa uning faxriy prezidenti sifatida hakamlar hayʼati safiga kiritilgan. Prezidentlar safida Virginia Halivand (1970-1974), Patricia Crampton (1982-1986) va Ana Maria Machado (1986–1990) kabi taniqli insonlar ham ishlagan[7].


Asar uchun beriladigan mukofot sohiblari

tahrir
 
Eleanor Farjeon – 1956-yilgi ilk mukofot sohibasi
 
1970-yilgi mukofot sohibi – Gianni Rodari
 
2020-yilgi mukofot sohibasi – Jacqueline Woodson
Asar uchun beriladigan mukofot sohiblari[8]
Yili Gʻolib Mamlakat Mukofot
1956 Eleanor Farjeon (The Little Bookroom asari uchun)[4]   Buyuk Britaniya Gʻolib
1958 Astrid Lindgren (Rasmus på luffen asari uchun)[4]   Shvetsiya Gʻolib
1960 Erich Kästner (Als ich ein kleiner Junge war asari uchun)[4]   GFR Gʻolib
1962 Meindert DeJong   AQSh Gʻolib
1964 René Guillot   Fransiya Gʻolib
1966 Tove Jansson   Finlandiya Gʻolib
Karl Bruckner   Avstriya Maxsus eʼtirof
Gianni Rodari   Italiya Maxsus eʼtirof
José María Sánchez-Silva   Ispaniya Maxsus eʼtirof
1968 James Krüss   GFR Gʻolib
José María Sánchez-Silva   Ispaniya Gʻolib
Gianni Rodari   Italiya Maxsus eʼtirof
Elizabeth Coatsworth   AQSh Maxsus eʼtirof
1970 Gianni Rodari   Italiya Gʻolib
Ana María Matute   Ispaniya Maxsus eʼtirof
E. B. White   AQSh Maxsus eʼtirof
Ela Peroci   Yugoslaviya Maxsus eʼtirof
1972 Scott O'Dell   AQSh Gʻolib
Colette Vivier   Fransiya Maxsus eʼtirof
Otfried Preussler   GFR Maxsus eʼtirof
Ana María Matute   Ispaniya Maxsus eʼtirof
Maria Gripe   Shvetsiya Maxsus eʼtirof
Sergei Mikhalkov   SSSR Maxsus eʼtirof
Siny van Iterson   Niderlandiya
1974 Maria Gripe   Shvetsiya Gʻolib
Cecil Bødker   Daniya Maxsus eʼtirof
Colette Vivier   Fransiya Maxsus eʼtirof
Rosemary Sutcliff   Buyuk Britaniya Maxsus eʼtirof
1976 Cecil Bødker   Daniya Gʻolib
Agnija Barto   SSSR Maxsus eʼtirof
E. B. White   AQSh Maxsus eʼtirof
1978 Paula Fox   AQSh Gʻolib
Alan Garner   Buyuk Britaniya Maxsus eʼtirof
1980 Bohumil Říha   Chexoslovakiya Gʻolib
Lygia Bojunga Nunes   Braziliya Maxsus eʼtirof
Harry Kuliman   Shvetsiya Maxsus eʼtirof
1982 Lygia Bojunga Nunes   Braziliya Gʻolib
1984 Christine Nöstlinger   Avstriya Gʻolib
Patricia Wrightson   Avstraliya Maxsus eʼtirof
1986 Patricia Wrightson   Avstraliya Gʻolib
1988 Annie M. G. Schmidt   Niderlandiya Gʻolib
Claude Roy   Fransiya Maxsus eʼtirof
1990 Tormod Haugen   Norvegiya Gʻolib
Bjarne Reuter   Daniya Maxsus eʼtirof
1992 Virginia Hamilton   AQSh Gʻolib
María Elena Walsh   Argentina Maxsus eʼtirof
Houshang Moradi Kermani   Eron Maxsus eʼtirof
1994 Michio Mado   Yaponiya Gʻolib
1996 Uri Orlev   Isroil Gʻolib
1998 Katherine Paterson   AQSh Gʻolib
Brian Doyle   Kanada Finalist
