Harry S. Truman
Harry S. Truman[1] (talaffuzi: Harri Trumen; 8-may 1884-yil — 26-dekabr 1972-yil) — 1945-yildan 1953-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 33-prezidenti lavozimini bajargan. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Truman bungacha 1935-yildan 1945-yilga qadar Missouri shtatidan senator vazifasida faoliyat yuritgan. 1944-yilgi prezidentlik saylovlarida u prezident Franklin D. Rooseveltning yordamchisi oʻlaroq qatnashib, gʻalaba qozondi va 1945-yili vitse-prezident lavozimiga kirishdi. U bu lavozimda Rooseveltning vafoti tufayli taxminan toʻrt oygina faoliyat yuritdi. Prezident oʻlaroq Truman Gʻarbiy Yevropa iqtisodiyotini qayta tiklash boʻyicha Marshall rejasini amalga oshirdi hamda kommunizmning kengayishini toʻxtatish uchun Truman doktrinasi va NATOni tashkil etdi. U koʻplab liberal ichki islohotlarni taklif qildi, ammo Konservativ Koalitsiya koʻpchilikni tashkil qilgan Kongressda ularning bir nechtasigina qabul qilindi.
Harry S. Truman | |
---|---|
Rasmiy portret (tax. 1947) | |
33-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti | |
Mansab davri 12-aprel 1945-yil – 20-yanvar 1953-yil | |
Vitse-prezident |
|
Oʻtmishdoshi | Franklin D. Roosevelt |
Vorisi | Dwight Eisenhower |
34-Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidenti | |
Mansab davri 20-yanvar 1945-yil – 12-aprel 1945-yil | |
Prezident | Franklin D. Roosevelt |
Oʻtmishdoshi | Henry A. Wallace |
Vorisi | Alben W. Barkley |
AQSh senatori (Missouridan) | |
Mansab davri 3-yanvar 1935-yil – 17-yanvar 1945-yil | |
Oʻtmishdoshi | Roscoe C. Patterson |
Vorisi | Frank P. Briggs |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
8-may 1884-yil Lamar, Missouri), AQSh |
Vafoti |
26-dekabr 1972-yil (88 yoshda) Kansas City, Missouri, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Siyosiy partiyasi | Demokratlar partiyasi |
Boʻyi | 175 sm |
Turmush oʻrtogʻi |
Bess Wallace (turm. 1919) |
Bolalari | Margaret Truman |
Ota-onasi |
|
Kasbi |
|
Imzosi |
Truman Missouri shtatining Independence shahrida ulgʻaygan. Birinchi jahon urushi davomida kapitan sifatida Fransiyada jang qilgan. Uyga qaytgach, Missouri shtatining Kansas shahrida kiyim-kechaklar sotiladidan doʻkon ochdi. 1922-yilda Jackson okrugi rasmiysi etib saylandi. Truman 1934-yilda Missouri shtatidan senator etib saylandi hamda Truman qoʻmitasi raisi oʻlaroq obroʻ qozondi. Prezidentlik lavozimiga kirishganiga koʻp boʻlmay, u Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlash haqida buyruq berdi. U 1948-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashdi va gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylandi.
Dastlabki hayoti
tahrirTruman Missouri shtatining Lamar shaharida 1884-yilning 8-mayida dunyoga kelgan. Otasi John Anderson Truman, onasi esa Martha Ellen Young Truman boʻlib, Truman oilada toʻngʻich farzand boʻlgan. Uning ismi togʻasi Harrison „Harry“ Young sharafiga qoʻyilgan. Uning ikkinchi ismi bosh harfi boʻlmish „S“ otasi va onasi tarafdan bobolari — Anderson Shipp Truman va Solomon Young sharafiga qoʻyilgan.[2] Harrydan keyin ukasi John Vivian, keyin esa singlisi Mary Jane dunyoga kelgan.[3] Truman ingliz, shotland, irland, olmon va fransuz kelib chiqishga egadir.[4][5]
Harryning otasi John Truman fermer va ot-ulov dilleri boʻlgan. Oila Lamar shahrida yashashgan, Harry oʻn yoshligida esa Missouri shtatining Harrisonville shahri yaqinidagi fermaga koʻchib oʻtishadi. Keyinchalik, oila Belton shahriga koʻchib oʻtishdi. 1887-yilga kelib, Grandview shahridagi bobo-buvisining 200 gektarlik (600 akrlik) fermasiga koʻchib oʻtishdi.[6] Truman olti yoshligida ota-onasi Missouri shtatining Independence shahriga koʻchib oʻtishdi.[7] Independence shahrida yashayotgan paytda, Harry yahudiy qoʻshnilari uchun shabosgey sifatida xizmat qildi.[8][9][10]
Vafoti
tahrir1972-yilning 5-dekabrida Truman Kansas shahridagi shifoxonaga pnevmoniya bilan yotqizildi. Unda koʻplab organlar yetishmovchiligi kuzatilib, koma holatiga tushdi. 26-dekabr soat 7:50 da 88 yoshida vafot etdi.[11][12]
Manbalar
tahrir- ↑ „Use of the Period After the "S" in Harry S. Truman's Name“. Harry S. Truman Library & Museum. Qaraldi: 13-aprel 2021-yil.
