Haris Duljević (talaffuzi: Xaris Dulevich; 1993-yil 16-noyabrda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, 2.Bundesliga klubi Hansa Rostock va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida yarim himoyachi.

Haris Duljević
Duljević Dynamo Dresdenda, 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Haris Duljević
Tavallud sanasi 16-noyabr 1993-yil (1993-11-16) (30 yosh)
Tavallud joyi Sarajevo, Bosniya va Gersegovina
Boʻyi 1.85 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hansa Rostock
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Novi Grad Sarajevo
2009—2011 Olimpic
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011 Čelik Zenica 4 (0)
2011—2014 Olimpic 50 (5)
2014—2017 Sarajevo 76 (7)
2017—2019 Dynamo Dresden 53 (3)
2019—2021 Nîmes 34 (0)
2021- Hansa Rostock 32 (0)
Milliy terma jamoa
2012—2014 Bosniya va Gersegovina U21 12 (1)
2016- Bosniya va Gersegovina 28 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-noyabr 2022-yil uchun)

Duljević professional faoliyatini NK Čelik Zenicada boshlagan. 2011-yilda Olimpicga qoʻshilgan. Uch yildan soʻng Sarajevoga oʻtdi. 2017-yilda Dresdenning „Dynamo“siga oʻtdi. Ikki yil oʻtgach, Duljević Nîmes Olympiquega qoʻshildi. 2021-yilda Hansa Rostock bilan shartnoma imzoladi.

Duljević 2016-yilda Bosniya va Gersegovina terma jamoasidagi debyutini oʻtkazgan va shundan keyin 20 dan ortiq oʻyinda maydonga tushdi.

Klublardagi faoliyati tahrir

Ilk faoliyati tahrir

Duljević 2009-yilda mahalliy „Olimpic“ klubining yoshlar tarkibiga qoʻshilgan. 2011-yil 10-aprelda 17 yoshida NK Čelik Zenica jamoasida professional debyut qilgan[2].

2012-yil mart oyida Olimpicga qaytdi[3]. 2013-yilning 6-aprelida FK Velež Mostar darvozasiga birinchi professional golini kiritdi[4].

Sarajevo tahrir

2014-yilning aprelida Duljević 3 yillik shartnoma asosida Sarajevoga oʻtdi[5]. 17-iyul kuni UEFA Yevropa ligasi saralash doirasida „Haugesund“ga qarshi oʻyinda jamoa safida debyut qildi[6]. 7-avgust kuni Sarajevodagi birinchi golini Atromitos darvozasiga kiritdi[7]. Oradan 3 kun oʻtib, chempionatdagi debyutini „Borac Banja Luka“ga qarshi oʻtkazdi va gol urishga muvaffaq boʻldi[8]. 2014—2015-yilgi mavsum soʻnggida liga chempioni boʻlishgan[9].

Noyabr oyida Duljević jamoa sardori etib tayinlandi[10].

Dynamo Dresden tahrir

2017-yilning avgustida Duljević Germaniyaning „Dynamo Dresden“ jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[11]. Klubdagi debyutini 27-avgust kuni VfL Bochumga qarshi oʻtkazdi[12]. 27-noyabr kuni Dresdenning „Dynamo“ jamoasidagi birinchi golini „Fortuna Düsseldorf“ga kiritdi, jamoa gʻalaba qozondi[13].

Nimes tahrir

2019-yil iyul oyida Duljević nomaʼlum toʻlov evaziga „Nimes“ jamoasiga oʻtdi[14]. 11-avgust kuni „PSG“ga qarshi oʻyinda rasman debyut qildi[15].

Hansa Rostock tahrir

Sentyabr oyida Duljević ikki yillik shartnoma asosida FC Hansa Rostockga oʻtdi[16]. 25-sentabr kuni „Schalke 04“ga qarshi oʻyinda debyut qildi[17].