Ruskin Bond   Hindiston Finalist
Alice Vieira   Portugaliya Finalist
Anne Fine   Buyuk Britaniya Finalist
2000 Ana Maria Machado   Braziliya Gʻolib
Ulf Stark   Shvetsiya Finalist
Peter Dickinson   Buyuk Britaniya Finalist
Lois Lowry   AQSh Finalist
2002 Aidan Chambers   Buyuk Britaniya Gʻolib
Bart Moeyaert   Belgiya Finalist
Bjarne Reuter   Daniya Finalist
2004 Martin Waddell   Irlandiya Gʻolib
Barbro Lindgren   Shvetsiya Finalist
Bjarne Reuter   Daniya Finalist
Joel Rufino dos Santos   Braziliya Finalist
Jürg Schubiger   Shveysariya Finalist
2006 Margaret Mahy   Yangi Zelandiya Gʻolib
Jon Ewo   Norvegiya Finalist
Peter Härtling   Germaniya Finalist
Philip Pullman   UK Buyuk Britaniya Finalist
Toon Tellegen   Niderlandiya Finalist
Eugene Trivizas   Gretsiya Finalist
2008 Jürg Schubiger   Shveysariya Gʻolib
Bartolomeu Campos de Queirós   Braziliya Finalist
Brian Doyle   Kanada Finalist
Guus Kuijer   Niderlandiya Finalist
David Almond   Buyuk Britaniya Finalist
2010 David Almond   Buyuk Britaniya Gʻolib
Ahmadreza Ahmadi   Eron Finalist
Bartolomeu Campos de Queirós   Braziliya Finalist
Lennart Hellsing   Shvetsiya Finalist
Louis Jensen   Daniya Finalist
2012 María Teresa Andruetto   Argentina Gʻolib
Paul Fleischman   AQSh Finalist
Bart Moeyaert   Belgiya Finalist
Jean-Claude Mourlevat   Fransiya Finalist
Bianca Pitzorno   Italiya Finalist
2014 Nahoko Uehashi   Yaponiya Gʻolib
Ted van Lieshout   Niderlandiya Finalist
Houshang Moradi Kermani   Eron Finalist
Mirjam Pressler   Germaniya Finalist
Renate Welsh   Avstriya Finalist
Jacqueline Woodson   AQSh Finalist
2016 Cao Wenxuan   Xitoy Gʻolib
Louis Jensen   Daniya Finalist
Ted van Lieshout   Niderlandiya Finalist
Mirjam Pressler   Germaniya Finalist
Lois Lowry   AQSh Finalist
2018 Eiko Kadono   Yaponiya Gʻolib
Marie-Aude Murail   Fransiya Finalist
Farhad Hassanzadeh   Eron Finalist
Joy Cowley   Yangi Zelandiya Finalist
Ulf Stark   Shvetsiya Finalist
2020 Jacqueline Woodson   AQSh Gʻolib
María Cristina Ramos   Argentina Finalist
Bart Moeyaert   Belgiya Finalist
Marie-Aude Murail   Fransiya Finalist
Farhad Hassanzadeh   Eron Finalist
Peter Svetina   Sloveniya Finalist
2022 Marie-Aude Murail[9]   Fransiya Gʻolib
María Cristina Ramos   Argentina Finalist
Fatima Sharafeddine   Livan Finalist
Peter Svetina   Sloveniya Finalist
Annika Thor   Shvetsiya Finalist
Margaret Wild   Avstraliya Finalist
2024[10] Heinz Janisch   Avstriya Gʻolib
Marina Colasanti   Braziliya Finalist
Lee Geum-yi   Janubiy Koreya Finalist
Bart Moeyaert   Belgiya Finalist
Timo Parvela   Finlandiya Finalist
Edward van de Vendel   Niderlandiya Finalist