- ↑ McCullough 1992, s. 37.
- ↑ McCullough 1992, ss. 27, 37.
- ↑ Niel Johnson; Verna Gail Johnson „Rooted in History: The Genealogy of Harry S. Truman“. Harry S. Truman Library – Genealogy (1999). Qaraldi: 6-may 2018-yil..
- ↑ „Ulster-Scots and the United States Presidents“. Ulster Scots Agency. Qaraldi: 12-iyul 2010-yil.
- ↑ Truman Library, Birth 2012.
- ↑ McCullough 1992, ss. 37, 77, 1112.
- ↑ Harry S. Truman, the State of Israel, and the Quest for Peace in the Middle East. Truman State Univ Press, 2009 — 93-bet. ISBN 978-1-935503-80-4.
- ↑ Mid-America's Promise: A Profile of Kansas City Jewry. Jewish Community Foundation of Greater Kansas City, 1982 — 33-bet.
- ↑ San Francisco Jewish Bulletin, Volume 129. Jewish Community Publications (1979), s. v.
- ↑ „6:00 p.m.“. CBS Radio News. CBS (25-dekabr 1972-yil). 14-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-dekabr 2017-yil.
- ↑ Truman Library 2012i.
Oʻqish uchun
tahrir- Burnes, Brian. Harry S. Truman: His Life and Times. Kansas City, MO: Kansas City Star Books, 2003. ISBN 978-0-9740009-3-0.
- Dallek, Robert. Harry S. Truman. New York: Times Books, 2008. ISBN 978-0-8050-6938-9.
- Daniels, Jonathan. The Man of Independence. University of Missouri Press, 1998. ISBN 0-8262-1190-9.
- Donovan, Robert J.. Tumultuous Years: 1949–1953. New York: W. W. Norton, 1983. ISBN 978-0-393-01619-2.
- Ferrell, Robert H.. Harry S. Truman: A Life. Columbia, MO: University of Missouri Press, 1994. ISBN 978-0-8262-1050-0.
- Harry S. Truman and the Fair Deal. Lexington, MA: D. C. Heath & Co, 1974. ISBN 978-0-669-87080-0.
- Hamby, Alonzo L.. Man of the People: A Life of Harry S. Truman. Oxford: Oxford University Press, 1995. ISBN 978-0-19-504546-8.
- Judis, John B.. Genesis: Truman, American Jews, and the Origins of the Arab/Israeli Conflict. New York: Farrar, Straus & Giroux, 2014. ISBN 978-0-374-16109-5.
- Freeland, Richard M.. The Truman Doctrine and the Origins of McCarthyism. New York: Alfred A. Knopf, 1970. ISBN 978-0-8147-2576-4.
- Giglio, James N.. Truman in Cartoon and Caricature. Kirksville, Missouri: Truman State University Press, 2001. ISBN 978-0-8138-1806-1.
- Kirkendall, Richard S.. Harry S. Truman Encyclopedia. Boston: G. K. Hall Publishing, 1989. ISBN 978-0-8161-8915-1.
- McCoy, Donald R.. The Presidency of Harry S. Truman. Lawrence, KS: University Press of Kansas, 1984. ISBN 978-0-7006-0252-0.
- McCullough, David. Truman. New York: Simon & Schuster, 1992. ISBN 978-0-671-86920-5.
- Margolies, Daniel S. ed. A Companion to Harry S. Truman (2012); 614pp; emphasis on historiography; see Sean J. Savage, "Truman in Historical, Popular, and Political Memory," pp 9–25. excerpt
- Miller, Merle. Plain Speaking: An Oral Biography of Harry S. Truman. New York: Putnam Publishing, 1974. ISBN 978-0-399-11261-4.
- Mitchell, Franklin D.. Harry S. Truman and the News Media: Contentious Relations, Belated Respect. Columbia, MO: University of Missouri Press, 1998. ISBN 0-8262-1180-1.
- Oshinsky, David M. „Harry Truman“, . The American Presidency. Boston: Houghton Mifflin, 2004. ISBN 978-0-618-38273-6.
- Pietrusza, David. 1948: Harry Truman's Improbable Victory and the Year That Transformed America. New York: Union Square Press, 2011. ISBN 978-1-4027-6748-7.
- Scarborough, Joe. Saving Freedom. New York: Harper Collins, 2020.
Havolalar
tahrirVikiomborda Harry S. Truman haqida turkum mavjud |
- Harry S. Truman kutubxonasi va muzeyi (ingl.)
- Harry S Truman National Historic Site (ingl.)
- Oq uy biografiyasi (ingl.)