Xalqaro faoliyati tahrir

Duljević Vlado Jagodić boshchiligida 21 yoshgacha boʻlgan Bosniya va Gersegovina terma jamoasi aʼzosi boʻlgan[18].

2016-yilning mart oyida Lyuksemburg va Shveysariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga ilk marta chaqiruv oldi[19]. 25-mart kuni Lyuksemburgga qarshi oʻyinda debyut qildi[20].

2018-yilning 8-sentabrida Shimoliy Irlandiyaga qarshi UEFA Millatlar ligasining 2018—2019-yilgi oʻyinida Duljević terma jamoadagi birinchi golini urdi[21].

Shaxsiy hayoti tahrir

Duljević 2019-yil iyul oyida uzoq yillik sevgilisi Saraga uylandi. Ularning ikkita farzandi bor: Uma ismli qizi va Džan ismli oʻgʻli[22].

Faoliyat statistikasi tahrir

12-noyabr, 2022-yilgi holat boʻyicha[23]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Čelik Zenica 2010—2011 Bosniya Premyer-ligasi 4 0 0 0 - - 4 0
Olimpic 2011—2012 Bosniya Premyer-ligasi 5 0 0 0 - - 5 0
2012—2013 Bosniya Premyer-ligasi 25 1 5 0 - - 30 1
2013—2014 Bosniya Premyer-ligasi 20 4 1 1 - - 21 5
Jami 50 5 6 1 - - 56 6
Sarajevo 2014—2015 Bosniya Premyer-ligasi 24 3 4 1 - 6[lower-alpha 1] 2[lower-alpha 2] 34 6
2015—2016 Bosniya Premyer-ligasi 26 3 4 0 - 2[lower-alpha 3] 0 32 3
2016—2017 Bosniya Premyer-ligasi 26 1 5 1 - - 31 2
Jami 76 7 13 2 - 8 2 97 11
Dynamo Dresden 2017—2018 2. Bundesliga 28 2 1 0 - - 29 2
2018—2019 2. Bundesliga 25 1 1 1 - - 26 2
Jami 53 3 2 1 - - 55 4
Nîmes 2019—2020 Ligue 1 14 0 1 0 2 0 - 17 0
2020—2021 Ligue 1 20 0 1 1 - - 21 1
Jami 34 0 2 1 2 0 - 38 1
Hansa Rostock 2021—2022 2. Bundesliga 23 0 0 0 - - 23 0
2022—2023 2. Bundesliga 9 0 1 0 - - 10 0
Jami 32 0 1 0 - - 33 0
Jami faoliyati 249 15 24 5 2 0 8 2 283 22
  1. appearances in UEFA Europa League qualifying
  2. goals in UEFA Europa League qualifying
  3. appearances in UEFA Champions League qualifying

Xalqaro tahrir

26-sentyabr, 2022-yilgi holat boʻyicha[24]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Bosniya va Gersegovina 2016 5 0
2017 3 0
2018 9 1
2019 6 0
2020 0 0
2021 2 0
2022 3 0
Jami 28 1
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Bosniya va Gersegovinaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Duljevićning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.
Haris Duljević tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2018-yil 8-sentyabr Windsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya 13   Shimoliy Irlandiya 1-0 2-1 2018—2019 UEFA Millatlar ligasi

