Hasan Joʻrayev
Hasan Joʻrayev (1906-yil Toshkentda tug‘ilgan — 1954-yil Stalinobod, Tojikiston SSRda vafot etgan) — sovet partiya yetakchisi, O‘zbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi (1952 — 1954-yillarda).
Hasan Joʻrayev | |
---|---|
O‘zbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi- | |
Mansab davri 1952 – 1954-yillarda | |
Oʻtmishdoshi | Nuritdin Akramovich Muhitdinov |
Vorisi | Siroj Nuritdinov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1906-yil Тoshkent |
Vafoti |
1954-yil Stalinobod, Tojikiston SSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirHasan Joʻrayev 1906-yil Toshkentda dehqon oilasida dunyoga kelgan. 1924-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (РКП (б)) aʼzosi hisoblangan.
Joʻrayev mehnat faoliyatini 1918-yilda Qoʻqonda temiryoʻlchi sifatida boshlagan. 1922 — 1925 yillarda Eski Buxoro stansiyasida qorovul boʻlib ishlagan.
- 1925 — 1927-yillarda Eski Buxoro shahridagi partiya maktabi o‘quvchisi;
- 1927 — 1929-yillarda Tojikiston Kompartiyasi Qashqadaryo okrug qoʻmitasi targʻibotchisi sifatida olib borgan.
- 1929 — 1931-yillarda esa Tojikiston SSRning Ko‘lob va Garm shaharlarida Qizil Armiya safida xizmat qilgan.
- 1931-1932-yillarda Tojikiston Kompartiyasi Hoyit (hozirda Rasht tumaniga kiruvchi mahalla maqomiga olingan) tuman qo‘mitasi mas’ul kotibi;
- 1933 — 1940-yillarda Stalinoboddagi O‘quv va ishlab chiqarish zavodi (UPKM) inspektori;
- 1940 — 1942-yillarda Tojikiston Kommunistik partiyasi Dushanbe tuman qoʻmitasi birinchi kotibi;
- 1947-yilda — Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Toshkent viloyatqoʻmitasining birinchi kotibi;
1952 — 1954-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi vazifalarida faoliyat yuritgan.