Illyustratsiya uchun beriladigan mukofot sohiblari

tahrir
 
Farshid Mesghali – 1974-yilgi mukofot sohibi
 
Květa Pacovská – 1992-yilgi mukofot sohibasi
Illyustratsiya uchun beriladigan mukofot sohiblari[8]
Yil Gʻolib Mamlakat Mukofot
1966 Alois Carigiet    Shveysariya Gʻolib
Jiří Trnka   Chexoslovakiya Maxsus eʼtirof
Brian Wildsmith   Buyuk Britaniya Maxsus eʼtirof
1968 Jiří Trnka   Chexoslovakiya Gʻolib
Ib Spang Olsen   Daniya Maxsus eʼtirof
Brian Wildsmith   Buyuk Britaniya Maxsus eʼtirof
Roger Duvoisin   AQSh Maxsus eʼtirof
1970 Maurice Sendak   AQSh Gʻolib
Ib Spang Olsen   Daniya Maxsus eʼtirof
Ota Daihachi   Yaponiya Maxsus eʼtirof
Lidja Osterc   Yugoslaviya Maxsus eʼtirof
1972 Ib Spang Olsen   Daniya Gʻolib
Elizabeth Cleaver   Kanada Maxsus eʼtirof
Adolf Zábranský   Chexoslovakiya Maxsus eʼtirof
Janosch   GFR Maxsus eʼtirof
Petros Zambellis   Gretsiya Maxsus eʼtirof
Björn Berg   Shvetsiya Maxsus eʼtirof
Felix Hoffmann    Shveysariya Maxsus eʼtirof
1974 Farshid Mesghali   Eron Gʻolib
Helga Aichinger   Avstriya Maxsus eʼtirof
Nicole Claveloux   Fransiya Maxsus eʼtirof
Charles Keeping   Buyuk Britaniya Maxsus eʼtirof
1976 Tatjana Mawrina   SSSR Gʻolib
Ľudovít Fulla   Chexoslovakiya Maxsus eʼtirof
Svend Otto S.   Daniya Maxsus eʼtirof
1978 Svend Otto S.   Daniya Gʻolib
Leo & Diane Dillon   AQSh Maxsus eʼtirof
1980 Suekichi Akaba   Yaponiya Gʻolib
Tomi Ungerer   Fransiya Maxsus eʼtirof
Etienne Delessert    Shveysariya Maxsus eʼtirof
1982 Zbigniew Rychlicki   Polsha Gʻolib
1984 Mitsumasa Anno   Yaponiya Gʻolib
Helme Heine   GFR Maxsus eʼtirof
Raymond Briggs   Buyuk Britaniya Maxsus eʼtirof
1986 Robert Ingpen   Avstraliya Gʻolib
Adolf Born   Chexoslovakiya Maxsus eʼtirof
1988 Dušan Kállay   Chexoslovakiya Gʻolib
Yasuo Segawa   Yaponiya Maxsus eʼtirof
1990 Lisbeth Zwerger   Avstriya Gʻolib
1992 Květa Pacovská   Chexoslovakiya Gʻolib
1994 Jörg Müller    Shveysariya Gʻolib
1996 Klaus Ensikat   Germaniya Gʻolib
1998 Tomi Ungerer   Fransiya Gʻolib
Binette Schroeder   Germaniya Finalist
Dick Bruna   Niderlandiya Finalist
Stasys Eidrigevičius   Polsha Finalist
2000 Anthony Browne   Buyuk Britaniya Gʻolib
Rotraut Susanne Berner   Germaniya Finalist
Boris Diodorov   Rossiya Finalist
Maria Lucija Stupica   Sloveniya Finalist
2002 Quentin Blake   Buyuk Britaniya Gʻolib
Grégoire Solotareff   Fransiya Finalist
Rotraut Susanne Berner   Germaniya Finalist
Daihachi Ohta   Yaponiya Finalist
2004 Max Velthuijs   Niderlandiya Gʻolib
Rotraut Susanne Berner   Germaniya Finalist
Roberto Innocenti   Italiya Finalist
Javier Serrano   Ispaniya Finalist
Grégoire Solotareff   Fransiya Finalist
2006 Wolf Erlbruch   Germaniya Gʻolib
Lilian Brøgger   Daniya Finalist
Etienne Delessert    Shveysariya Finalist
Isol Misenta   Argentina Finalist
Grégoire Solotareff   Fransiya Finalist
Klaas Verplancke   Belgiya Finalist
2008 Roberto Innocenti   Italiya Gʻolib
Isol Misenta   Argentina Finalist
Svjetlan Junaković   Xorvatiya Finalist
Adolf Born   Chexiya Finalist
David Wiesner   AQSh Finalist
2010 Jutta Bauer   Germaniya Gʻolib
Carll Cneut   Belgiya Finalist
Etienne Delessert    Shveysariya Finalist
Svjetlan Junaković   Xorvatiya Finalist
Roger Mello   Braziliya Finalist
2012 Peter Sís   Chexiya Gʻolib
John Burningham   Buyuk Britaniya Finalist
Roger Mello   Braziliya Finalist
Mohammad Ali Beniasadi   Eron Finalist
Javier Zabala   Ispaniya Finalist
2014 Roger Mello   Braziliya Gʻolib
Rotraut Susanne Berner   Germaniya Finalist
John Burningham   Buyuk Britaniya Finalist
Eva Lindström   Shvetsiya Finalist
François Place   Fransiya Finalist
Øyvind Torseter   Norvegiya Finalist
2016 Rotraut Susanne Berner   Germaniya Gʻolib
Alessandro Sanna   Italiya Finalist
Suzy Lee   Janubiy Koreya Finalist
Marit Törnqvist   Niderlandiya Finalist
Pejman Rahimizadeh   Eron Finalist
2018 Igor Oleynikov   Rossiya Gʻolib
Pablo Bernasconi   Argentina Finalist
Linda Wolfsgruber   Avstriya Finalist
Xiong Liang   Xitoy Finalist
Iwona Chmielewska   Polsha Finalist
Albertine Zullo    Shveysariya Finalist
2020 Albertine Zullo    Shveysariya Gʻolib
Isabelle Arsenault   Kanada Finalist
Seizo Tashima   Yaponiya Finalist
Sylvia Weve   Niderlandiya Finalist
Iwona Chmielewska   Polsha Finalist
Elena Odriozola   Ispaniya Finalist
2022 Suzy Lee[11]   Janubiy Koreya Gʻolib
Beatrice Alemagna   Italiya Finalist
Ryoji Arai   Yaponiya Finalist
Iwona Chmielewska   Polsha Finalist
Gusti   Argentina Finalist
Sydney Smith   Kanada Finalist
2024[10] Sydney Smith   Kanada Gʻolib
Cai Gao   Xitoy Finalist
Iwona Chmielewska   Polsha Finalist
Nelson Cruz   Braziliya Finalist
Elena Odriozola   Ispaniya Finalist
Paloma Valdivia   Chili Finalist