Yutuqlari tahrir

Sarajevo

Manbalar tahrir

  1. „Haris Duljevic“ (olmoncha). fc-hansa.de. Qaraldi: 15-iyul 2022-yil. [sayt ishlamaydi]
  2. „Haris Duljević, otkrovenje sezone: U Njemačkoj traže potpis na sve“ (Bosnian). radiosarajevo.ba (2-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 5-oktabr 2017-yil.
  3. „Haris Duljević potpisao ugovor s Olimpicom“ (Bosnian). klix.ba (28-mart 2012-yil). Qaraldi: 30-mart 2012-yil.
  4. „Velež odnio bod sa Otoke“ (Bosnian). sportsport.ba (6-aprel 2013-yil). Qaraldi: 8-aprel 2013-yil.
  5. „Službeno: Haris Duljević tri godine u Sarajevu“ (Bosnian). sportsport.ba (28-aprel 2014-yil). Qaraldi: 1-may 2014-yil.
  6. „Hladan tuš na Koševu: Haugesund kući pjevajući“ (Bosnian). sportsport.ba (17-iyul 2014-yil). Qaraldi: 19-iyul 2014-yil.
  7. „Najljepša bordo priča traje: Sarajevo izbacilo Atromitos!“ (Bosnian). sportsport.ba (7-avgust 2014-yil). Qaraldi: 10-avgust 2014-yil.
  8. „Sarajevo protutnjalo Banja Lukom, tri gola u mreži Borca“ (Bosnian). klix.ba (10-avgust 2014-yil). Qaraldi: 11-avgust 2014-yil.
  9. „Sarajevo novi prvak BiH, Željezničaru samo bod na Bilinom polju“ (Bosnian). klix.ba (30-may 2015-yil). Qaraldi: 1-iyun 2015-yil.
  10. „Priznanje za Duljevića: Sarajevo ima novog kapitena!“ (Bosnian). oslobodjenje.ba (1-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2015-yil.
  11. „Zvanično: Haris Duljević novi igrač Dynama iz Dresdena“ (Bosnian). avaz.ba (4-avgust 2017-yil). Qaraldi: 5-avgust 2017-yil.
  12. „Duljević debitovao u porazu Dresdena“ (Bosnian). sportsport.ba (27-avgust 2017-yil). Qaraldi: 28-avgust 2017-yil.
  13. „Duljević postigao fenomenalan gol u pobjedi Dynamo Dresdena“ (Bosnian). scsport.ba (27-noyabr 2017-yil). 2017-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-noyabr 2017-yil.
  14. „Haris Duljević novi igrač Nîmesa“ (Bosnian). reprezentacija.ba (30-iyul 2019-yil). Qaraldi: 1-avgust 2019-yil.
  15. „PSG laganom pobjedom otvorio novu sezonu, debitovao Haris Duljević“ (Bosnian). scsport.ba (11-avgust 2019-yil). 2019-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust 2019-yil.
  16. „Haris Duljević potpisao za Hansu Rostock!“ (Bosnian). sportsport.ba (10-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2021-yil.
  17. „Haris Duljević debitovao za novi klub, neće prvi nastup pamtiti po dobrom“ (Bosnian). oslobodjenje.ba (25-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 25-sentabr 2021-yil.
  18. „Haris Duljević: Zahvalan sam selektoru Baždareviću i njegovim pomoćnicima“ (Bosnian). reprezentacija.ba (18-mart 2016-yil). Qaraldi: 20-mart 2016-yil.
  19. „Baždarević objavio spisak za utakmice protiv Luksemburga i Švicarske“ (Bosnian). radiosarajevo.ba (15-mart 2016-yil). Qaraldi: 17-mart 2016-yil.
  20. „Zmajevi slomili otpor Luksemburga u drugom poluvremenu i slavili sa 3:0“ (Bosnian). klix.ba (25-mart 2016-yil). Qaraldi: 25-mart 2016-yil.
  21. „Uzaludna dominacija Sjeverne Irske, Duljević i Sarić pokorili Belfast!“ (Bosnian). sportsport.ba (8-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 8-sentabr 2018-yil.
  22. „Povremeni reprezentativac Bosne i Hercegovine objavio prekrasnu vijest“ (Bosnian). oslobodjenje.ba (16-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 19-noyabr 2021-yil.
  23. „H. Duljević“. soccerway.com. Qaraldi: 12-noyabr 2022-yil.
  24. „Haris Duljević“. eu-football.info. Qaraldi: 26-sentabr 2022-yil.