Hanyang universiteti (HYU) —— Janubiy Koreyaning Seul va Ansan shaharlarida joylashgan xususiy universitetdir[2] . Hanyang (hàngàn) soʻzi Choson sulolasi davrida ishlatilgan poytaxt Seulning sobiq nomidan kelib chiqqan[3]. Dastlab universitet 1939-yilda muhandislik maktabi sifatida tashkil etilgan. Hanyang muhandislik va arxitektura dasturlarini taklif qilgan mamlakatdagi birinchi universitet boʻlib,STEM sohalari boʻyicha yetakchi universitetlar qatorida turadi. Hanyang universiteti har yili 3,000 dan ortiq xalqaro talabalarni qabul qiladi va har yili 3,300 dan ortiq talabalarni chet elga oʻqish dasturlariga yuboradi.2018-yil holatiga koʻra Hanyang universiteti 76 mamlakatdan 777 ta hamkor universitetlarga ega edi[4] .

Hanyang universiteti
Asl nomi koreyscha: 한양대학교
Shiori Sevgi amalda va haqiqatdadir koreyscha: 사랑의 실천
Asos solingan 1939 (85 yil avval) (1939)
Oʻquv yurti turi xususiy
Rektori Kim Lyun-joon
Bakalavriat 25,155[1]
Magistratura 9,506[1]
Vebsayti www.hanyang.ac.kr

Koordinatalari: 37°33′23.000004000003″N 127°2′39.999984000024″E / 37.55638889000000091°N 127.04444444000000658°E / 37.55638889000000091; 127.04444444000000658 G O

Tarixi tahrir

Hanyang universiteti 1939-yil 1-iyulda, Yaponiya bosqini davrida Dong-A muhandislik instituti sifatida tashkil etilgan. Dong-A instituti Seulning Jongno tumanida 630 nafar talaba va 35 nafar professor-oʻqituvchilar bilan ish boshlagan.1941-yil may oyida institut boshqa joyga koʻchirilgan .1943-yilda Koreya hali ham Yaponiya mustamlakasi ostida boʻlganligi sababli institut yangi talabalarni qilishdan toʻxtatilgan. Bu 1944-yil 15-martda maktabning vaqtincha yopilishiga olib keldi[5][6]. 1945-yil avgustda davlat mustaqilligi tiklangach, Dong-A instituti nomini Milliy muhandislik instituti deb oʻzgartirgan. Institut asoschisi doktor Kim Lyun-Jun Koreyani qayta qurishda sanoat taraqqiyotining muhimligini oldindan bilgan va Hnyang universitetini sud va akademik organ sifatida tashkil etgan.1948-yil iyul oyida universitet Koreyadagi birinchi toʻrt yillik muhandislik oliygohi sifatida akkreditatsiyadan oʻtkazildi.

Reytingi tahrir

2017-yil Joongang Ilbo jurnali reytingida usitetining Seul kampusi mamlakatda 3-oʻrinni, ERICA kampusi esa 9-oʻrinni egalladi[7]. Koreya iqtisod va muhandislik maktablarini baholash reytingiga koʻra Hanyang universiteti muhandislik yoʻnalishida mamlakatda birinchi oʻrinni egalladi. Korea Economic Daily va Global Research nashri bilan hamkorlikda oʻtkazilgan „2016-yilda muhandislik maktabini baholash“da Hanyang universiteti 299 ball toʻplagan holda 1-oʻrinni egalladi. Hanyang universiteti sanoat va universitet hamkorligi, texnologiyalarni tijoratlashtirish, startaplarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, taʼlim va tadqiqot sifati boʻyicha mamlakatdagi 50 ta maktab orasida eng yuqori ballni qoʻlga kiritdi[8].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „University at a Glance“. Hanyang University. 2023-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-sentyabr.
  2. „Hanyang Univ, Erica Campus introduction“. hanyang University. 2017-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-may.
  3. „Former name of Seoul“. Encyclopædia Britannica (2009). 2015-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-sentyabr.
  4. „Hanyang at a Glance 2018“. Hanyang University. 2018-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-sentyabr.
  5. „Hanyang University Chronology“. Hanyang University. 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-mart.
  6. „Hanyang University History“. Hanyang University. 2017-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-mart.
  7. „대학평가 종합 TOP 5... 연대·고대 제친 2,3위는“ (ko). 중앙일보 (2017-yil 23-oktyabr). 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-may.
  8. „Hanyang University Ranked First in 2016 Engineering School Assessment“ (2016-yil 8-iyun). 2018-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-oktyabr.

Havolalar tahrir