Mamlakatlar boʻyicha gʻoliblar

tahrir

Gʻoliblarning aksariyat qismi Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari fuqarolaridir. Ushbu mintaqalardan tashqari mamlakatdan boʻlgan ilk gʻolib 1974-yilda eronlik Farshid Mesghali boʻlgan[12]. Mukofotga sazovor boʻlish muallif va illyustratorlar uchun butun dunyoga tanilish va asarlari keng miqyosda sotilishi uchun debocha hisoblanadi[13]. 2021-yil holatiga koʻra, 25 mamlakat fuqarolari ushbu mukofotga loyiq topilgan. Ular orasida amerikaliklar eng koʻp hisoblanadi. Nemislar toʻrt bora illyustratsiya yoʻnalishida mukofotga loyiq koʻrilgan.

Mamlakat Illyustratsiya uchun Asar uchun Umumiy
  AQSh 1 6 7
  Germaniya 4 2 6
  Yaponiya 2 3 5
  Buyuk Britaniya 2 3 5
  Chexoslovakiya 3 1 4
   Shveysariya 3 1 4
  Braziliya 1 2 3
  Daniya 2 1 3
  Fransiya 1 2 3
  Avstriya 1 2 3
  Avstraliya 1 1 2
  Italiya 1 1 2
  Niderlandiya 1 1 2
  Shvetsiya 2 2
  Argentina 1 1
  Kanada 1 1
  Xitoy 1 1
  Chexiya 1 1
  Finlandiya 1 1
  Isroil 1 1
  Eron 1 1
  Irlandiya 1 1
  Janubiy Koreya 1 1
  Yangi Zelandiya 1 1
  Norvegiya 1 1
  Ispaniya 1 1
  Polsha 1 1
  Rossiya 1 1
  SSSR 1 1

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Hans Christian Andersen Awards“.
  2. Glistrup 2002, s. 14.
  3. Ellis 1973, s. 20.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Glistrup 2002, s. 15.
  5. 5,0 5,1 Glistrup 2002, s. 16.
  6. Glistrup 2002, s. 17.
  7. „Hans Christian Award jury members“. Glistrup, ed., pp. 119–24. Retrieved 12 July 2013.
  8. 8,0 8,1 „Hans Christian Andersen Award“. International Board on Books for Young People. Qaraldi: 2024-yil 9-aprel.
  9. „Murail, Lee win 2022 Hans Christian Andersen Award“ (en-AU). Books+Publishing (2022-yil 22-mart). Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
  10. 10,0 10,1 Kantor, Emma „Bologna 2024: Heinz Janisch and Sydney Smith Win 2024 Hans Christian Andersen Awards“ (en-US). Publishers Weekly (2024-yil 9-aprel). Qaraldi: 2024-yil 9-aprel.
  11. „Murail, Lee win 2022 Hans Christian Andersen Award“ (en-AU). Books+Publishing (2022-yil 22-mart). Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
  12. Glistrup 2002, s. 19.
  13. Glistrup 2002, s. 20.

Adabiyotlar

tahrir