Hasan ibn Ahmad Samarqandiy

Muhaddis

Hasan ibn Ahmad Samarqandiy(arabcha: حسن بن أحمد سمرقندي — Hasan ibn Ahmad Samarqandiy — Toʻliq ismi: Imom Abu Muhammad Hasan ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Qosim ibn Jaʼfar Samarqandiy) — muhaddis.

Hasan ibn Ahmad Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1018-yil
Vafoti 1098-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis

Hayoti va Faoliyati

tahrir

Hasan ibn Ahmad Samarqandiy - 409/1018-yil tavallud topgan boʻlib, hadis ilmini quyidagi olimlardan olgan: Abdussamad Osimiy, Hamza ibn Muhammad Jaʼfariy, Abu Hafs ibn Masrur, Abu Usmon Sobuniy, Abu Saʼd Kanjaruziy va boshqalar. Eng mashhur ustozi Mansur Kag‘adiydir. Imom Abu Muhammad ilm markazi bo‘lgan Iroqqa ko‘chib ketmasdan shu yerda hadislarni jamlab tasnif etgan. Hasan ibn Ahmad Samarqandiydan Ismoil ibn Muhammad Taymiy, Vajih Shahhomiy, Abulas’ad ibn Qushayriy, Muhammad ibn Jomi’, Junayd Qoyniy va boshqalar hadis rivoyat qilishgan. Hasan ibn Ahmad Samarqandiy haqida Sam’oniy bunday degan: "U kishi haqida Ismoil Hofizdan so‘ragandim. Shunda u: „Hasan ibn Ahmad Samarqandiy - hofiz, imom, hadis tinglagan, jamlagan va tasnif etgan“, — dedi. Najmiddin Umar Nasafiy „Al-qand“ asarida: "U hofiz, imom, Abu Muhammad sunnat tirgagi. Naysaburda yashagan. O‘sha zamonda hadis ilmi borasida unga o‘xshash hech kim bo‘lmagan. Uning: „Bahru-l-asonid fi sihohi-l-masonid“ asari mavjud boʻlib, unda yuz ming hadis to‘plagan. Keyin ularni tartibga solgan va keraksiz qismlarini olib tashlagan. Islomda bunchalik ish voqe bo‘lmagan. Asar sakkiz yuz juz’dan iborat", — deb keltirgan. Abdulg‘ofir „'As-siyoq“ asarida: „Abu Muhammad hadislarni saqlab qolishda benazir bo‘lgan. Naysaburda yashab, ijod qilgan. 491/1098-yilning Zulqaʼda oyida sakson yoshdan oshib vafot etgan“, — dedi.[1]

Asarlari

tahrir
“Bahru-l-asonid fi sihohi-l-masonid”

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 590.