Hasan Qudratullayev
Hasan Qudratullayev — (1941, Samarqand) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1998), professor (2005).
Hasan Qudratullayev | |
---|---|
Tavalludi |
1941-yil 18-mart Samarqand shahri |
Yoʻnalish | Adabiyotshunoslik |
Mukofotlari | Bobur nomidagi Xalqaro mukofot |
Faoliyati
tahrirSamarqand davlat universitetini tamomlagan (1960). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ikichik ilmiy xodim (1967—1968), „Oʻzbek ensiklopediyasi“da muharrir, katta ilmiy muharrir va boʻlim mudiri (1968—1976), Afgʻonistonda fors tili tarjimoni (1976—1980; 1983—1986), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi (1980—1983; 1986—1989), Toshkent irrigatsiya va melioratsiya muhandislari institutida kafedra mudiri (1989—1993), Xalq taʼlimi vazirligining Davlat inspeksiyasida Attestatsiya, akkreditatsiya va litsenziyalash boʻlimi mudiri (1993—1995), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Bosh Konsultant (1995—1996), Toshkent viloyat pedagogika institutida rektor (1995—2003), Abdulla Avloniy nomidagi xalq taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish institutida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (2003—2006), Xalq taʼlimi vazirligida ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish sektori mudiri (2006-yildan).
Asarlari
tahrir„Boburning adabiy-tanqidiy qarashlari“ (1983), „Navoiyning adabiy estetik olami“ (1991) va boshqa kitoblari chop etilgan.
Mukofotlari
tahrirBobur nomidagi Xalqaro mukofot bilan taqdirlangan (2008)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 301-bet.