Hasan Kofiy Prushchak
Hasan Kofiy Prushchak (1544-yil noyabr/dekabr – 1615-yil 9-oktyabr) bosniyalik hanafiy olimi, faylasuf, tarixchi, yozuvchi, shoir, moturidiy ilohiyotchisi, filolog hamda Bosniya va Istanbulda tahsil olgan “qozi” (qozi) edi. “Oqhisoriy” va “Bosnaviy” nisbalari bilan ham tanilgan[3][4]. U XVI asr va XVII asr boshlarida mintaqa ilmiy, madaniy va intellektual hayotining eng muhim arbobi, shuningdek, bosniyalik eng taniqli mutafakkirlardan biri hisoblanadi[5].
Hasan Kofiy Prushchak | |
---|---|
Tavalludi |
1544[1] Prusak, Bosniya |
Vafoti |
1615[2] Prusak, Bosniya |
Kasbi | Faylasuf, tarixchi, yozuvchi, shoir, moturidiy ilohiyotchisi |
Dini | Islom, hanafiy moturidiy |
Tavalludi
tahrir1544-yilda Prusak (Oqhisor)da tugʻilgan, Istanbulda tahsil olgan, 1583-yildan Prusak qozisi boʻlgan[6][7].
Asarlari
tahrir“Usul al-hikam fi nizom al-olam” (Olam nizomi haqidagi hikmat asoslari) asari uning oʻn yettita asari ichida eng muhimi hisoblanadi. Bu asarda Prushchak oʻsha davrdagi Usmonli imperiyasining asosiy masalalarini koʻrib chiqadi. Asarning maqsadi: “hukmdorlarga yordam berish, vazirlarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, donolarga namuna boʻlish va kambagʻallarga madad boʻlish” edi[8]. U, shuningdek, kalom boʻyicha “Ravzot al-jannat”, “Azhor ar-ravzot”, “Nur al-yaqin fi usul ad-din”, fiqh boʻyicha “Samt al-vusul”, “Sayf al-quzot”, biografik janrda “Nizom al-ulamo” kabi asarlar bitgan.
Hayoti
tahrirPrushchak Bosniyaning Donji Vakuf shahri yaqinidagi Prusak qishlogʻidan kelib chiqqan. U Istanbulga koʻchib ketishdan oldin Prusakdagi boshlangʻich maktabda toʻqqiz yil oʻqigan. 1575-yilda u oʻz shahriga qaytib kelgan. 1591-yili Makkaga hajga borgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Islamic Studies; page 275“ (2002). Qaraldi: 25-avgust 2014-yil.
- ↑ Ljubović, Amir; Grozdanić, Sulejman „Prozna književnost Bosne i Hercegovine na orijentalnim jezicima; pages 25, 65 & 72“ (1995). Qaraldi: 25-avgust 2014-yil.
- ↑ Mario Katic, Tomislav Klarin, Mike McDonald. Pilgrimage and Sacred Places in Southeast Europe: History, Religious Tourism and Contemporary Trends. LIT Verlag, 2014 — 119-bet. ISBN 9783643905048.
- ↑ Brinkmann, Stefanie. From Codicology to Technology: Islamic Manuscripts and Their Place in Scholarship; page 178, 2009. ISBN 9783865961716. Qaraldi: 25-avgust 2014-yil.
- ↑ Mario Katic, Tomislav Klarin, Mike McDonald. Pilgrimage and Sacred Places in Southeast Europe: History, Religious Tourism and Contemporary Trends. LIT Verlag, 2014 — 119-bet. ISBN 9783643905048.
- ↑ Mario Katic, Tomislav Klarin, Mike McDonald. Pilgrimage and Sacred Places in Southeast Europe: History, Religious Tourism and Contemporary Trends. LIT Verlag, 2014 — 119-bet. ISBN 9783643905048.
- ↑ Ljubović, Amir. The Works in Logic by Bosniac Authors in Arabic; page 27, 2008. ISBN 978-9004168565. Qaraldi: 25-avgust 2014-yil.
- ↑ Mario Katic, Tomislav Klarin, Mike McDonald. Pilgrimage and Sacred Places in Southeast Europe: History, Religious Tourism and Contemporary Trends. LIT Verlag, 2014 — 119-bet. ISBN 9783643905048.