Harry Edward Kane
Harry Edward Kane (talaffuzi: Garri Edvard Keyn; 1993-yil 28-iyulda Angliyada tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, „Tottenham Hotspur“ futbol klubida hujumchi va Angliya terma jamoasi sardori. Britaniya imperiyasi ordeni sohibi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Harry Edward Kane[1] | ||
Tavallud sanasi | 28-iyul 1993-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Walthamstow, London, Angliya | ||
Boʻyi | 6 feet 2 inches (1.88 m)[3] | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Tottenham Hotspur | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1999—2001 | Ridgeway Rovers | ||
2001—2002 | Arsenal | ||
2002—2004 | Ridgeway Rovers | ||
2004 | Watford | ||
2004-2009 | Tottenham Hotspur |
Xalqaro faoliyati tahrir
2010-yilning yanvar oyida Harry Kane Portugaliyada boʻlib oʻtadigan yoshlar turniriga Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan[4]. Keyinchalik u 19 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasiga qoʻshilgan va 2010-yil 8-oktyabrda albanlar darvozasiga ikki marta gol urgan[5]. Kane Angliya terma jamoasining 2012-yilning iyulida Estoniyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatining yarim finaliga chiqishida katta hissa qo‘shgan. Shunday qilib, hujumchi Fransiya terma jamoasining guruh bosqichida hal qiluvchi golni kiritgan va bu turnirning pley-off bosqichiga oʻtishni taʼminlagan.
2013-yilning 28-mayida Kane Angliya U20 terma jamoasining 2013-yilgi tengdoshlar kubogi tarkibiga kiritilgan. U 16-iyun kuni Urugvayga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Iroqqa qarshi oʻyinda golga assistentlik qilgan. Va Chiliga qarshi oʻyinda gol urgan.
2013-yil 13-avgustda Kane Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida debyut qilgan, Shotlandiyaga qarshi oʻyinda 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi 2015-yilgi Yevropa chempionati saralashida ham ishtirok etgan. 2015-yil 28-martda u Litvaga qarshi oʻyinda Angliya asosiy jamoasi safida debyut qilgan, 72-daqiqada Wayne Rooney oʻrniga maydonga tushgan va 73-daqiqadayoq terma jamoadagi ilk golini urgan[6]. Kane uchun birinchi yirik turnir EURO-2016 boʻlgan, ammo turnir inglizlar uchun omadsiz kechgan va Kane hech qanday tarzda oʻzini koʻrsata olmagan.
JCh-2018 boshlanishidan oldin u ushbu turnir uchun Angliya terma jamoasi sardori etib saylangan. U oltita gol urib, turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylangan.
Statistika tahrir
Jamoa | Mavsum | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Angliya | 2015 | 8 | 3 |
2016 | 9 | 2 | |
2017 | 6 | 7 | |
2018 | 12 | 8 | |
2019 | 10 | 12 | |
2020 | 6 | 0 | |
2021 | 16 | 16 | |
2022 | 12 | 4 | |
Jami | 79 | 52 |
Manbalar tahrir
- ↑ Andoza:Hugman
- ↑ „Harry Kane“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2017-yil 6-dekabr.
- ↑ „Harry Kane: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
- ↑ „U17 squad announced“. Thefootballnetwork.net (2010-yil 23-yanvar). 2010-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-sentyabr.
- ↑ „England U19 6 Albania U19 1“. england-mad.co.uk (2010-yil 8-oktyabr). 2012-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-sentyabr.
- ↑ „England 4-0 Lithuania“ (en). BBC Sport (2015-yil 27-mart). 2015-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-mart.