Hasan ibn al-Hofiz
Hasan ibn al-Hofiz | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 1135 |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | Fotimiylar xalifaligi vaziri (1134–1135) |
Hasan ibn al-Hofiz – oʻn birinchi Fotimiy xalifasi va Hofizi ismoilizm imomi al-Hofizning kenja oʻgʻli. 1134-yil 19-iyuldan 1135-yil mart oyi vafotiga qadar Fotimiylar xalifaligi vaziri va merosxoʻri boʻlgan. Hasan hokimiyat tepasiga oʻz otasiga qarshi isyon koʻtarib kelgan va goʻyo sunniylikni qoʻllab-quvvatlaganday boʻlgan. U oʻzining shafqatsizligi va koʻplab qatagʻonlik ishlarilarni amalga oshirganligi bilan boshqa xalifalardan ajralib turgan. Natijada uni hokimiyatdan agʻdarish maqsadida qoʻzgʻolon koʻtarilgan va ushbu qoʻzgʻolondan koʻzlangan maqsad toʻliq amalga oshirilgan. Hasan al-Hofiz tomonidan zaharlangan va uning oʻrniga Bahrom al-Armaniy kelgan.
Hayoti
tahrirKelib chiqishi
tahrirHasan ibn al-Hofiz Fotimiylar xalifasi al-Hofizning (h. 1132–1149) kenja oʻgʻli boʻlgan[1][2]. Al-Hofiz hokimiyat tepasiga boshqa xalifalar singari otasining vafotidan keyin emas, balki al-Amirga qarshi toʻntarish oʻtkazib kelgan. Natijada bu narsa ismoiliylar oʻrtasida ixtilofga sabab boʻlgan va ularning Hofiziy va Tayyibiy toifalariga boʻlinib ketishiga sabab boʻlgan[2][3].
1134-yilda vorislikni mustahkamlash maqsadida al-Hofiz oʻzining toʻngʻich oʻgʻli Sulaymon ibn al-Hofizni merosxoʻr (vali ahd al-muslimin) va vazir qilib tayinlagan. Bu esa xalifalik tarixida birinchi marotaba Fotimiy shahzodasi va hatto valiahd shahzodaning vazirlikka tayinlanishi edi[3][2]. Vazir lavozimiga tayinlangan Sulaymon oradan atigi ikki oy oʻtib vafot etgan[1]. Sulaymonning ukasi Haydara ibn al-Hofiz esa darhol voris va xalifalik vaziri etib tayinlangan. Haydaraning merosxoʻr etib tayinlanishi Hasanning hasadini uygʻotgan va unga qarshi fitna koʻtargan. Biroq fitna muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan[3][2][1].
Qoʻzgʻolon va vazirlik
tahrirHasan ibn al-Hofiz armanlardan yollangan Juyushiyya boʻlinmasi, al-Hofiz va Haydara esa afrikalik qora tanli Rayhaniyya boʻlinmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan[1][2]. Hasan va uning izdoshlari sunniylikni qoʻllab-quvvatlagani va ismoiliy daʼvatchilariga hujum qilgan[1]. 1134-yil 28-iyun kuni Juyushiyya Rayhaniyyani magʻlub etib, Haydarani xalifalik saroyiga qochib ketishga majbur qilishgan. Bunday vaziyatga duch kelgan al-Hofiz 19-iyul kuni Hasanni vazir va merosxoʻr etib tayinlagan. Tarixchi Michael Brettning taʼkidlashicha, al-Hofiz oʻgʻlini oʻziga qarama-qarshi qilib qoʻygan[3][1][2].
Oʻz mavqeini taʼminlash maqsadida Hasan „Sibyan al-zarad“ xususiy boʻlinmasini tuzgan va shu orqali elitani qoʻrqitishga uringan[4][5]. Al-Hofiz oʻgʻlini taxtdan agʻdarish maqsadida Yuqori Misrdagi Qora Afrika garnizonini qoʻzgʻatgan, ammo Hasanning odamlari yana ularning ustidan gʻalaba qozongan[1]. Natijada Hasanning zolimona hukmronligi uning taxtdan qulashiga sabab boʻlgan. U dushmanlariga shafqatsiz munosabatda boʻlgan, xalifalikning koʻplab taniqli kishilarini qatl etgan va ularning mol-mulkini musodara qilgan[2][1]. Bir qancha manbalarga koʻra, Hasanning hukmronligi tufayli yuzaga kelgan gʻalayonlarda 15 mingga yaqin odam halok boʻlgan[5].
Hokimiyatdan qulashi va oʻlimi
tahrirBir necha yuqori martabali qoʻmondonlarning oʻldirilishidan soʻng, qoʻshin 1135-yil mart oyida qoʻzgʻolon koʻtargan. Hasan xalifa saroyiga qochib ketgan, biroq al-Hofiz uni qamoqqa olgan. Keyin qoʻshin saroy oldidagi maydonga yigʻilib, uning qatl etilishini talab qilgan. Aks holda ular saroyga oʻt qoʻyish bilan tahdid qilishgan. Al-Hofiz Gʻarbiyya viloyati (Gʻarbiy Nil deltasi) gubernatori Bahram al-Armaniyni yordamga chaqirgan. Biroq Bahrom saroyga yetib borishga ulgurmasidanoq xalifalik askarlarining talabiga boʻysungan va yahudiy tabibiga Hasanni zaharlashni buyurgan. Askarlardan biri jasadni tekshirishni taklif qilmagunicha, qoʻshin tarqalmagan. Har ehtimolga qarshi, ketishlaridan oldin unga pichoq bilan bir necha marotaba zarba berilgan[3][2][1].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Brett, Michael. The Fatimid Empire, The Edinburgh History of the Islamic Empires. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2017. ISBN 978-0-7486-4076-8.
Oldingisi | Fotimiylar xalifaligi vaziri 1134–1135 |
Keyingisi |