Harvard maktabi
Harvard biznes maktabi, Gʻarb mamlakatlari siyosiy-iqtisodida Birinchi jahon urushidan soʻng vujudga kelgan yoʻnalish. Statistik va matematik tahlil usullarini qoʻllagan holda iqtisodiy sikl tabiati va xoʻjalik konstrukturasini oʻrganish bilan shugʻullangan. 1917-yilda AQShning Harvard universiteti qoshida tashkil etilgan Iqtisodiy tadqiqotlar qoʻmitasi negizida shakllandi. Uning taniqli vakillaridan biri — W. Mitchell. Harvard maktabi iqtisodiy tushkunlik kuchaygan davrda, iqtisodiy boʻxtonlarni bartaraf etish vositalarini izlash muhim muammoga aylangan sharoitlarda yuzaga keldi. 20-asrda Harvard maktabi qarashlari Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Polsha kabi davlatlarda keng tarqaldi (20-yillarda bu mamlakatlarda iqtisodiy bashorat maqsadlarida statistik materiallarni oʻrganadigan konstruktura institutlari tashkil etilgan). Harvard maktabi obyektiv iqtisodiy qonunlarni inkor etishga olib keladigan "inqirozsiz sikl" gʻoyasini ilgari surdi. Harvard maktabi qarashlariga koʻra, iqtisodiy yuksalish va inqirozlarning asosiy sababi pul tizimidagi oʻzgarishlar boʻlib, pul tizimi faoliyatini tartibga solish bilan iqtisodiy inqirozlarning oldini olish mumkin.
Hozirda Gʻarb siyosiy iqtisodiyotida Harvard maktabining inqirozlarni bartaraf etish mumkinligi, bu maqsadlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va boshqariladigan kapitalizm nazariyasi gʻoyalari keng yoyilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |